Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       15 

 

 

 

o‘zimiz  qurgan  qal’ani  o‘zimiz  buzib  o‘tirmasak  bo‘lgani»,—  deb  unga  hamovoz  bo‘ladi  litvalik  shoir  va 

tarjimon V. P. Bleje. 

Ana shu o‘rinda hozirgi zamon fantast-yozuvchisi Stanislav Lemning «Magsllan buluti» romanidan bir 

dialogni keltirish joiz bo‘lar. Voqea davrimizdan bir ming ikkn yuz yil keyin  — XXXII asrda go‘yo sodir 

bo‘ladi:  

«— Ilgarilari odamlarning dengizda  suzishganlari senga ma’lum-mi? 

— Paroxod degan narsadami? — javob berishga shoshildim men. 

 Balli.  Ammo  undan  ham  oldin,  qadim  zamonlar-da  yelkanli  kemalarda  suzishgan.  Uni  shamol 

harakatga  keltiradi.  Ha,  ular  hali  gidrostatika,  gidrodinamika,  to‘lqinlanish  nazariyasi  va  boshqa  fanlardan 

bexabar  bo‘lgaplaridan,  kemalarni  chamalab  qurardilar.  Tushunyapsanmi?  Shuning  uchup  ular  qurgan 

birorta  ham  kema  bir-biriga  o‘xshamasdi.  Bir-biriga  mutlaq  o‘xshaga  kkkita  kemani  topib  bo‘lmasdi, 

Machta,  qil,  korpus  tuzilishida  yuz  beradigan  jiddiy  farq  ham  rulnnng  itoatkorligiga  ta’sir  qilardi.  Dengiz 

sayyohlari safar paytida xavf-xatarlarga yo‘liqib, halokatlarga duchor bo‘lib, asta-sekin tajriba yig‘dilar. Bu 

tajribalardan  kema  yurgizishning  katta  san’ati  paydo  bo‘ldi.  Tushunyapsanmi?  Bu  ilm  emas,  san’at  edi. 

Chunki u haqiqiy ilmiy dalillardan tashqari, bir qancha ertak, rivoyat, xurofotlarga ham suyanardi. Kemani 

yurgizish  uchun  faqat  bilim  emas,  shaxsiy  jasurlik,  mahorat  va  iste’dod  ksrak  edi.  Biroq,  keyinchalik  fan 

bularning hammasini siqib chiqardi, san’atkorlikning ulushi kamaydi. 

Necha yuz yil avval yulduzlarga sayohatda ham shunga o‘xshash hodisa qaytarilgan». 

Uzoq  kelajakdagi  dialog  qatnashchisi  o‘z  kalimasini  shundan  tugallaydi.  Bir  necha  ming  yillik 

biografiyaga  ega  tarjimaning  ham  shunga  o‘xshash  tarixi  bormi?  Lem  romanidagi  satrlarni  o‘zlashtirib, 

tadqiqotchilar butun mana bunday deyishga haqlidirlar: 

«Ilgari,  eski  zamonlarda,  odamlar  intuisiyaga  ishonib  va  ists’dod  bilan tarjimalar  qilardilar.  Ha,  hali 

lingvistika, estetika, axborot nazariyasi va boshqa fanlardan bexabar bo‘lganlaridan, ular asarlarni chamalab 

tarjima  qilardilar. Tushunyapsanmi?  Shuning  uchun  ularning  bironta  ham  tarjimasi  bir-biriga  o‘xshamasdi. 

Bir-biriga  aynan  o‘xshash  ikkita  tarjimani  topib  bo‘lmasdi.  Ritm,  asarning  shakl  xususiyatidagi  ozgina 

tafovut  esa  tarjimalarning  kitobxonga  turlicha  ta’sir  qilishiga  olib  kelardi.  Tarjimonlar  ijod  mashaqqatini 

chekaverib,  muvaffaqiyatsizliklarga  yo‘liqa-yo‘liqa  tajriba  yig‘dilar.  Bu  tajribalardan  katta  tarjima  san’ati 

paydo  bo‘ldi.  Tushunyapsanmi?  Bu  ilm  emas,  san’at  edi.  Chunki  u  haqiqiy  ilmiy  dalillardan  tashqari, 

allaqancha  ertak,  rivoyat,  xurofotlarga  suyanardi.  Asarlarni  tarjima  qilish  uchun  faqat  bilim  emas,  shaxsiy 

ilhom,  mahorat  va  iste’dod  kerak  edi.  Biroq,  keyinchalik  fan  bularning  barchasini  siqib  chiqardi, 

san’atkorlikning ulushi kamaydi...» 

Insoniyat  endilikda  turli  hajmdagn  dengiz  kemalarini  qurshi  sirlarini  bilib  olgan.  U  qanday  qilib 

kosmik kemalarni yaratish va nechuk qonuniyatlar asosida ularni avvaldan hisoblangan orbitaga chiqarishni 

ham  biladi.  Atomlarni  parchalash  va  polimerlarni  sintezlash  ham  kgshshlarga  ma’lum.  Ammo  «Urush  va 

tinchlik»  romani  kabi  asarlarni  qanday  qilib  «yigish»,  tolstoycha  «andakkina»  siz  tasavvur  qilib  bo‘l-

maydigan  san’atni  qayta  tiklagan  holda,  asarni  «parchalash»  va  boshqa  tilda  sintez  qilishning  sir-asrori 

hanuzgacha  noma’lum  (agar  ma’lum  bo‘lganida,  badiiy  adabiyot  tomon  «yo‘llanayotgan»  asarlar 

«orbitasi»ni aniqlash bu darajada muammo bo‘lib turmasdi). 

Tarjima  nazariyasiga  nisbatan  yuqorida  tilga  olingan  umidsizlik  kayfiyatlari  ham  xuddi  shu  vaziyat 

bilan  bog‘liq.  Bunday  shakkoklik,  hamma  narsaga  shubha  bilan  qarash  mayli  ba’zan  oshkora  nigilizmga 

aylanib ketadi. 

«Badiiy  tarjimaning  yagona  jiddiy  nazariyasini  yaratish  menga  prinsip  jihatidan  mumkin  emasday 

tuyuladi. Sabab, badiiy tarjima badiiy matn bilan chambarchas bog‘liqdir»,— degan edi M. I. Zand Moskva 

simpoziumidagi nutqida. «Badiiy tarjimaning jiddiy nazariyasini yaratish ona tilidagi badiiy matnning unga 

to‘la,  adekvat  ravishda  mos  keladigani  bilan  almashtirishga  imkon  beradigan  nazariyani  barpo  qilish 

demakdir.  Uz  navbatida,  bu  tarjima  qilinadigan  badiiy  matnni  alohida-alohida  mazmunan  va  shaklan  tugal 

qismlarga ajratish va keyin ikkinchi til materialidagi xuddi shunday adekvat birliklarni «yig‘ish»ni anglatishi 

mumkin».  Biroq,  uning  fikricha,  badiiy  tekstning  o‘z  mohiyati,  tugal  birliklarga  ajrala  olmasligi  yoki 

ma’nodosh  interpretatsiyaga  moyil-masligi  tufayli  ham  «bunday  vazifani  amalga  oshirish  prinsip  e’tibori 

bilan mushkul narsa». 

B.  B.  Vaxtinning  «Narodi  Azii  i  Afriki»  (1965,  3-  son)  jurnalida  bosilgan  «Badiiy  tarjimaga  ilmiy 

munosabatda  bo‘lish  mumkinmi?»  degan  maqolasiga  ko‘ra,  tarjimaning  vazifasi  boshqa  til  muhitida  ori-

ginal o‘quvchisi olgan taassurotni qayta yaratishdan iborat. Bu taassurot «mutlaqo sub’ektiv» bo‘ladi, chunki 

u  «mantiqiy  mazmunga  emas,  intuisiyaga  suyanadi:  uni  tamomila  isbotlab  ham,  mantiqiy  asoslab  ham 

bo‘lmaydi».  Shu  boisdan  tarjimon  ijodi  «shoir  ijodidan  hech  narsa  bilan  farqlanmaydi;  shoir  uchun  faqat 

o‘zigagina  xos  qonuniyatlardan  bo‘lak  qonuniyat  bo‘lmaganidek,  uning  ijodi  haqida  ham  faqat  o‘sha  o‘zi 



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling