Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
28
Qutb Xorazmiy Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni tarjimasi bilan mashhur bo‘lgan va shu orqali o‘zbek mumtoz adabiyotidan o‘ziga munosib o‘rin egallagan. “Xusrav va Shirin” tarjimasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan ozarbayjon olimi A. Tohirjonov u 1330-1336 yillarda yaratilgan, degan fikrni ilgari suradi. Doston tarjimasi amir Qutlu Xo‘janing tavsiyasi bilan 1383-1384 yillarda Misrda Berka Faqih ibni Barokaz Edgu Qipchoqiy tomonidan ko‘chiriladi. Bu qo‘lyozma 1914 yili Parij Milliy kutubxonasidan (inv.№ 312) topilib, ilmiy muomalaga kiritiladi va sharqshunoslar o‘rtasida mashhur bo‘lib ketadi. 1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish komiteti tomonidan uning fotonusxasi olinib, Hodi Zarif uni nashrga tayyorlagan. Bu nusxa hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida saqlanadi. 1958 yilda polyak sharqshunosi A.Zayonchkovskiy tarjimani faksimile va transkripsiyasi bilan Varshavada nashr ettirgan. Qo‘lyozma 120 varaq (240 bet) bo‘lib, 4750 baytni o‘z ichiga oladi. Shundan 4685 bayti Qutb qalamiga mansub bo‘lib, qolgani kotib tomonidan qo‘shilgan. Doston 91 bobdan iborat. Holbuki, Nizomiy dostoni 102 bob bo‘lib, 6 mingdan ortiqroq baytni o‘z ichiga oladi. Tarjimon asliyat mazmunini, syujetini saqlab qolish bilan birga, uni ancha erkin tarjima qiladi, o‘z davriga moslashtiradi. O‘sha davrda badiiy tarjima prinsinlari shunday bo‘lib, tarjimon tarjimani ijodiy ish sanab, unga xohlagancha o‘zgartirishlar kiritishi mumkin bo‘lgan. Jumladan, Qutb ham asar muqaddimasiga “Shahzoda Tinibekxon madhi”, “Malika marhuma Xonmalik madhi”, “Kitob nazm qilmoqqa sababi bayon ayur” boblarini qo‘shadi. Ayni paytda, dostonning umumiy syujetiga aloqasiz hisoblaganidan bo‘lsa kerak, “Chihil qissa az “Kalila va Dimna” (“Kalila va Dimnadan qirq qissa”), “Natijai afsonai Xusrav va Shirin” (“Xusrav va Shirin afsonasining natijasi”), “Me’roji Muhammad” (“Muhammad Me’roji”), “Dar nasihati farzandi xud Muhammad” (“O‘z farzandim Muhammadga nasihat bayonida”) kabi qator boblarni qisqartiradi, ayrim boblarni ixchamlashtirib, bir-biriga qo‘shib yuboradi. Lekin “Qutb tarjima qilganda voqea va syujetni qisqartirmaydi, balki bularga xalal yetkazmaydigan darajada boblarni bir-biriga qo‘shgan, aniqrog‘i, boblarning nomlarini o‘zgartirgan, xolos. Masalan, asliyatdagi: “53-bob. Ogoh shudani Xusrav az holi Farhod”, “54-bob. Talab kardani Xusrav Farhod”, “55-bob. Munozarai Xusrav bo Farhod” degan uch bobni Qutb ikki bobga keltirgan: “52-bob. Xusrav Farhod birla munozara qilib, Farhod tog‘ qazimoqliqi so‘zi”. Lekin shu ikki bobda asliyatdagi uch bobning mazmuni, voqea va syujeti to‘la berilgan, hatto uch bobning satrlar soni ham saqlangan” 9 .
tahrir qiladi, ularning o‘rniga Oltin O‘rda hayotiga doir voqealarni kiritadi. Natijada, Sodir Erkinov ta’biri bilan aytganda: “Doston bilan tanishgan o‘quvchi ko‘z o‘ngida sosoniy davlatining manzaralari emas, ko‘pincha Oltin O‘rda hayotini eslatuvchi taf-silotlar, O‘rta Osiyo xalqlarining urf-odatlari, turmush yo‘sinlarini ang-latuvchi misralar diqqatni tortadi. Saroy va u yerdagi rasm-rusumlar, kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi axloq-odob qoidalari bevosita Qutb-ning o‘zi yashagan turmush sharoitini eslatib turadi”
10 . Qutb Nizomiy dostonidagi davlatlar va mamlakatlar nomini ham o‘ziga tanishlari bilan almashtiradi. Dostonni erkin tarjima qilgani haqida shoirning o‘zi muqaddimada shunday degan edi: Qazontek qaynab-ush savdo pishurdum, Nizomiy bolidin halvo pishurdim. Har qanday yetuk tarjima ham asliyatning o‘rnini bosolmaydi. Shuning uchun ham Qutb o‘z tarjimasini Nizomiy bolidan pishirilgan halvo deb ataydi. Qutb Nizomiy dostoni asosida o‘zbekcha doston yaratish va uning vositasida o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi va u buni muvaffaqiyat bilan uddalaydi. Bu tarjima o‘sha davr o‘zbek tilini o‘rganish uchun muhim manba bo‘libgina qolmay, balki o‘zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynadi. Mahorat bilan nazm silkiga terilgan hassos misralar Qutbning o‘zbek tilining katta bilimdoni bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qutb tarjimasini Nizomiy dostoni bilan qiyoslar ekan, mutarjimning she’riy salohiyati balandligi va u asliyatga qoyilmaqom tarjima yaratib, “Nizomiy panjasiga panja” ura olganligini ko‘ramiz. Sayf Saroyining hayoti haqida yetarli ma’lumot yo‘q. Uning qachon tug‘ilib, qachon vafot etgani ham ma’lum emas Lekin «Guliston»ning tarjima qilingan yili aniq (793/ 1391—92 yillar). Tarjimaning tili sodda va shirali bo‘lib, kishini o‘ziga jalb etadi, adabiyotchilarimiz, ham lingvist olimlarimiz uchun qimmatli material beradi. Sayf Saroyi «Guliston» kabi dunyoga mashhur bo‘lgan asarni tarjima qilishga qo‘l urar ekan, buning naqadar mas’uliyatli ish ekanini sezib, juda ehtiyotlik bilan ish boshlaydi va uning har bir satrini qunt bilan
9 Ш а р и п о в Ж. Ўзбекистонда таржима тарихидан. – Тошкент, 1965. 46-47-бетлар. 10 Ўзбек адабиёти тарихи. Беш жилдлик. 1-жилд. – Тошкент, 1977. 211-212-бетлар. |
ma'muriyatiga murojaat qiling