Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


-MAVZU. TARJIMA TARIXINI DAVRLASHTIRISH


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

2-MAVZU. TARJIMA TARIXINI DAVRLASHTIRISH 

Eng qadimgi davrdan xii asrgacha bo’lgan davr tarjimachiligi 

 

Biror-bir xalq o‘z qobig‘ida, o‘z-o‘zicha rivojlanolmaydi. U boshqa xalqlarning yutuqlari, tajribalarini 

o‘zlashtirgan va rivojlantirgan holda yuksaladi. Ma’lumki, jahon tamaddunining beshigi Sharq hisoblanadi. 

Aleksandr Makedonskiy Sharqni istilo qilganda qadimgi Hindistonda rivojlangan tabiiy fanlarning yutuqlari, 

ko‘hna Eron madaniyati tajribalarini o‘zlashtirib, G‘arb ilm-fani va madaniyatini muvaffaqiyatlarini o‘zaro 

omuxta qilgan holda Yunonistonda antik davr uyg‘onishi sodir bo‘ldi. Keyin katta hududda o‘z saltanatini 

o‘rnatgan arablar fan va madaniyatini rivojlantirishga e’tibor berdilar. Ma’mun ar-Rashid IX asrning boshida 

Bag‘dodda  Ma’mun  akademiyasini  tashkil  qiladi.  “Bayt  ul-hikma”  (“Bilimlar  uyi”)  deb  atalgan  bu  ilmiy 

markazga  turli  joylardan  iste’dodli  kishilarni  to‘plab,  yunon,  yahudiy,  sanskrit,  suryoniy,  fors  tillaridan 

ko‘plab  ilmiy-adabiy,  falsafiy-axloqiy  asarlar  arab  tiliga  tarjima  qilinadi  va  ularga  sharhlar  yozilib, 

musulmon  dunyosiga  tarqatiladi.  Beruniy  ham  yunon,  sanskrit  va  suryoniy  tillarini  o‘rganib,  bu  tillardagi 

asarlardan  bevosita  foydalanganligi,  hatto  ularni  tarjima  qilganligi  ma’lum.  Yoki  Ibn  Sino  Aristotelning 

“Metafizika”  asarini  bir  necha  marta  o‘qisa-da  tushunmaydi.  Keyin  unga  Forobiy  yozgan  sharh  orqali  uni 

xatm  qiladi.  So‘ng  XII-XIII  asrlarda  arablar  tasarrufidagi  Ispaniyaning  Toledo  va  Kardova  shaharlarida 

tarjima  maktablari  vujudga  kelib,  arab  tilidagi  barcha  ilmiy,  ba’zi  adabiy  kitoblar  ham  lotin  tiliga  tarjima 

qilinadi va ular orqali Yevropaga tarqaladi. 

Tarjima  tarixi  juda  qadim  zamonlardan  boshlagnadi.  Qadim  zamonlardan  buyon  turli  tillarda 

so‘zlashuvchi  xalqlar  bir-birlari  bilan  muomala  qilganlarida  tarjimon  (tilmoch)  orqali  ish  bitkazganlar. 

Tarjimonsiz ish bitirish qiyin bo‘lgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda 

hamma vaqt tarjimaga zarurat tugilgan.Qadim zamonlardan beri xalqlar o‘z tarjimonlariga katta hurmat bilan 

qaraganlar.  Ularning  nomlari  tarix  sahifalarida    abadiy  yozilib  qolgan.Tarjima  terixi  madaniyat,  san’at, 

adabiyot  tarixi  bilan  chambarchas  bog‘langan.Ma’lumki,  O’rta  Osiyo  xalqlarining  madaniyati  qadimiy 

davrlardan boshlanadi. Arablar istilosiga qadar ham O’rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va yozuvchilar 

o‘zlari-dan  keyin  boy  ilmiy  va  adabiy  meros  qoldirganlar,  balki  ular  ichida  ko‘pgina  tarjima  asarlari  ham 

bo‘lishi haqi-qatdan uzoq emas. Ammo arab istilochilari mamlakatni zabt qilgach, bu ajoyib asarlarni islom 

diniga qarshi deb yondirib yuborganlar.VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eronni bosib olgan arab istilochilari 

Marv,  Xorazm,  Buxoro  va  Samarqandn!'  qo‘lga  kiritadilar.  VIII  asrning  boshlarida  Movarounnahr  (ikki 

daryo o‘rtasi)ni arablar butunlay egallagan edilar. O’rta Osiyo arab xalifaligi hukmronlig ostida qoldi. 

Bosqinchilarning  zulmi  ostida  azob  chekkan  xalqlar  ularning  buyruqlariga  bo‘ysunar,  tartiblarini 

so‘zsiz bajarishga majbur edilar. Arablar dastlab islom dinini O’rta Osiyo xalqlariga majburan qabul qildira 

boshladilar.  Qadimgi  Xorazm,  so‘g‘d  yozuvlari  o‘rniga  arab  yozuvi  joriy  qilindi.  Madrasalarda  arab  tilini 



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling