62
Tarjimashunoslikda shaklan o‘xshagani bilan ma’nolari bir-biridan jiddiy farq qiladigan so‘zlar soxta
ekvivalentlar deb qabul qilingan.
Masalan, “akademik” so‘zi nemis tilida “oliy ma’lumotli kishi”, “student”, “oliy maktab o‘qituvchisi”
va goho “akademik” ma’nolarini anglatsa, rus va o‘zbek tillarida asosan “Fanlar akademiyasining haqiqiy
a’zosi” ma’nosida keladi. Yoki “dramaturg” nemis tilida “rejissyor”, “teatr repertuarining mudiri”
ma’nolarida kelsa, bizda “dramatik asar muallifi” ma’nosida keladi.
Taniqli tarjimashunos A.V.Fyodorov turli tillarda faqat ayrim so‘zlarninggina fonetik jihatdan
o‘xshashligini soxta ekvivalent deb olgan bo‘lsa, G‘.Salomov bu terminni tuzilishi jihatidan bir-biriga
o‘xshash, ammo ma’nosi jihatidan bir-biridan jiddiy tafovut qiladigan, ba’zida bir-biriga zid bo‘lgan
frazeologik iboralarga nisbatan qo‘llaydi.
Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi. – Sapyor oshibaetsya odin raz.
Onasini Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatmoq. – Pokazat kuzkinu mat.
Do'stlaringiz bilan baham: |