Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
T a r j i m o n- bir tildagi og’zaki nutq yoki yozma matnniikkinchi tilga tarjima
qiluvchi kishi, mutarjim, tilmoch, tarjimachi. Shu o’rinda, O’zbekiston badiiy tarjimachilik taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan zabardast tarjimonlar to’g’risida ikki og’iz gapirmasak bo’lmas. 80-yillarning o’rtalarida tuzilgan royxatga ko’ra respublikada 109 tarjimon faoliyat ko’rsatib, shundan 74 nafari ko’zi pishgan adib va professional mutrjimlar bo’lishsa, 35 kishi yosh tarjimonlar bo’lgan. Istiqlol yillarida ularning soni yanada oshganligi shubhasiz. Biz bugungi kunda Abdulla Qodiriy, Oybek,G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Mirzakalon Ismoiliy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Jamol Kamol, Omon Matjon, Matnazar Abdulhakim, Sadriddin Salim, Ahmad A’zam kabi shoir-yozuvchilarimizning tarjuma rivojiga qo’shgan hissalari, Vahob Ro’zimatov, Qodir Mirmuhammedov, Xolida Ahrorova, Xasan To’rabekov, Zumrab, Kibriyo Qahhorova, Odil Sharapov, To’xtasin Jalolov, Nabi Alimuhhamdov, Hibzidin Muhhamadxonov, Mirziyod Mirzoidov, Nizom Komilov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G’afurov, Asil Rashidov, Amir Fayzulla singari professional tarjimonlarimizning faoliyatlarini xurmat bilan tilga olamiz. Ularning sa’y-harakatlari bilan jahon so’z san’atining nodir durdonalari tilimizga o’girildi va vatan adabiyotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Chunonchi, qadimgi yunon adabiyotining, Xomer, Esxil, Sofokl, Evripid, forsiy so’z san’atining Ummar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Abusaid Abdulxayr, Abdulqosim Firdavsiy, Fariddin Attor, Kamol Xo’jandiy, Xisrav Dexlaviy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil, Mirzo G’olib, Abu Abdullo Rudakiy, Nizomiy Ganjaviy, G’arb adabiyotining Aligeri Dante, Javonni Bakkachcho, Petrarka, Servantes, Shekispir, Shiller, Gyote, Xeyne, Balzak, Didro, Mapassan, Ernest Xemingeuy, Teodor Drayzer, Jyul Veri, Frans Kafka, Alber Kamyu, rus adabiyotining A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, F.Dastoyevskiy, L.N.Tolstoy, N.Nekrasov kabi ko’plab so’z san’atkorlarining asrlarini o’zbek o’quvchilari vatan adabiyoti namunasi kabi o’qimoqdalar.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling