Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlanishning ustuvor
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy,
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar
tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishi doirasida
bajarilgan.
Muammoning
o‘rganilganlik darajasi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida o‘qitishga tayyorgarligi, ilmiy-tadqiqot
ishlari, fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va tamoyillari, ularning o‘quv
jarayonida muayyan fanlarni o‘zlashtirishda qo‘llanishi, o‘quv fanlariaro aloqadorlik
asosida ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarning ilmiy-amaliy jihatlari:
N.M.Abdullayeva, M.Ashirova, T.Dayanayeva, R.A.Mavlonova, A.Musurmonov,
P.Musayev, R.G‘.Safarova, E.O.Turdiqulov, A.Ch.Choriyev, Sh.E.Qurbonov,
Sh.Yusupovalarning ishlarida tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan: O.A.Abdullina, S.I.Arxangelskiy,
Y.K.Babanskiy, I.F.Isayev, T.Jukova, N.V.Kuxarev, B.T.Lixachev, L.M.Mitina,
A.I.Mishchenko,
V.A.Slastenin,
Y.N.Shiyanov,
N.Grishchenko,
N.Pankova,
T.Ramzayevalarning ilmiy ishlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
integrativ yondashuv asosida o‘qitishga tayyorgarligini takomillashtirishning dolzarb
masalalari tadqiq etilgan.
Xorijiy mamlakatlar olimlaridan Kathryn F.Cochran, James A.DeRuiter,
Richard A.King, J.Gilbert, J.W.Gray, R.E.Maeder, S.Hook va boshqalarning ishlarida
integrativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning afzalliklari va imkoniyatlari yoritib
berilgan.
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |