Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana04.05.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1424212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
16770359946307304daraja

 
22 
 
Toshkhonov Azizbek Tursunboyevich 
Improving the professional training of future primary school teachers with the 
help of an integrative approach……..……………………................................... 
42 
 
E’lon qilingan ishlar ro‘yxati 
Cпиcoк oпубликoвaнных рaбoт
List of publication……………..…....................................................................... 
46 
 
 
 
 



TOSHKET DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI ILMIY 
DARAJALAR BERUVCHI DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01
 
RAQAMLI ILMIY 
KENGASH 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHXONOV AZIZBEK TURSUNBOYEVICH 
 
 
 
 
 
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING
KASBIY TAYYORGARLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV
ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH 
 
 
 
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 
 
 
PEDAGOGIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) 
DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI 
 
Toshkent – 2023 



 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
 
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahon oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatiga integrativ yondashuv asosida 
tayyorlashni takomillashtirishning variativ o‘qitish mexnizmlari ta’lim jarayoniga 
tatbiq etilmoqda. YUNESKO tomonidan qabul qilingan Ta’lim-2030 deklaratsiyasida 
belgilangan “Hamma uchun butun hayot davomida umumiy inklyuziv va adolatli sifatli 
ta’lim va tarbiyani ta’minlash”
1
vazifasi doirasida integrativ yondashuv asosida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta’lim jarayonida 
innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash hamda zamon talablariga mos, kasbiy 
kompetentlilikka ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modellari, konsepsiyasi 
asosida ta’limni takomillashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga tatbiq etishga 
qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.  
Jahon oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisini tayyorlashning sifat va samaradorligini oshirish, integrativ yondashuv 
asosida faoliyat olib borishga tayyorligini takomillashtirish, invariant xususiyatga ega 
bo‘lgan integrativ o‘qitishning metadologiyasini rivojlantirish, talabalarning nutqiy 
kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan 
birga, tarixiy, ijtimoiy, shaxsiy, antropologik madaniyatshunoslik yondashuvlarni 
takomillashtirish, integratsion mexanizmlarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga aloxida 
e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda so‘ngi yillarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning 
strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘qituvchilik kasbining nufuzi 
va obro‘sini oshirish, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlashning me’yoriy 
asoslari ishlab chiqildi. Bunda “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli 
ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga 
mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa etib 
belgilangan
2
. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ yondashuv 
asosida o‘qitish faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasi, integrativ yondashuv asosida 
kasbiy 
tayyorgarligini 
takomillashtirishga 
yo‘naltirilgan 
texnologiyalarni 
kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish uchun sharoitlar yaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrdagi O‘RQ-406 “Yoshlarga 
oid davlat siyosati to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son 
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil
5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
1. Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all 
(World Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).
2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 
2017 yil. 6-son. 70-modda. 



ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol 
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari 
hamda mazkur masalaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling