Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
82 respublikalarida ham bir xil kechdi. Masalan, mazkur islohot natijasida 1927-1928- yillarda Junaidxon boshchiligida Turkmaniston va Xorazm vohasini keng ko‗lamli qo‗zg‗olon qamrab oldi. Bundan tashqari, agrar sohadagi o‗zgarishlarga qarshi kurash Qirg‗izistonni ham cheklab o‗tmadi. Bu yerdagi harakatlar asosan Janubiy Qirg‗izistonda kuzatiladi. Bu ko‗pincha 1927-yilda Jonibek Qozining faoliyatida namoyon bo‗ladi. 1929-yilda esa O‗rta Osiyo respublikalarining barchasida qurolli harakat yana qaytadan kuchaydi. Lekin sovet hokimiyatiga qarshi bu kabi kurashlar qisqa fursatlarda qizil armiya tomonidan bostirilib, qo‗zg‗olon qatnashchilari esa qattiq jazolarga mahkum etib borildi. Bolsheviklarning O‗rta Osiyoda yuritayotgan siyosatini cheklash maqsadida tashkil etilgan qo‗zg‗olonlarning mag‗lubiyatga uchrashiga quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatdi: birinchidan, bu davrda xalqning og‗ir ahvolga tushib qolishi natijasida, qurolli harakat shaklida kurash olib borish uchun guruhlarni moddiy ta‘minlash imkoniyati, ot va qurol-yarog‗ zaxirasi cheklandi. Ikkinchidan esa, qizil armiyaga asir tushgan yoki taslim bo‗lgan qurolli harakatning tajribali rahbarlari va ishtirokchilari sovet hokimiyati tomonidan aksariyati qatl etildi hamda qattiq qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, mol-mulki musodara qilinib, jazoni o‗tab bo‗lgach esa bir necha yil mobaynida siyosiy huquqlardan ham mahrum etildi. Qattiq jazo siyosatining amalga oshirilishi aholini kuchli qo‗rquv holatiga keltirib qo‗ygan edi. Shu kabi xususiyatlar bilan kurashning oldingi yillaridan biroz farq qildi. Shu davrda garchi shunday og‗ir va murakkab vaziyat bo‗lishiga qaramasdan qo‗rboshilarning guruhlari borgan sari ko‗payib borganligi kuzatiladi. O‗zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari A.Toshmuhamedovning 1929- yil 9-dekabrdagi ―O‗zbekiston SSR hududida bosmachilik harakati‖ nomli hisobotida keltirilishicha, 1929-yil 1-yanvardan to 8-dekabrgacha O‗zbekiston SSR hududida 104 ta guruh va ularning tarkibida 1554 nafar yigitlar harakat olib borgan. 1929- yilning dekabr oyiga qadar 40 ta guruh va ularning 743 nafar yigitlari tugatildi. Toshmuhamedovning fikricha, oldingi yillarga qaraganda 1929-yilda qurolli guruhlarning o‗sishi 85 %ni tashkil qilgan[15]. O‗zbekiston SSRda qishloq xo‗jaligini kollektivlashtirish natijasida kolxozlarning tuzilishi, dehqonlarning majburiy suratda jamoa xo‗jaliklariga kiritilishi Farg‗ona vodiysida ozodlik kurashini qaytadan avj oldirib yubordi. Farg‗ona okrugida 1930-yilda siyosiy ahvol nihoyatda keskinlashib, bu ommaviy chiqishlarning qurolli qo‗zg‗olonga o‗sib chiqish xavfini tug‗dirdi. Biroq sovet harbiylari tomonidan bu qo‗zg‗olonlar ham bostirildi[16]. Xullas, O‗zbekiston SSRda yer-suv islohoti ta‘sirida sovet hokimiyatiga qarshi kurash natijalari quyidagilardan iborat: 1. Mazkur islohot dastlab 1925-1926-yillarda Tojikiston ASSRda amalga oshirilganligi uchun bu yerda sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib borayotgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling