Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
«Qutadg‘u bilik» («Baxtli bo‘lish to‘g‘risida bilim») asari bo‘lib, u 1069 yilda yozilgandir.
«Qutadg‘u bilik» didaktiv tipdagi asar bo‘lib, ham lingvistik ham tarixiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Yusuf Xos Hojib Bolasag‘un (hozirgi Qirg‘izistonga qarashli To‘qmoq) shahrida tug‘ilib o‘sdi, bir necha tillarni o‘rganib, o‘z zamonasining madaniyatli, dono olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘ldi. Yusuf Xos Hojibning asari qadimgi o‘zbek tili va adabiyoti tarixida katta ro’l o‘ynagani kabi, tarjima tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, avtor dehqonchilik hunarmandchilikka oid juda ko‘p terminlarni ishlatadiki, bularning qaysi tillardan kirib kelganligi va tarjima etilganini aniqlash tilshunoslarimiz zimmasiga tushadigan vazifalardan Qoraxoniylar davrida Narshaxiyning Buxoro tarixiga oid asari 1128 yilda Abu Nosir Ahmad bin Muhammad al Quvayi tomonidan tarjima etildi. XI asrda turk urug‘laridan saljuqiylar Eronni istilo qildilar. «G‘aznaviylar davrining vayronasi ustida saljuqiylar davlati tashkil topdi». Saljuqiylar davlati Sulton Sanjar (1118—1157) davrida yana kuchayib, qoraxoniylarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turdi. Sanjar 1130 yilda Samarqandni ham qamal qilib olgan edi. Saljuqiylar davrida huquqshunoslikka doir bir qancha asarlar vujudga keldi. Tarjimon Marvaziy bir qancha shunday asarlarni arab tilidan forschaga ag‘dargan edi. Saljuqiylar davrida yozilgan «Nasixatul-muluk» (Podshohlarga nasihat) asari fors tilidan arabchaga tarjima etilgan edi. Bu asar saljuqiy sultoni Muhammad bin Malikshohga atalib yozilgan bo‘lib, kitob avtori 505/1111 yilda o‘lgan Abu Homid Mu-hammad bin Muhammad al-G‘azzoliy edi. G‘azzoliy nasihatlar yozib, ularni badiiy yo‘sinda, turli-turli latifalar, hikoyalar orqali berdi. Keyinchalik asark o‘zbek tiliga ham tarjima etildi. XII asrning boshlarida Sharqdan qoraxitoylilar degan istilochilar kelib, saljuqiy va qoraxoniylarga qarshi hujum boshladilar. Ular 1138 yilda Samarqanddan Mahmudni haydab, 1141 yilda esa saljuqiylarning so‘nggi sultoni Sanjarni tormor qildilar. 1172 yilda qoraxitoylilar Xorazmni ham olgan edilar. Lekin bu uzoqqa bormadi. Xorazmshohlar dinastiyasi kuchayib ketdi. Otsizning nabirasi Tekish davrida Xorazm territoriyasi ikki marta ko‘paydi. Sharqiy Eron, Iroq ham Xorazmshohga qaragan edi. Muhammad Xorazmshoh 1210 yilda qoraxitoylarni tormor qildi. Movarounnahr ham unga vassal bo‘ldi. Muhammad Xorazmshoh o‘zini «Ikkinchi Iskandar» laqabi bilan atadi. Bu davrda tarjima etilgan kitoblar «qaqida aniq ma’lumot yo‘q. 1247 yilda vafot etgan Alouddin Abdurahim bin Umar bin Muhammad at-Tarjumoniy «Yatimatut- dahr fi fatoviyi ahlil-asr» (Zamon ahlining fatvolari haqidagi zamonning eng yirik durlari) degan kitobni arab va qadimiy Xorazm tilida yozdi. Bu kitob qonunlar haqid, yuridik masalalarga taalluqli bo‘lib, lingvistlar uchun qadim Xorazm tilini o‘rganishda boy material beradi. Buning ikki tilda yozilishi tarjimashunoslarni qiziqtiradi. Avtorning taxallusi «Tarjumoniy» bo‘lishi qiziq faktlardan biridir, u balki original asar yozishdan tashqari, boshqa kitoblarni ham tarjima qilgandir. Bu kitob qanday qilib Chingiz xonlaridan eson-omon
|
ma'muriyatiga murojaat qiling