Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
16770359946307304daraja
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
- KASBIY TAYYORGARLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
- DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI Toshkent – 2023 4
22 Toshkhonov Azizbek Tursunboyevich Improving the professional training of future primary school teachers with the help of an integrative approach……..……………………................................... 42 E’lon qilingan ishlar ro‘yxati Cпиcoк oпубликoвaнных рaбoт List of publication……………..…....................................................................... 46 3 TOSHKET DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TOSHXONOV AZIZBEK TURSUNBOYEVICH BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY TAYYORGARLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi PEDAGOGIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI Toshkent – 2023 4 5 KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahon oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatiga integrativ yondashuv asosida tayyorlashni takomillashtirishning variativ o‘qitish mexnizmlari ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. YUNESKO tomonidan qabul qilingan Ta’lim-2030 deklaratsiyasida belgilangan “Hamma uchun butun hayot davomida umumiy inklyuziv va adolatli sifatli ta’lim va tarbiyani ta’minlash” 1 vazifasi doirasida integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash hamda zamon talablariga mos, kasbiy kompetentlilikka ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modellari, konsepsiyasi asosida ta’limni takomillashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga tatbiq etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jahon oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning sifat va samaradorligini oshirish, integrativ yondashuv asosida faoliyat olib borishga tayyorligini takomillashtirish, invariant xususiyatga ega bo‘lgan integrativ o‘qitishning metadologiyasini rivojlantirish, talabalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, tarixiy, ijtimoiy, shaxsiy, antropologik madaniyatshunoslik yondashuvlarni takomillashtirish, integratsion mexanizmlarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda so‘ngi yillarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘qituvchilik kasbining nufuzi va obro‘sini oshirish, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlashning me’yoriy asoslari ishlab chiqildi. Bunda “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa etib belgilangan 2 . Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida o‘qitish faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasi, integrativ yondashuv asosida kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish uchun sharoitlar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrdagi O‘RQ-406 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 1. Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea). 2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son Farmoni. 2017 yil 7 fevral. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil. 6-son. 70-modda. 6 ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari hamda mazkur masalaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling