Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
16770359946307304daraja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning predmetini
Tadqiqotning vazifalari:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining invariant modelini takomillashtirish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mantiqiy madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish. Tadqiqotning obyekti sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish jarayoni tanlangan bo‘lib, pedagogik tajriba-sinov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 7 pedagogika universiteti, Namangan davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika institutidan 496 respondent ishtirok etdi. Tadqiqotning predmetini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda pedagogik-psixologik adabiyotlar, oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy hujjatlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash o‘quv rejalari, dasturlari tahlili, muammo bo‘yicha pedagogik tajribani umumlashtirish; o‘qitish mazmuni va shakllarini pedagogik loyihalash; empirik metodlar (pedagogik faoliyatni kuzatish, anketa, suhbat, test, ekspert baholash, so‘rovnoma); pedagogik tajriba-sinov; matematik-statistik metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi ijodiy tafakkurning motivatsion, kognitiv va faoliyat komponentlarini didaktik mazmunning funksional-amaliy o‘quv faoliyati turlariga rivojlantiruvchi ta’limiy maqsadlarni prakseologik moslashtirish asosida rivojlantirilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi samaradorligi ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonining mantiqiy tuzilmasini aniqlashning invariativ modeli hamda o‘qitish jarayoni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan shakllar va mazmunini rivojlantiruvchi ta’lim maqsadlariga muvofiq belgilash asosida takomillashtirilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi integrativ yondashuvning didaktik imkoniyatlari hamda regulyativ-kognitiv xususiyatlarning o‘quv-bilish jarayoni takrorlanuvchi komponentlariga ustuvorlik berish hamda dinamik va vektorli yo‘naltirish asosida rivojlantirilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini baholash mezonlari ta’limni tashkil etishning uzluksizlik tamoyili, integratsiyaning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda fundamental bilimlarning rivojlantiruvchi maqsadlarini milliy qadriyatlar mazmuniga mos tanqidiy sintezlash asosida takomillashtirilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling