Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


«Devonu lug‘otit- turk» asari haqida


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

 

«Devonu lug‘otit- turk» asari haqida 

 

«Devonu  lug‘otit  turk»  («Turkiy  so‘zlar  devoni»)  hijriy  469,  milodiy  1076-1077  yillarda  yozilgan 



bo‘lib,  Abulqosim  Abdulloh  binni  Muhammad  al-Muqtadoga  bag‘ishlangan.  Bu  vaqtda  muallif  50  yoshda 

bo‘lgan. Yangi manbalarga ko‘ra bu asar 1072 yilda yozila boshlangan va 1074 yilda tugatilgan (hijriy 464-

466 y). Muallif bu haqda shunday degan: «Kitob 464 yilda (hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va 

to‘rt karra yozilgandan (ko‘chirilgandan) va tuzatilgandan so‘ng 466 yil jumadul oxirning 12~kuni bitirildi».  

Umuman olgandabu asar XI asrda yozilgan bo‘lib, turkiy so‘zlar lug‘ati hisoblanadi. Bu kitobda O’rta 

Osiyoda yashagan turkiy xalqlarning XI asrgacha bo‘lgan badiiy ijodi to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlar 

jamlangan  bo‘lib,  unda  qadimgi  qabilaviy  hayot,  ovchilik,  dehqonchilik,  chorvachilik  bilan  bog‘lanib 

ketadigan  lavhalar  qo‘p  uchraydi.  Muallif  unda  so‘zlarning  ma’nosini  arab  tilida  izohlab  beradi.  Misol 

sifatida ko‘plab xalq maqollari, hikmatlari, qo‘shiqlaridan keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi 

yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan 

adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan 

shodlik va motam kunlarida qo‘llaniladigan hikmatli so‘zlaridan, maqollaridan keltirdim».  

«Devonu lug‘otit turk» asarining asl qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan emas. Uning yozilgan sanadan 

200 yil o‘tgach ko‘chirilgan birdan-bir nusxasi Istanbul kutubxonasida saqlanmoqda. Uch jidddan iborat bu 

kitob  1939-1941  yillarda  hozirgi  turk  tiliga  tarjima  qilinib  nashr  etilgan.  O’zbekistonda  «Devon»  ning 

birinchi  tadqiqotchisi  va  qisman  noshiri  professor  Fitratdir.  Bu  asarni  filologiya  fanlari  doktori,  taniqli 

tilshunos olim S. Mutallibov hozirgi o‘zbek tiliga ag‘dargan.  



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling