Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlanishning ustuvor


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana04.05.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1424212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
16770359946307304daraja

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlanishning ustuvor 
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari 
rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar 
tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishi doirasida 
bajarilgan. 
Muammoning 
o‘rganilganlik darajasi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida o‘qitishga tayyorgarligi, ilmiy-tadqiqot 
ishlari, fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va tamoyillari, ularning o‘quv 
jarayonida muayyan fanlarni o‘zlashtirishda qo‘llanishi, o‘quv fanlariaro aloqadorlik 
asosida ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarning ilmiy-amaliy jihatlari: 
N.M.Abdullayeva, M.Ashirova, T.Dayanayeva, R.A.Mavlonova, A.Musurmonov, 
P.Musayev, R.G‘.Safarova, E.O.Turdiqulov, A.Ch.Choriyev, Sh.E.Qurbonov, 
Sh.Yusupovalarning ishlarida tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan: O.A.Abdullina, S.I.Arxangelskiy, 
Y.K.Babanskiy, I.F.Isayev, T.Jukova, N.V.Kuxarev, B.T.Lixachev, L.M.Mitina, 
A.I.Mishchenko, 
V.A.Slastenin, 
Y.N.Shiyanov, 
N.Grishchenko, 
N.Pankova, 
T.Ramzayevalarning ilmiy ishlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
integrativ yondashuv asosida o‘qitishga tayyorgarligini takomillashtirishning dolzarb 
masalalari tadqiq etilgan. 
Xorijiy mamlakatlar olimlaridan Kathryn F.Cochran, James A.DeRuiter, 
Richard A.King, J.Gilbert, J.W.Gray, R.E.Maeder, S.Hook va boshqalarning ishlarida 
integrativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning afzalliklari va imkoniyatlari yoritib 
berilgan.
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqishdan iborat. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling