Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 1.51 Mb.
bet1/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1156337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eshqobilov Nazarbek Shvetsariya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
TASDIQLAYMAN”
Tabiiy fanlar” fakulteti dekani
_________b.f.d. prof. K.A. Saparov


JAHON MAMLAKATLARI IQTISODIY – IJTIMOIY GEOGRAFIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: Shveytsariya turizm industriyasi
5110500- “Geografiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 402-guruh talabasi
Eshqobilov Nazarbek Yaxshiboy og‘li tayyorladi



“Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
_________ PhD. Rasulov A.B.
“_____” ______ 2023-yil



Kurs ishi rahbari.
“Geografiya va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi ________ katta o‘qituvchisi
Karakulov N.M
“____” ______ 2023-yil

Kurs ishi “__” bahoga himoya qilindi.


“____” ______ 2023-yil



Toshkent – 2023


Mundarija


KIRISH 5
I BOB. SHVETSARIYA TURIZM INDUSTRIASI TUZILISHI 7
1.1.Shvetsariyaning geografik o‘rni, chegaralari, 7
tabiati va tabiiy boyliklari. 7
Tabiati. Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (eng baland nuqtasi 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. 7
Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). So‘ngi yillari global iqlim o‘zgarishi tufayli mamlakat muzliklari ham son, ham maydon jihatdan kamayib borishi kuzatilmoqda. 7
Mamlakat hayvonot dunyosiga juda boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariyada milliy bogʻ, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor. 7
1.2. Aholisi va xo‘jaligi. 10
Tarixi. Shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Shveysariya haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 13
496—536 yillarda Shveysariya hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga kirdi. 14
13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1-avgustda oʻzaro "abadiy ittifoq" tuzib, "Muqaddas Rim imperiyasi" doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Shveysariya suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Sh. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Shveysariya kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 14
Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillari Shveysariya oʻz betarafligini tasdiqladi. Shveysariya hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Shveysariya 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-avgust — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi. 14
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935-yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Shveysariya "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1983-yil asos solingan; Shveysariya radikaldemokratik partiyasi, 1848-yil tuzilgan; Shveysariya sotsialdemokratik partiyasi, 1888-yil tashkil etilgan; Shveysariya liberal partiyasi, 1913-yil asos solingan; Shveysariya xalq partiyasi, 1971-yil sentabrda Shveysariya dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Shveysariya demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Shveysariya ozodlik partiyasi, 1985-yil tashkil etilgan; Shveysariya mehnat partiyasi, 1944-yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880-yil tashkil etilgan. 14
II BOB.SHVETSARIYA ITISODIYOTI VA TURIZMI 16
2.1. Shvetsariya mamlakatining iqdisodiyoti 16
Iqtisodiyoti. Shveysariya — intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, qolgani xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib, unda moliya va sugʻurta xizmatining ulushi 25,4% ni tashkil etadi. 16
Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2 qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (1/2qismi GESlarda, 2/5qismi AES larda). 16
2-rasm. Credit Suisse banki 21
Shveysariyada bank ishi 21
Aktivlarni musodara qilish 25
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. Mamlakatda taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Kasb-hunar oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi. Shveysariya ilmiy tadqiqotlarga Shveysariya milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. 28
Yirik kutubxonalari: Bazel universiteti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Shveysariya milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). shahrida 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi. 29
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Bazler saytung" ("Bazel gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977-yildan), "Berner saytung" ("Bern gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979-yildan), "Blik" ("Nigoh", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Veltvoxe" ("Jahon hafta ichida", nemis tilidagi haftanoma, 1933-yildan), "Tages ansayer Syurix" ("Syurix kundalik sharhi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893-yildan), "Tribyun de Lozann — maten" ("Lozanna minbari — tong", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862-yildan). Sh. telegraf agentligi (ATS) 1894-yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Sh. radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923-yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan. 29
Adabiyoti. Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I.G.Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J.J. Russo hayoti va ijodi ham Sh. bilan bogʻlangan. 1848-yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I.Gotxelf, G. Keller, K.F.Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Sh. adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya.Byurer, fransuz tilida yozuvchi Sh.F.Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V.M.Diggelman, A. Mushg, O.F.Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur. 29
Meʼmorligi. Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik "Karolinglar uygʻonish davri" sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Olmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya.Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P.A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-yillari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-yillardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-yillarda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi "Kodak" firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi "Bashariyat uyi" (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi "Le Pari" kinoteatri, 1971, meʼmor M.J.Soje]. 30
XULOSA 31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 32



KIRISH



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling