Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich
tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish tizimi”
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
16770359946307304daraja
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning
tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish tizimi” deb
nomlangan ikkinchi bobida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv fani va uning integrativ tavsifi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf 13 o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish modeli hamda tashkil etish shakllari yoritib berilgan. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv fani Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi fan bo‘lib, quyidagi qator o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan: o‘qitishning integrativ metodini amalga oshirishning mohiyati, ahamiyati, turlari va yo‘llarini egallash; bilishga oid va o‘quv faoliyati jarayoniga zamonaviy talablarni o‘rganish, o‘quv bilishning zamonaviy shakllarini egallash; oliy ta’lim muassasasi ta’limi jarayonida va boshlang‘ich ta’limda o‘quv materialini mantiqiy tashkil etish usulini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish; o‘qitishni tashkil etishga integrativ yondashuv dolzarb muammosiga bilishga oid qiziqishni va bu yondashuvni amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirish; talabaning o‘rta maktabda egallagan mantiqiy bilim va malakalarining tahlili, umumlashtirilishi, sintezi; o‘quv jarayonini loyihalash konstruktiv-operatsion texnologiyasi bilan tanishish. Mazkur masalalarni hal etish o‘qitishning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish uchun zarur. Bu oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi. Maxsus o‘quv fani adabiyot manbalari bilan faol mustaqil ishlashga, zamonaviy metodik tadqiqotlar bilan tanishish, o‘qitish va kasbiy faoliyat jarayonlarida o‘quv materialini mantiqiy tashkil etish usulini amaliy qo‘llashga yo‘naltiradi. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv fanini o‘rganish doirasida talabalar quyidagi kasbiy-pedagogik malakalarni egallaydilar: pedagogik-psixologik, metodik va o‘quv adabiyotlarini mustaqil o‘rganish; o‘quv materialining uchta darajalarda mantiqiy tashkil etilishi: o‘quv tushunchalari, fanning o‘quv bo‘limlari, o‘quv fanlari; o‘quv materialining uchta ko‘rinishdagi mantiqiy-tuzilmaviy modellarini qurish: tuzilmaviy (klassifikatsiyalar), formal-mantiqiy (o‘quv kartografiyalashtirish), funktsional (algoritmik blok- sxemalar); aniq o‘quv faoliyatida o‘quv materialini mantiqiy tashkil etishni rejalashtirish; dars modellarini tashkil etishning turli darajalarida qurish nuqtai nazaridan dars tahlili. Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari” mavzusi doirasida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”, “Pedagogik mahorat”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” fanlarini integrativ bog‘landi (1-rasmga qarang). “Tushunchalar” mavzusida talabaning e’tiborini mavzu masalalarini o‘rganishdagi kasbiy yo‘nalganlikka qaratish zarur. Fanning asosiy vazifasidan tashqari, mavzuni o‘rganish quyidagilarni nazarda tutadi: atamalar lug‘ati ko‘rinishida uchta asosiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich ta’lim uchun tushunchalar bankini shakllantirish; matematika, ona tili bo‘yicha o‘rta maktab fani tushunchalari bankini mazkur tushunchalardan oliy ta’lim muassasasida o‘qitish jarayonida foydalanishni inobatga olib shakllantirish; predmetli fanlarning asosiy tuzilmaviy elementlarini tanlash maqsadida talabalarda tushunchalar bilan mantiqiy operatsiyalarni bajarish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; “yagona-umumiy”, 14 15 “qism-yaxlit” va “sabab-oqibat” tushunchalarining tizim hosil qiluvchi aloqalari usullarini aniqlashni, tushunchalar aloqasi to‘g‘risidagi mantiqiy bilimlar o‘quv fanlari va bilimlarning mikro- va makro- tuzilmalarini aniqlashda qo‘llash; o‘rta maktab kursining tabiiy klassifikatsiyalari bankini va unga mos boshlang‘ich ta’lim uchun klassifikatsiyalar majmuini shakllantirish. “Tushunchalar” mavzusida o‘quv faoliyatining alohida turlarini ajratish mumkin. Ularga quyidagilar taalluqli: talabalarning boshlang‘ich va o‘rta maktab fani tushunchalari bankini to‘ldirish bo‘yicha maktab darsliklari, ilmiy, o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil tadqiqotchilik ishi; har bir talaba tuzgan predmetli bilimlar, tuzilmaviy modellarining jamoaviy ekspert bahosi. Integrativ o‘qitish didaktik tizimi kompleks o‘quv rejasini shakllantirish omillari bilan bog‘liqdir. O‘qitish jarayonining kasbiy yo‘nalganligi omili maqsadli ustanovkagi belgilaydi. O‘qitish jarayoni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat. Maqsad va maqsadni ko‘zlovchi faoliyat jarayonning ajralmas qismlari hisoblanadi. Global maqsad mikromaqsadlarning muayyan tuzilmasiga ega bo‘lib, ular ierarxik tizimni tashkil etadi. Barcha maqsadlar yaqin o‘zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi va o‘qitish jarayonining optimal tashkil etilishini, tuzilma va tashkiliy shakllarni tanlashning to‘g‘riligini ta’minlaydi. Integratsiyalashning yagona asosiy omili integrativ o‘qitish didaktik tizimiga tayanish bilan bog‘liq va ilmiy bilish metodi sifatida dialektik mantiq asosida bilish jarayonining umumiyligi sifatida belgilanadi. Dialektik fikrlashning shakllari hisoblanib, dialektik mantiq toifalari turli xil, hatto turli tarkibli predmetlarda umumiy, ahamiyatlini topishga, o‘quv bilimlarini sintezlash, ularni yagona yaxlitga, organik aloqador tizimga birlashtirishga imkon beradi. Dialektik mantiq integrativ o‘qitishda ustuvor o‘rin egallaydi va o‘quv bilish metodining tizim hosil qiluvchi asosi hisoblanadi. Dialektik mantiqning integratsiyalovchi roliga asosan dialektik mantiq toifalarini predmetli bilimlar va o‘qitish jarayoni bilan bog‘lash, fundamental tushunchalar: uzluksizlik, diskretlik, shakl va mazmunning umumiyligi, abstrakt va aniqning umumiyligi va boshqalarni o‘quv mazmuni bilan to‘ldirishga erishiladi. O‘quv bilimlari va o‘quv fanlarining tuzilmaviy umumiyligi omili kompleks o‘quv rejasini shakllantirish uchun obyektiv asos hisoblanadi. O‘quv fani tuzilmasida bilimlarning asosiy turlarini taqqoslash ularning muayyan formal umumiyligini aniqlaydi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘qitishda ko‘p qirraliligi mazmunli mohiyatning turli-tumanligida predmetli bilimlarning umumiyligini aniqlash uchun keng asosni tashkil etadi. Ijtimoiy ehtiyoj omili boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan ortib borayotgan talablarni inobatga oladi. Moslashish, o‘qitish jarayonining fundamental, tizim hosil qiluvchisini tanlash, jamiyat hamda individning ehtiyojlari va qiziqishlarini birlashtirish ko‘nikmalari oliy ta’lim muassasasida o‘qitish jarayonida ishlab chiqilishi kerak. Boshlang‘ich sinfda o‘quv jarayonini tashkil etish shakllarini qayta tuzishning obyektiv sharti hisoblangan ziddiyatlar qatoriga ilg‘or amaliy pedagogikaning rivojlanishi va shakllanishini, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim uchun muqobil o‘quv 16 qo‘llanmalari va darsliklarning katta miqdorining paydo bo‘lishida ifodalangan, boshlang‘ich ta’lim innovatsion texnologiyalarining paydo bo‘lishini kiritish kerak. Boshlang‘ich ta’limning yangi mazmuni va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘qitishning an’anaviy shakli o‘rtasidagi ziddiyatlar Boshlang‘ich ta’lim va sport- tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida o‘qitishni tashkil etishga asosiy integrativ yondashuv omili hisoblanadi. Integrativ o‘qitish metodi u qo‘llanadigan o‘quv vaziyatlarining turlariga ko‘ra turli vazifalarni bajaradi: integrativ o‘qitish metodining tashkil etuvchi vazifasi o‘qitishning muayyan bosqichlarida bilimlarning predmetli sohalarida o‘quv materialini mantiqiy tashkil etishda ifodalanadi; integrativ o‘qitish metodining metodologik funksiyasi ilmiy bilishga oid faoliyatni amalga oshirish qoidalari va tavsiyalarini ajratishda ifodalanadi; integratsiyalovchi funksiya integratsiya mexanizmini amalga oshirishda ifodalanadi; maqsadni aniqlovchi funksiya; integrativ o‘qitish metodining rivojlantiruvchi funksiyasi talabaning aqliy faoliyatini faollashtiradi; integrativ o‘qitish metodining tartibga soluvchi funksiyasi uning didaktik xususiyatida ifodalanadi; integrativ o‘qitish metodining tarbiyaviy funksiyasi. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgariligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish modelini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur model maqsadli, nazariy-metodologik, integrativ- pedagogik, protsessual, mazmunli va diagnostik bloklardan iborat (2-rasmga qarang). Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling