8
xorijiy ilmiy jurnallarda
chop etilgan maqolalar, tajriba-sinov ishlarining
samaradorligi matematik-statistik tahlil metodlari yordamida tasdiqlangani,
olingan
natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning
natijalarining ilmiy ahamiyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
integrativ
tayyorlash tizimini qurishning nazariy asoslari va vazifalari belgilangani,
integratsiyalashning metodologik, umumdidaktik va psixologik asoslari va vazifalari
aniqlashtirilgani hamda integrativ o‘qitish mexanizmining ishlab chiqilgani bilan
izohlanadi.
Tadqiqotning natijalarining amaliy ahamiyati 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va
sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishining o‘quv rejasi bo‘yicha
integrativ yondashuv
mazmunidagi tavsiyalar ishlab chiqilgani, o‘quv rejasini shakllantirish omillari va
o‘quv jarayoni interfaolligining mezonlari va tamoyillari belgilangani, o‘quv rejasida
integrativ o‘qitish metodining vazifalari va o‘quv jarayonini
tashkil etish shakllari
ishlab chiqilgani bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: