Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       26 

 

 

 

Sh.Shomuhamedov  olim,  tarjimon  va  shoir    sifatida  40  yil  davomida  barakali  ijod  etib,  76  ta    kitob 

yaratdi.  Bulardan  21  tasi  klassiklar  va  hozirgi    zamon  Eron  adabiyoti  namoyandalari  ijodi  haqidagi 

tadqiqotlardan,    10tasi  hikoyalar  va  she’rlar  to’plamidan,  5tasi  fors-tojik  adabiyoti  klassiklari  asarlaridan 

qilingan  tarjimalaridan iborat.   

Sh.Shomuhamedov ning qator asarlari Amerika, Afg’oniston, Pokiston, Chehoslavakiya, Bolgariya kabi 

chet mamlakatlarda ham chop etilgan.  

Asosiy ilmiy asarlari.  

1.  Ehson Tabariy , T., 1959.  

2.  Umar Xayyom (hayoti va ijodi), T., 1962.  

3.  Abdurahmon Jomiy  (hayoti va ijodi) T., 1963.  

4.  Fors-tojik adabiyoti klassiklari, T., 1963.  

5.  Sa’diy Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1964.  

6.  Hofiz Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1965.  

Abulqosim  Firdavsiyning  “Shohnoma”  kitobi  rustamona  jasorat  mahsulidir.  “Shohnoma”  asari  jahon 

adabiyotida eng katta epik doston 

Insoniyat badiiy fikrining ulug’ mevasi bo’lgan Firdavsiy “Shohnoma”si 60 ming baytdan iborat. U jida 

katta afsonaviy va tarixiy hujjatlarni qamrab olgan. Unda 50 podsholikdan iborat 4 sulolaning mufassal tarixi 

buzilmas mantiq va tartib bilan bitib berilgan.  

“Shohnoma”ga formal qaraganda undagi qissalar shohliklarga bo’linib olib boriladi. O’zi ham “Shohlar 

haqida  kitob”  deb  ataladi.  Ammo  uning  mazmuniga  husgyorroq  nazar  tashlansa,  uning  xalq  hayolida 

yaratilgan  va  xalq  qalbida ardoqlanib  kelayotgan  qadimiy  qahramonlar,  epik  bahodirlar,  oddiy  mehnat  ahli 

vakillari haqidagi qissalardan iborat ekanligini idrok etish unchalik mushkul emas. 

Abulqosim firdavsiy nomi  jahonga mashhur. Uning Yevropa kitobxonlari qalbini maftun etganiga ham 

ikki asrdan oshdi. Shrqda esa u ming yildan beri kishilar zavqi-shavqini qo’g’ab, fikru o’yi, orzu-umidlariga 

madad berib kelmoqda. Shoirga boqiy umr, nomiga bezavollik baxsh etgan asar uning “Shohnoma”sidir. U 

faqat forsiy tilda so’zlashuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq, bora-bora esa, butun 

jahon shuhratiga muyassar bo’ldi.  

Firdavsiyning yoshi 60 ga yaqinlashganida o’z asaridagi  lirik chekinishlaridan birida qarib qolganidan 

shikoyat qilib deydi:  



Falakdan o’tinchim bevafo olam, 

Zulmidan necha yil omonlik topsam. 

Bu qadimiy mashhur nomadan jahon

Ahliga qoldirsam yaxshi bir doston. 

Kim suxan mulkini aylasa obod

Adolatda nomim etar erdi yod. 

 

Foydalanilgan Adabiyotlar:  



1. 

Sh.Shomuhamedov “Shohkitob va uning muallifi” Risola. Tosh.G’.G’ulom nash.-1992.  

2. 

A.Firdavsiy “Shohnoma” tanlangan dostonlar. Tosh.G’.G’ulom san’at nash.-1984.  



3. 

Sh.Shomuhamedov “Mumtoz Fors Adabiyoti (X-XV asrlar)” o’quv qo’llanma. Tosh-2011.  

 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling