Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana04.05.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1424212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
16770359946307304daraja

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining 
kasbiy 
tayyorgarligini 
integrativ 
yondashuv 
asosida 
takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi ijodiy 
tafakkurning motivatsion, kognitiv va faoliyat komponentlarini didaktik mazmunning 
funksional-amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni 
prakseologik moslashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat 
pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini 
yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda 
foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 
02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi kasbiy tayyorgarligi mazmuni va texnologiyasini tahlil qilish imkoniyati 
yaratilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi samaradorligi 
ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini aniqlashning invariativ 
modeli hamda o‘qitish jarayoni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan 
shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash 
asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida 
bajarilgan OT-F1-118 raqamli “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadbiq etish” nomli 
amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda 
foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 
02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim va sport 
tarbiyaviy ish yo‘nalishi o‘quv jarayonini takomillashtirish imkoni yaratilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi integrativ 
yondashuvning didaktik imkoniyatlari hamda regulyativ-kognitiv xususiyatlarning 
o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda 
dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent 



davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini 
yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda 
amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil
8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf 
o‘qituvchisining mantiqiy madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini 
takomillashtirish imkoni oshirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini baholash 
mezonlari ta’limni tashkil etishning uzluksizlik tamoyili, integratsiyaning didaktik 
imkoniyatlaridan foydalanish hamda fundamental bilimlarning rivojlantiruvchi 
maqsadlarini milliy qadriyatlar mazmuniga mos tanqidiy sintezlash asosida 
takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan 
OT-F1-118 raqamli “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy 
axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadbiq etish” nomli amaliy loyiha 
doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Toshkent 
davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2845/04 raqamli 
dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarligining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling