20
saqlanib qolgani kishini hayratda qoldiradi. Chingizxon davrida zo‘rg‘a saqlanib qolgan kitoblardan biri shu
bo‘lsa keraq Ma’lumki, Chingizxon qaerni bosib olsa, o‘sha yerdagi madaniy boyliklarni vayron qilib,
kitoblarni o‘tga yoqar edi.
Chingizxon O’rta Osiyoga hujumni 1219 yilda boshlab yubordi. Og‘ir janglardan keyin u Utrorni
zabt etgach, 1220 yilda Buxoroga hujum qilib, uni zo‘rlik bilan bosib oldi. Eron tarixchisi, o‘sha davrning
jonli guvohi Juzjoniyning so‘ziga Karaganda, Chingizxon Buxoroni talagach, ko‘p odamlarni o‘ldirib,
uylarni, masjidlarni yoqqan, kitoblarni gulxan qilgan. 1221 yilga borib Chingizxon Urganchni qamal qildi.
Xalq yovga qarshi qahramonlarcha kurashdi, ammo olti oy qamalda yotgan shahar xalqi kuchli istilochilarga
bardosh berolmadi. Shahar butkul yondirilgan edi. Odamlar qirg‘in qilinib, yosh-yosh bolalarni mo‘g‘ullarga
qul qilib berildi. Shunday fojiali yong‘in, ur-yiqit paytida biron kitobning qolishi ham mo’jiza edi.
O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekiston xalqlari chet el bosqinchilari zulmida ingradi. Xalq
bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarsa ham (masalan, 1238 yildagi Torobiy qo‘zg‘oloni), tezda, ayovsiz
ravishda bostirilar edi. Butun bir yuz yilga yakin bo‘lgan davr ichida adabiy asarlar, shu jumladan tarjima
asarlari ham vujudga kelmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |