Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       29 

 

 

 

tarjima  qiladi.  Natijada  u  katta  g‘alabaga  erishib,  o’zbek  tilida  durdona  bir  asarni  avlodlarga  tuhfa  qilib 

qoldirdi. Sayf Saroyi juda kamtar tarjimon. U o‘zini «jahon oriflarining xoki poyiman» deb ataydi: 

 Atoqli tarjimon Sayf Saroyi klassik fors shoiri Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarini to‘la tarjima 

etdi. Bu asar 8 bobdan iboratdir. Birinchi bob — «Podshohlarning xislati» («Dar sifati podshohon»); ikkivchi 

bob — «Darveshlarning axloqi» («Dar axloqi darveshon»); uchinchi bob — «Qanoatning yaxshiligi» («Dar 

fazilati qanoat»); to‘rtinchi bob  «Xomushlikning foydasi» («Dar favoidi xomushi»); beshinchi bob — «Ishq 

va yoshlik» («Dar ishq va-chavony»)  oltinchi bob — «Notavonlik va qarilik» 

(«Dar za’f va piri»); yettinchi bob — «Tarbiyaning ta’siri» («Dar ta’siri tarbiat»); sakkizinchi bob — 

«Suhbat Odobi» («Dar odobi suhbat»). Bu boblar bir necha kichik-kichik hikoyalarga bo‘linadi. Hykoyalar 

o‘z  ichiga  she’r  yoki  hikmatli  so‘zlarni  oladi.  Sa’diy  bular  orqali  tarbiyaviy,  didaktik  fikrlarni  badiiy 

yo‘sinda beradi. Tarjimon Sayf Saroyy ham hamma boblarni va deyarli barcha hikoyat, she’rlarni ag‘dargan. 

Lekin u tarjimada boblar nomini ko‘rsatmaydi. Ba’zan tarjimon hikoyatlarni qisqartib yoki originalning to‘la 

tushunarli  bo‘lishi  uchun  ayrim  so‘z  va  iboralarni  qo‘shadi,  Tarjimon  originaldagi  «hikoyat»  terminini 

o‘zicha  qoldirgan;  tekstda  she’r  kelsa,  uni  katta  harflar  bilan  alohida  uqtirib  ko‘rsatgan;  bundan  tashqari, 

tarjimon «hikmat» terminini ham kiritganki, bu «qissadan hissa»  mazmunini  anglatadi. 

1954 yilda Anqarada «Sevfi Sevari», «Gülistan terçiimesi» asari bosilib, u bosh so‘zdan tashqari 373 

betni  tashkil  qiladi.  Bosh  so‘zni  prof.  Fridun  Nafiz  yozgan,  Anqarada  chiqqan  bu  kitobda  Sayf  Saroyq 

tarjimasining  qo‘lyozmasi  haqida  bir  qancha  ma’lumot  beriladi,  lekin  ular  yetarli  emas.  Sayfi-Saroyi 

“Guliston-tarjimoni” 

Sayf  Saroyi'  tarjima  qilgan  «Guliston»  dostonining  qo‘lyozmasi  Gollandiyadagi  Layden 

kutubxonasida  saqlanmoqda.  Usha  qo‘lyozmadan  olingan  foto  nusxa  Til  va  adabiyot  ilmiy-tekshirish, 

institutida  mavjud.  (Biz  o‘sha  foto  nusxadan  foydalandik).  Foto  nusxaning  sifati  yaxshi  emas,  uning  ko‘p 

betlari yoyilib ketgan, xira, chalkash va aniq emas, o‘qish uchun katta qiyinchilik tug‘diradi. 




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling