Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana04.05.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1424212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
16770359946307304daraja

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta 
xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan o‘tkazilgan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 
jami 20 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya 
komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish 
tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, shundan 5 tasi respublika va 3 tasi 
xorijiy ilmiy jurnallarda nashr ettirilgan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi tarkibi kirish, 3 ta bob, 
xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat. 
Dissertatsiyaning umumiy hajmi 138 sahifani tashkil etadi. 
 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
 
Kirish 
qismida 
dissertatsiya 
mavzusining 
dolzarbligi 
asoslangan, 
muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va 
vazifalari, shuningdek, obyekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot ishining fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan 
hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy 
ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi 
borasida ma’lumotlar keltirilgan. 
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishning nazariy 
asoslari” deb nomlangan birinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari, ta’lim jarayonini 
tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda integrativ yondashuvning ahamiyati 
bayon etilgan. 


10 
O‘qitishni integrativ qurishning metodologik asosi fan sifatida pedagogikaga 
nisbatan falsafaning metodologik vazifasi hisoblanadi. U falsafa ilmiy bilishning 
umumiy tamoyillari va usullari tizimini ishlab chiqishida ifodalanadi. Falsafa 
pedagogik 
amaliyotni 
anglashning 
nazariy 
asosi 
va 
o‘qitish jarayonini 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik konsepsiyalarni tuzishning asosi 
hisoblanadi. Falsafa va pedagogikaning o‘zaro aloqasi asosiy g‘oyalar darajasida sodir 
bo‘ladi.
Falsafiy g‘oyalarda pedagogika fani uchun zarur bo‘lgan ikki jihat: obyektiv – 
borliqning haqiqiy ifodasi va ularni amalga oshirish vositalarini aniqlash bilan uni 
qayta o‘zgartirish shakllarini tuzish uyg‘un birlashadi. Birinchi jihat bilimlarning 
fikriy jihatlarini, ikkinchisi esa mahsuldor amaliy tomonini ifodalaydi. G‘oya fan 
mohiyati to‘g‘risidagi bilimni uni ijodiy o‘zgartirish usullarini bilish bilan bog‘laydi. 
Fan tuzilishida g‘oya o‘zining mantiqiy shaklining universalligi, ma’lum yagona 
tizim nazariya yoki nazariyalar tizimiga bilimlarni kiritishi tufayli sintezlovchi 
vazifani bajaradi. G‘oyada bilim obyektivlikning yuqori darajasiga yetadi, bu esa 
avvalgi bilim sintezi uchun sharoitlar yaratadi. G‘oyaning muhim funksiyasi 
amaliyotning tartibga soluvchi vazifasi, konstruktiv tamoyil vazifasi hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘qitish nazariyasining umumdidaktik asosi 
sifatida o‘qitishni tashkil etishning integrativ tamoyili bilan to‘ldirilgan oliy 
ta’limning zamonaviy didaktik tizimini qabul qilamiz.
“Integratsiya” tushunchasi XVIII asrda ingliz faylasuf olimi G.Spenser 
tomonidan qo‘llangan. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda, integratsiya asosini 
olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, 
munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixolog olimi G.S.Kostyukning fikricha, 
tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larning 
ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya – tartibga keltirish, subordinatsiya va uning 
natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li 
bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi xosil bo‘ladi. Bu yangi 
tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil 
qilinadi.
Fanda integratsiya differensiatsiya bilan bevosita bog‘langan. Dialektik-
moddiy metodologiya bevosita qarama-qarshi tabaqalashtirish jarayoni bilan ajralmas 
umumiylikda 
“integratsiya” 
tushunchasining 
mohiyatini 
ochib 
berishga 
yo‘naltirilgan. Bunda qarama-qarshiliklarning umumiyligi qonuni ifodalanadi. 
Zamonaviy ilmiy bilim tuzilmasining ziddiyatliligi bilimlar integratsiyasi 
jarayonining obyektiv va qonuniyatli xususiyatini aniqlaydi. Gnoseologik jihatdan 
differensiatsiya va integratsiya bilish jarayonida analitik va sintetik tendentsiyalar 
bilan bog‘langan hamda o‘rganiladigan yagona obyekt tomonlari va xususiyatlarining 
ko‘p qirraliligi, yaxlitning xususiyatlari va ifodalarining o‘ziga xosligini aks ettiradi.
Differensiatsiya va integratsiya cheksizdir, chunki o‘z funksiyalari va 
ifodalarida tuganmas ko‘p qirraliligidagi, obyektlarni bilish tuganmas jarayonining 
tavsiflari hisoblanadi. Integratsiya differentsiatsiyaning ilmiy bilimlarning tarqoqligi 
va ajralganligi, olimlarning tor ixtisosliklari sababli yuzaga keladigan salbiy 
oqibatlarini kompensatsiyalab, uni to‘ldiradi. Differentsiatsiya va integratsiya 


11 
faqatgina biri boshqasida, o‘zaro bog‘langan, o‘zaro bir-birini nazarda tutib va inkor 
etib ifodalanishi mumkin, o‘zining umumiyligida ular bilishning rivojlanishida 
hamda bu rivojlanish jarayonida yuzaga keluvchi ilmiy bilim tuzilmasidagi 
ziddiyatlarni aks ettiradi. Ikki o‘zaro bog‘liq tendentsiyadan birining ustunligi bilish 
rivojlanishi darajasi bilan bog‘liq.
Fanlar integratsiyasi deganda bilimlarning turli sohalarida umumiy ilmiy-
tadqiqot maqsad va vazifalarining, shuningdek, mazkur muammo va maqsadlarni hal 
etish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilishga oid vositalar o‘ziga xos yagona 
tizimining mavjudligini nazarda tutuvchi o‘zaro aloqalar shaklini tushunish lozim. 
Yangi sifatni shakllantirish integratsiya jarayonining ahamiyatli belgisi hisoblanadi
chunki avval tarqoq elementlarni muayyan o‘zgartirish bilan muqarrar bog‘liq 
bo‘lgan bilishning yangi bosqichini aks ettiradi. 
Ilmiy bilim integratsiyasi va o‘qitish jarayoni integratsiyasi tushunchalariga 
turli yondashuvlarning keltirilgan tahlilidan kelib chiqib, biz integrativ o‘qitish 
tushunchasini tavsiflovchi qator ahamiyatli xususiyatlarni ifodalash zaruratini 
aniqladik: integrativlik ixtiyoriy o‘qitish jarayoniga xos, chunki o‘qitish jarayoni 
bilish jarayoni shakllaridan biri hisoblanadi. Integrativlik o‘qitish xususiyati va 
funksiyasidir; 
o‘qitish 
jarayonining 
integrativ 
tomonini 
ajratishga 
ta’lim 
mazmunining “aksentuatsiyasi” hisobiga erishiladi; aksentuatsiya ikki yo‘nalishlarda 
o‘qitish jarayoni shakli bo‘yicha va mazmuni bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin; 
o‘qitish jarayonining integrativ funksiyasini kiritishga o‘qitishda integratsiyaning 
maxsus tili metatilni joriy etish hisobiga erishiladi. Integratsiya metatilining asosiy 
funksiyasi tashkiliy hisoblanadi; metatil yagona asos tizim hosil qiluvchi xususiyatga 
egadir; metatil o‘qitish jarayonining tomonlaridan biri sifatida integratsiya 
tuzilmasiga mos bo‘lgan o‘z tuzilmasiga ega. 
Mavjud oliy ta’lim didaktik tizimlarining o‘qitish tamoyillari mazkur o‘qitish 
jarayonining maxsus vazifalari va sharoitlariga nisbatan umumdidaktik tamoyillarni 
amalga oshirish ekanligini ta’kidlashga imkon beradi. Umumdidaktik tamoyillar 
o‘zining invariant xususiyatini saqlab, aniq mazmun bilan boyitiladi, pedagogik 
jarayonni qurish texnologiyasini belgilab beradi. Masalan, A.G.Mordkovich 
tomonidan ishlab chiqilgan o‘qitishning kasbiy-pedagogik yo‘nalganligi konsepsiyasi 
asosida to‘rtta asosiy pedagogik qoida yotadi: o‘qituvchini tayyorlash vositasi 
hisoblangan 
matematik 
tayorlashning 
fundamentalligi 
tamoyili; 
o‘qitishda 
umumilmiy va metodik yo‘nalishni birlashtiruvchi ikkilik tamoyili; oliy ta’lim 
muassasasi kursining mos maktab fani bilan aloqadorligini amalga oshirishdan iborat 
bo‘lgan va talabaning o‘qitish istiqbollarini tushunishini ta’minlashga xizmat qiluvchi 
yetakchi g‘oya tamoyili; o‘qitish jarayonida pedagogik faoliyatni egallashning 
uzluksizligini anglatuvchi uzluksizlik tamoyili. 
Ta’lim mazmunini formal metodlar bilan tavsiflash muammosining keltirilgan 
tahlilidan kelib chiqib, biz o‘qitish jarayonini anglash tamoyilini samarali amalga 
oshirish uchun Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida 
o‘qitish jarayonining didaktik maqsadlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan maxsus 
belgili axborot tizimi zarurligi to‘g‘risida xulosaga keldik. Mazkur xulosa integrativ 


12 
o‘qitishning tizim hosil qiluvchi asosi integratsiya metatilining zarurati to‘g‘risidagi 
xulosaga muvofiqdir. 
Integratsiyaning didaktik metatili ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonini 
muddatli kengaytirishning mantiqiy tuzilmasini aniqlash ko‘rinishidagi o‘qitish 
jarayonining ifodalanish shakllari va mazmunli ahamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘rnatish uchun mo‘ljallangan o‘quv belgili axborot tizimi. 
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayoniga 
integratsiyaning didaktik metatilini joriy etish imkoniyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining ta’limi mazmunida mujassamlangan o‘quv-bilish jarayoni 
takrorlanuvchi elementlarining invariant xususiyatlari va belgilarining mavjudligi 
bilan bog‘liq.
Integratsiyaning didaktik metatili yaxlit pedagogik jarayonda umumiy va 
qonuniyni ajratishga imkon beradi, ta’lim mazmunini sxemalashtiradi, ajratilgan 
mavhum belgilar: joylashtirishning tuzilmasi va yo‘nalishlarini aniqlaydi. 
Integratsiyaning didaktik metatili ilmiy-tadqiqot metodlari, jumladan, 
formallashtirish metodini o‘quv jarayoniga joriy etish uchun obyektiv sharoitlar 
yaratadi. Formallashtirish metodi bir ilmiy qoida bir tashqi shaklda, hodisaning ko‘p 
qirrasiga ahamiyat bermay ifodalanishini talab etadi. 
Integratsiyaning didaktik metatili aniqlik, oydinlik va biror-bir istisnolarning 
mavjud bo‘lmasligini talab etadi. Boshqa tomondan, u o‘qitish yaxlit jarayonining o‘z 
mohiyati bo‘yicha ziddiyatli tavsifining vositasi hisoblanadi. Ta’lim mazmunining 
turli fan sohalaridagi turli-tumanligi va o‘qitish jarayoni bosqichlarining turli-
tumanligi shakliy belgili tizimda to‘liq ifodalana olmaydi. Shakliy ifodalanmagan 
qoldiq talabaning pedagogik fikrlashini shakllantirish jarayonining undovchi motivi 
va harakatlantiruvchi kuchidir. Bu integratsiyaning didaktik metatilining kognitiv 
funksiyasini belgilaydi. 
Integratsiyada didaktik metatilining akkumulyativ funksiyasi pedagogik 
tajribani to‘plashda ifodalanadi. O‘quv jarayonini turli muddatli bosqichlar, turli 
o‘quv fanlarida ifodalashda uning invariantlarini aniqlash o‘qitish sub’ekti darajasida 
“pedagogik texnologiya” tushunchasini shakllantirishga ko‘maklashadi. O‘quv 
jarayonining bosqichini modellashtirib, talaba, birinchidan, o‘rganilayotgan fanni 
ifodalovchi tushunchalar majmui sifatida o‘quv axborotini va shakllantiriladigan 
bilimlarni baholaydi; ikkinchidan, belgilangan bilimlar ko‘rinishida tushunchalar 
majmuini ochib beruvchi va mustahkamlovchi shakllar, vositalar va metodlarni 
baholaydi. 
Integratsiyaning didaktik metatili vositalari bilan o‘quv jarayonini modellashtirish 
xususiy dasturlar, xususiy metodikalar, maxsus usullar va o‘qitish vositalarini taqqoslash 
ko‘rinishida o‘quv jarayoni «ssenariysini» taqqoslashga imkon beradi. 
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling