Tarjimashunoslik
82
TARJIMSHUNOSLIK TERMINLARI
LUG’ATI
Tuzuvchi: E.Ochilov
Barcha fanlar kabi tarjimashunoslik ham o’z terminlariga ega. Avvalo, t a r j i m a so’zining ma’nosini
oydinlashtiraylik.
T a r j i m a – muayyan tilda og’zaki yoki yozma ravishda bayon qilingan fikrni boshqa til vositalari bilan
qayta ifodalash.
T a r j i m a “t a r j i m o n” so’zidan xosil bo’lgan, t a r j i m o n esa forscha “t a r z a b o n” so’zida kelib
chiqqan.
Ma’lumki, o’tmishda O’rta Osiyo va Eron xalqlari orasida notiqlik san’ati juda rivojlangan. Notiqlarda esa t a
r z ab o n deb ataganlar. T a r – fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi ma’nolarni bildiradi. Z a b o n – til
degani. T a r z a b o n- notiq, so’z ustasi, chiroyli gapiruvchi, yoqimli so’zlovchi, yangi va o’tkir so’zlarni aytguvchi
demak. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notiqlik mahoratiga ega bo’lishdan tashqari, bir necha tillarni ham
bilganlar va o’z nutqlarida ulardan foydalanganlar.
Arablar kirib kelganlaridan keyin ijtimoiy xayot, madaniyat, fan va boshqa sohalarni o’z ta’sirlariga olganlari
kabi, ko’pgina forsiy-turkiy so’zlarni ham o’zlashtirib, arab tili qoidalariga bo’ysundirganlar. Jumladan, t a r z a b o n
so’zi ham arabcha talaffuzda t a r j am o n( yoki t a r j i mo n) ga aylanadi. Shundan keyin u arab tilining so’z yasalish
qonuniga bo’ysunib, undan yangi masdar (o’zak), fe’l va otlar hosil qilingan. Masalan: t a r j u m a,
m u t a r j i m, m u t a r j i m u n.
Shunday qilib, T a r j i m o n – t a r z a b o n so’zining arabcha tarjimasi bo’lsa, t a r j i m a, t a r j i m on
so’zidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: