Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
Xorazm tarjima maktabi: tarixiy voqealar ro‘y berdi va tarjima asarlarining soni va salmog‘i ham
ancha oshdi. Shu vaqtga qadar faqat arab, fors adabiyotidan o’zbek tiliga va o’zbek hududidan o‘sha Tarjimashunoslik 31 tillarga tarjima qilingan bo‘lsa, endi bular bilan bir qatorda, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish ishlari rivojlandi. Bundan tashqari, o’zbek tilida yozilgan bir qancha she’riy arlarni rus tiliga ag‘darish ishlari ham boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon va Buxoroda bir qanchz shoir va adiblar yetishib chiqdi. Chunonchi, Farg‘ona vodiysida Amir (Amiriy), Fazliy, G‘oziy, Gulxaniy, Nodira (Mahzuna), Uvaysiy, Maxmur kabi atoqli o’zbek shoir va shoiralari o’zbek adabiyotini boyitdilar. Ularning ko‘pchiligi ikki tilda (o’zbek va tojik tillarida) she’r yozar edilar. XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda bir kancha badiiy-tarixiy asarlar tarjima qilindi. Bu faxrli ishni ham shoir, ham davlat arbobi Munis boshlab berdi. Munis. Shoir Munisning asli ismi Shermuhammad bo‘lib, Avazbey mirobning o‘g‘lidir. Munis 1878 yilda Xivadan 8 kilometr, masofada joylashgan Qiyot qishlog‘ida tug‘ilgan. Yoshlik chog‘laridayoq u tarix va adabiyotga qiziqib, tez orada o‘z talantini namoyon qildi. Shoir, tarixchi, tarjimon bo‘lib yetishdi. Muhammad Rahimxon I ning (1806—1825) topshirig‘i bilan u Xorazm tarixini yoza boshladi. Intihosiga yetkazilgan bu kitobga «Firdavsul iqbol» degan nom berilib, undz 1812 yilgacha Xorazmda bulib utgan tarixiy voqealar qamrab olingan. Bu asar katta tarixiy kitoblar siklining qaldir g‘ochi edi. Munis bundan tashqari, ulug‘ bir ishni Mirxondning bir necha tomli tarixiy kitobi «Ravzatus- safo»ni fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish ishini boshlab yubordi. Muhammad Rahimxon I hayot vaqtidayoq (1825 yilgacha) Munis bu kitobning birinchi jildini o‘zbekchaga o‘girib bo‘lgan edi. Ikkinchi jild esa Olloqulixon vaqtida (1825—1842) tarjima etish ishiga kirishildi. Munis shunday katta asarning tarjimasini boshlab berar ekan, boshqa tarjimonlarga ham ibrat bo‘ladigan ulug‘ bir ishni bajardi. «Ravzatus-safo»ning tarjimasi qay tariqada bo’lgani haqida: Munis o‘sha vaqtda kasal bo‘lib va boshiga ko‘p og‘ir Musibatlar tushganiga qaramay, bu qiyin asarni tarjima qilganini bayon etadi. Ishga dadil kirishgan tarjimon birinchya tomni tamom qilib, ikkinchi tomning yarmiga yetganda, 1244/1829 yilda vabo kasalidan vafot qildi.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling