Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
60
So‘zma-so‘z va hijjaviy tarjima. Ya.I.Resker “doslovniy” va “bukvalniy” terminlarining ma’nolari boshqa-boshqa bo‘lib, ularni bir-biri bilan aralashtirish yaramasligini alohida qayd etgan edi: “… so‘zma- so‘z va hijjalab tarjima qilish degan ikki xil tushunchani aralashtirmaslik kerak. Hijjalab tarjima qilish – turli-tuman tillarning so‘zlari o‘rtasidagi nuqul tashqi, shakliy o‘xshashlikka asoslangan mexanik tarjimadir. Bu tarjima sohasidagi formalizmdir. So‘zma-so‘z tarjima esa “so‘zni-so‘z” bilan, hech narsani almashtirmasdan yoki qayta guruhlashtirmasdan qilingan tarjimadir. Hijjalab tarjima qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. So‘zma-so‘z tarjima esa muayyan hollarda qonuniy hodisadir” 34 . Demak, doslovniy perevod – aniq tarjima, bukvalniy perevod – hijjalab tarjima qilish So‘zma-so‘z tarjimaga misollar: 1. Terpi, kazak, atamanom budesh. – Sabr qil, kazak, ataman bo‘lasan. (Erkin tarjimasi: Sabr qilsang, g‘o‘rada halvo bitar). 2.
Yesli vrag ne sdayotsya, yego unichtojayut. – Agar dushman taslim bo‘lmasa, uni yanchib tashlaydilar. 3. Duraku zakon ne pisan. – Ahmoqqa qonun bitilmagan. 4. Zo‘ri behuda miyon meshikanad. – Behuda kuchanish belni sindiradi. 5. Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi. – “Xalva” skolko ne govori, vo rtu sladko ne stanet. Hijjaviy tarjimaga misollar: 1. “krestyanin krepko osel – dehqon mustahkam eshak (dehqon mustahkam o‘rnashdi) 2. “park zanesen snegom” – “parkni qor bosdi” (par qor bilan olinib ketildi) 3. uglovatiy (qo‘pol, dag‘al) – burchakli 4. barxatniy golos (Mayin ovoz) – duxoba ovoz 5. golubie glaza (ko‘k ko‘z) – kaptar ko‘zlar 6. krasa i gordost (ko‘rk va savlat) – bo‘yoq va faxr 7. uchenaya sobaka (o‘rgatilgan it) – olim it 8. Jigar-bag‘rim kabob bo‘ldi (Mashrab). – Serdse stalo shashlikom. 9. U qizilmag‘izdan kelgan edi (A.Qodiriy. “Obid ketmon”). – On priexal iz Kizilmagiza. 10. Perevesti dux (Kafka). – Ruhiyatni tarjima qilmoq (V.Fayzullo tarjimasi). Akram Qodiriyning “Tarjimon” nomli bir pardali komediyasi. Mulla Mirgarang yozgan ariza: “Glavni bosh paxtaqo‘mg‘a. Maya jilizni daro‘ga yuk taskayt. Adin polovina luna bo‘ladi. Xotinim uyda pitir delayt. Shunga denga dayut.” “Bagdadskiy vor” – “Bag‘dod ham bor”. “Va glavniy roli” – ya’ni aptamibilini ro‘lini burab turadigan odam. “Miravuy bayavik – “Meros boyvachchasi”.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling