Toshkent davlat pedagogika universiteti toshxonov azizbek tursunboyevich


tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish tizimi”


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana04.05.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1424212
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
16770359946307304daraja

tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish tizimi” deb 
nomlangan ikkinchi bobida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va 
integratsiyasi” o‘quv fani va uning integrativ tavsifi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf 


13 
o‘qituvchilarining 
kasbiy 
tayyorgarligini 
integrativ 
yondashuv 
asosida 
takomillashtirish modeli hamda tashkil etish shakllari yoritib berilgan. 
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv fani 
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi fan 
bo‘lib, quyidagi qator o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan: 
o‘qitishning integrativ metodini amalga oshirishning mohiyati, ahamiyati, turlari va 
yo‘llarini egallash; bilishga oid va o‘quv faoliyati jarayoniga zamonaviy talablarni 
o‘rganish, o‘quv bilishning zamonaviy shakllarini egallash; oliy ta’lim muassasasi 
ta’limi jarayonida va boshlang‘ich ta’limda o‘quv materialini mantiqiy tashkil etish 
usulini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish; o‘qitishni tashkil etishga 
integrativ yondashuv dolzarb muammosiga bilishga oid qiziqishni va bu yondashuvni 
amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirish; talabaning o‘rta maktabda egallagan 
mantiqiy bilim va malakalarining tahlili, umumlashtirilishi, sintezi; o‘quv jarayonini 
loyihalash konstruktiv-operatsion texnologiyasi bilan tanishish. 
Mazkur masalalarni hal etish o‘qitishning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish 
uchun zarur. Bu oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning 
samaradorligini oshiradi. Maxsus o‘quv fani adabiyot manbalari bilan faol mustaqil 
ishlashga, zamonaviy metodik tadqiqotlar bilan tanishish, o‘qitish va kasbiy faoliyat 
jarayonlarida o‘quv materialini mantiqiy tashkil etish usulini amaliy qo‘llashga 
yo‘naltiradi. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” o‘quv 
fanini o‘rganish doirasida talabalar quyidagi kasbiy-pedagogik malakalarni 
egallaydilar: pedagogik-psixologik, metodik va o‘quv adabiyotlarini mustaqil 
o‘rganish; o‘quv materialining uchta darajalarda mantiqiy tashkil etilishi: o‘quv 
tushunchalari, fanning o‘quv bo‘limlari, o‘quv fanlari; o‘quv materialining uchta 
ko‘rinishdagi mantiqiy-tuzilmaviy modellarini qurish: tuzilmaviy (klassifikatsiyalar), 
formal-mantiqiy (o‘quv kartografiyalashtirish), funktsional (algoritmik blok-
sxemalar); aniq o‘quv faoliyatida o‘quv materialini mantiqiy tashkil etishni 
rejalashtirish; dars modellarini tashkil etishning turli darajalarida qurish nuqtai 
nazaridan dars tahlili. 
Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida “Boshlang‘ich 
ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining mazmuni, predmeti, 
metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari” mavzusi doirasida “Boshlang‘ich 
ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”, “Pedagogik mahorat”, 
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” 
fanlarini integrativ bog‘landi (1-rasmga qarang).
 
“Tushunchalar” mavzusida talabaning e’tiborini mavzu masalalarini 
o‘rganishdagi kasbiy yo‘nalganlikka qaratish zarur. Fanning asosiy vazifasidan 
tashqari, mavzuni o‘rganish quyidagilarni nazarda tutadi: atamalar lug‘ati 
ko‘rinishida uchta asosiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich ta’lim uchun tushunchalar 
bankini shakllantirish; matematika, ona tili bo‘yicha o‘rta maktab fani tushunchalari 
bankini mazkur tushunchalardan oliy ta’lim muassasasida o‘qitish jarayonida 
foydalanishni inobatga olib shakllantirish; predmetli fanlarning asosiy tuzilmaviy 
elementlarini 
tanlash 
maqsadida 
talabalarda 
tushunchalar 
bilan 
mantiqiy 
operatsiyalarni bajarish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; “yagona-umumiy”,


14 


15 
“qism-yaxlit” va “sabab-oqibat” tushunchalarining tizim hosil qiluvchi aloqalari 
usullarini aniqlashni, tushunchalar aloqasi to‘g‘risidagi mantiqiy bilimlar o‘quv 
fanlari va bilimlarning mikro- va makro- tuzilmalarini aniqlashda qo‘llash; o‘rta 
maktab kursining tabiiy klassifikatsiyalari bankini va unga mos boshlang‘ich ta’lim 
uchun klassifikatsiyalar majmuini shakllantirish. 
“Tushunchalar” mavzusida o‘quv faoliyatining alohida turlarini ajratish 
mumkin. Ularga quyidagilar taalluqli: talabalarning boshlang‘ich va o‘rta maktab fani 
tushunchalari bankini to‘ldirish bo‘yicha maktab darsliklari, ilmiy, o‘quv adabiyotlari 
bilan mustaqil tadqiqotchilik ishi; har bir talaba tuzgan predmetli bilimlar, tuzilmaviy 
modellarining jamoaviy ekspert bahosi. 
Integrativ o‘qitish didaktik tizimi kompleks o‘quv rejasini shakllantirish 
omillari bilan bog‘liqdir. O‘qitish jarayonining kasbiy yo‘nalganligi omili maqsadli 
ustanovkagi belgilaydi. O‘qitish jarayoni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat. 
Maqsad va maqsadni ko‘zlovchi faoliyat jarayonning ajralmas qismlari hisoblanadi.  
Global maqsad mikromaqsadlarning muayyan tuzilmasiga ega bo‘lib, ular 
ierarxik tizimni tashkil etadi. Barcha maqsadlar yaqin o‘zaro aloqadorlikda amalga 
oshiriladi va o‘qitish jarayonining optimal tashkil etilishini, tuzilma va tashkiliy 
shakllarni tanlashning to‘g‘riligini ta’minlaydi. 
Integratsiyalashning yagona asosiy omili integrativ o‘qitish didaktik tizimiga 
tayanish bilan bog‘liq va ilmiy bilish metodi sifatida dialektik mantiq asosida bilish 
jarayonining umumiyligi sifatida belgilanadi. Dialektik fikrlashning shakllari 
hisoblanib, dialektik mantiq toifalari turli xil, hatto turli tarkibli predmetlarda 
umumiy, ahamiyatlini topishga, o‘quv bilimlarini sintezlash, ularni yagona yaxlitga, 
organik aloqador tizimga birlashtirishga imkon beradi. Dialektik mantiq integrativ 
o‘qitishda ustuvor o‘rin egallaydi va o‘quv bilish metodining tizim hosil qiluvchi 
asosi hisoblanadi.
Dialektik mantiqning integratsiyalovchi roliga asosan dialektik mantiq 
toifalarini predmetli bilimlar va o‘qitish jarayoni bilan bog‘lash, fundamental 
tushunchalar: uzluksizlik, diskretlik, shakl va mazmunning umumiyligi, abstrakt va 
aniqning umumiyligi va boshqalarni o‘quv mazmuni bilan to‘ldirishga erishiladi. 
O‘quv bilimlari va o‘quv fanlarining tuzilmaviy umumiyligi omili kompleks 
o‘quv rejasini shakllantirish uchun obyektiv asos hisoblanadi. O‘quv fani tuzilmasida 
bilimlarning asosiy turlarini taqqoslash ularning muayyan formal umumiyligini 
aniqlaydi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini o‘qitishda ko‘p qirraliligi mazmunli 
mohiyatning turli-tumanligida predmetli bilimlarning umumiyligini aniqlash uchun 
keng asosni tashkil etadi. Ijtimoiy ehtiyoj omili boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga 
nisbatan ortib borayotgan talablarni inobatga oladi. Moslashish, o‘qitish jarayonining 
fundamental, tizim hosil qiluvchisini tanlash, jamiyat hamda individning ehtiyojlari 
va qiziqishlarini birlashtirish ko‘nikmalari oliy ta’lim muassasasida o‘qitish 
jarayonida ishlab chiqilishi kerak.
Boshlang‘ich sinfda o‘quv jarayonini tashkil etish shakllarini qayta tuzishning 
obyektiv sharti hisoblangan ziddiyatlar qatoriga ilg‘or amaliy pedagogikaning 
rivojlanishi va shakllanishini, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim uchun muqobil o‘quv 


16 
qo‘llanmalari va darsliklarning katta miqdorining paydo bo‘lishida ifodalangan, 
boshlang‘ich ta’lim innovatsion texnologiyalarining paydo bo‘lishini kiritish kerak. 
Boshlang‘ich ta’limning yangi mazmuni va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini 
o‘qitishning an’anaviy shakli o‘rtasidagi ziddiyatlar Boshlang‘ich ta’lim va sport-
tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida o‘qitishni tashkil etishga asosiy integrativ 
yondashuv omili hisoblanadi. 
Integrativ o‘qitish metodi u qo‘llanadigan o‘quv vaziyatlarining turlariga ko‘ra 
turli vazifalarni bajaradi: integrativ o‘qitish metodining tashkil etuvchi vazifasi 
o‘qitishning muayyan bosqichlarida bilimlarning predmetli sohalarida o‘quv 
materialini mantiqiy tashkil etishda ifodalanadi; integrativ o‘qitish metodining 
metodologik funksiyasi ilmiy bilishga oid faoliyatni amalga oshirish qoidalari va 
tavsiyalarini ajratishda ifodalanadi; integratsiyalovchi funksiya integratsiya 
mexanizmini amalga oshirishda ifodalanadi; maqsadni aniqlovchi funksiya; integrativ 
o‘qitish metodining rivojlantiruvchi funksiyasi talabaning aqliy faoliyatini 
faollashtiradi; integrativ o‘qitish metodining tartibga soluvchi funksiyasi uning 
didaktik xususiyatida ifodalanadi; integrativ o‘qitish metodining tarbiyaviy 
funksiyasi. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgariligini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish modelini ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Mazkur model maqsadli, nazariy-metodologik, integrativ-
pedagogik, protsessual, mazmunli va diagnostik bloklardan iborat (2-rasmga qarang). 
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling