Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       25 

 

 

 

voqealarni  talqin  qiladi.  Bu  kitobni  Muhammad  Rafi’  oxun  Xorazmiy  fors  tilidan  o‘zbekchaga  o‘girgan. 

Qo‘lyozma  1320/1902  yilda  ko‘chirilgan.  “Muntaxabut-tavorix”  (Terma  tarixlar),  «Intixobut-tavorix" 

(Terma  tarixlar)  deb  yozilgan  kitobning  fors  tilidan  o‘zbekchaga  tarjimasidir.  Bunda  kitob  avtori  hoji 

Muhammad  Hakimxon  bin  Said  Maxsumxon  qadim  tarixdan  tortib  to  Otaliqxon  (1842—1845)  vafotiga 

qadar bo‘lgan voqealarni tasvirlagan. Qo‘qon xonlari haqida ham ko‘pgina tarixiy materiallar bor. 

Komil Nishonchizoda Ahmad o‘g‘lining (hijriy 1031 yilda vafot qilgan) «Mir’otul-koinot» (Koinot 

oynasi)  nomli  usmonli  turk  tilida  yozilgan  tarixiy  kitobi  Xorazmda  hijriy  1327  yilda  mulla  Xo‘janiyoz 

tomonidan tarjima   qilingan va   1331 yilda  ko‘chirilgan.   (Sharq qo‘yozmalari to‘plamida bu asarning na 

originali  va  tarjimasi  haqida  ma’lumot  berilmagan).  “Muzakkarul-axbob”  (“Yaxshi      ko‘rganlar  haqida 

eslatma")  nomli  asarning  tarjimasi  haqida  hamda  Navoiydan  keyingi  davrda      yashagan      fors-tojik   

shoirlarining    tarjimai     hollari    beriladi.    Shoir fors tilidan o‘zbekchaga shu asardan   bir   parcha   

tarjima  qilgan.  Fors-tojikchadan  o‘zbek  tiliga      o‘girilgan  tarixiy  asarlardan  yana  biri  Muhammad  bin   

Saxaniy Ravzatul-munozir") nomli asari bo‘lib, hijriy 1324 yilda o‘zbekchaga agdarilgan, ammo kim tarjima 

qilgani ma’lum emas, hajmi 240 bet. Abdullo-bin. Muhammad bin Ali Nasrullohiyning umumiy tarixga oid 

“Zabdatul-osor”  (Asarlar  qaymog‘i.)  nomli  asar  o’zbek  tiliga  sakkizinchi  bo‘limdan,  boshlab  tarjima 

qilingan.  Asar  1500—1510  yillarda  hukmronlik  qilgan  Shayboniyxonga  qarshi  bo‘lgan  kurashlar  tarixini 

xikoya  qiladi.  Kitobning  tarjimoni  noma’lum.  Uni  Ahmad  Ali  Joniy  Xo‘jandiy,  Valadi  hoji  Sangin 

ko‘chirgan.  Bu  asar  haqida  V.  V.  Bartold  o‘zining  «1902  yilda  Turkistongv  bo‘lgan  komandirovkaning 

hisoboti" degan ishida ma’lumot berib o‘tadi. 

Abduraxmon bin Husanning “Ajoyibul-osor” (Ajoyib asarlar) nomli to‘rt jilddan iborat tarqxiy asari 

o‘zbek tiliga to‘la agdarilgan - birinchi va ikkinchi jild bir muqovada, hajmi 708 bet. Uchinchi va to‘rtinchi 

jild ikkinchi muqova ichida berilgan, hajmi 445 bet. O‘zbekchaga tarjima qilingan nusxalar hijriy 1327 yilda 

ko‘chirilgan, ammo tarjimonning ismi ko‘rsatilmagan. (Bu asarning asl nusxasi va tarjimalari haqida Sharq 

qo‘l  yozmalari  to‘plamida  ma’lumot  berilmagan).  Asarning  asl  nusxasi  hijriy  1236  yilda  yozilgan 

(“Nafoisul—maosir”)  Alouddavla  bin  Yahyo  Sayfiy  (al  Kazviniy)  973-982/  1565-1575  yillar  mobaynida 

tuzgan  she’riyat  antologiyasi  bo‘lib,  Hindiston  podshosi  Akbarga-  bag‘ishlangan.  Unda  o‘sha  davrdagi 

shoirlarning tarjimai hollari va tarixga oid qimmatli fikrlar bor. Asar fors tilidan o‘zbekchaga Xorazmda XIX 

asrning oxirida tarjima qilingan. Hijriy 1321 yilda mulla Muhammad Sharif xo‘ja valadi Muhammad Yusuf 

ko‘chirgan, hajmi 229 bet tarjimonning ismi noma’lum.    

Samarqand  tarixiga  oid («Samariya")  asarini Mir  abu  Tohir  xo‘ja  Samarqandiy  o‘tgan asrning  30-

yillarida  yozgan,  uni  o‘zbekchaga  Abdulmo‘min  Sattoriy  tojikchadan  ag‘dargan.  Tarjimani  mashhur  adib 

Sadriddin  Ayniy  tahrir  qilgan.  Qo‘lyozma  178  bet  bo‘lib,  kirish  so‘zi,  izoh  va  xotima  bilan  berilgan.  Bu 

asarni  V.  L.  Vyatkin  rus  tiliga  tarjima  qilgan.Asarning  tojikcha  tekstini  prof.  Veselovskiy  nashrga 

tayyorlagan va « — Samariya (nochnaya beseda), avtor Abu-Taxyr Veled kazn Abu Sa’id, 1322 po xidjre 

(1904)" Degan nom bilan nashr qildirgan. 

V. L. Vyatkinning ruscha tarjimasi 1899 yili Samarqandga bag‘ishlanib chiqqan to‘plamda bosilgan 

edi. 


 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling