Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

bayon  etish,  qaytarish  kabi  so’z  va  so’z  birikmalari  qo’llanib  kelgan.  Chunonchi,  XIV  asrda  Sa’diy  Sheroziyning 

“Guliston”asarini “Guliston bitturkiy” nomi bilan turkiyga tarjima qilgan Sayfi Saroyi tarjimani bir tildan ikkinchisiga 



qaytarish deb atagan:  

Turkiga qaytib Ajamdin bu kitob,  

Ma’rifatqa ochti sakkiz turli bob. 

 

Abdurahmon Jomiyning “Nafohat ul-uns” tazkirasini “Nasoyim ul-muxabbat”nomi bilan o’zbekchaga tarjima 



qilgan Alisher Navoiy t a r j i m a so’zi bilan birga, o’ t k a r i s h atamasini ham qo’llaydi: “Xotirg’ kechmishkim, agar 

sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga           t a r j i m a qila olg’aymuman va ul daqoyiqu mushkulotni ravshanroq alfoz va 

ochuqroq ado bila o’ t k a r a olg’aymuman, deb mutaammil erdim”.  

 

Zabardast  tarjimon  Muhammadqozi  Ogahiy  ham  t  a  r  j  i  m  a  bilan  birga,  kiritish,  o’tkazish,  bayon  etish 



so’zlarini qo’llagan. “Shayx Nizomiyning “Xaft paykar” otlik kitobini. . . t a r j i m a qilib, turkey lafzig’a k i r g u z m a 

k xizmatini buyirdilar” yoki : 

Bu nusxa tarjimasig’a ochib til,  

Iboratini turkiy masnaviy qil.  

Yoxud: 

Turk alfozi birla ayla b a y o n. . .  

 

Hozirgi kunda t a r j i m a so’zining o’girish, ag’darish’ o’tkazish, qayta yaratish  kabi ma’nodoshlari faol 



qo’llanadi. 

A s l i y a t - tarjimaga asos bo’lgan asar, original. 

Har qanday tarjima sharx unsurlaridan xoli bo’lmaganligi uchun ham tarjima hamma vaqt muayyan darajada 

interpretatsiyadir, deyiladi.  


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling