Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
26
Sh.Shomuhamedov olim, tarjimon va shoir sifatida 40 yil davomida barakali ijod etib, 76 ta kitob yaratdi. Bulardan 21 tasi klassiklar va hozirgi zamon Eron adabiyoti namoyandalari ijodi haqidagi tadqiqotlardan, 10tasi hikoyalar va she’rlar to’plamidan, 5tasi fors-tojik adabiyoti klassiklari asarlaridan qilingan tarjimalaridan iborat. Sh.Shomuhamedov ning qator asarlari Amerika, Afg’oniston, Pokiston, Chehoslavakiya, Bolgariya kabi chet mamlakatlarda ham chop etilgan. Asosiy ilmiy asarlari. 1. Ehson Tabariy , T., 1959. 2. Umar Xayyom (hayoti va ijodi), T., 1962. 3. Abdurahmon Jomiy (hayoti va ijodi) T., 1963. 4. Fors-tojik adabiyoti klassiklari, T., 1963. 5. Sa’diy Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1964. 6. Hofiz Sheroziy (hayoti va ijodi) T., 1965. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” kitobi rustamona jasorat mahsulidir. “Shohnoma” asari jahon adabiyotida eng katta epik doston Insoniyat badiiy fikrining ulug’ mevasi bo’lgan Firdavsiy “Shohnoma”si 60 ming baytdan iborat. U jida katta afsonaviy va tarixiy hujjatlarni qamrab olgan. Unda 50 podsholikdan iborat 4 sulolaning mufassal tarixi buzilmas mantiq va tartib bilan bitib berilgan. “Shohnoma”ga formal qaraganda undagi qissalar shohliklarga bo’linib olib boriladi. O’zi ham “Shohlar haqida kitob” deb ataladi. Ammo uning mazmuniga husgyorroq nazar tashlansa, uning xalq hayolida yaratilgan va xalq qalbida ardoqlanib kelayotgan qadimiy qahramonlar, epik bahodirlar, oddiy mehnat ahli vakillari haqidagi qissalardan iborat ekanligini idrok etish unchalik mushkul emas. Abulqosim firdavsiy nomi jahonga mashhur. Uning Yevropa kitobxonlari qalbini maftun etganiga ham ikki asrdan oshdi. Shrqda esa u ming yildan beri kishilar zavqi-shavqini qo’g’ab, fikru o’yi, orzu-umidlariga madad berib kelmoqda. Shoirga boqiy umr, nomiga bezavollik baxsh etgan asar uning “Shohnoma”sidir. U faqat forsiy tilda so’zlashuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq, bora-bora esa, butun jahon shuhratiga muyassar bo’ldi. Firdavsiyning yoshi 60 ga yaqinlashganida o’z asaridagi lirik chekinishlaridan birida qarib qolganidan shikoyat qilib deydi: Falakdan o’tinchim bevafo olam, Zulmidan necha yil omonlik topsam. Bu qadimiy mashhur nomadan jahon, Ahliga qoldirsam yaxshi bir doston. Kim suxan mulkini aylasa obod, Adolatda nomim etar erdi yod.
Foydalanilgan Adabiyotlar: 1. Sh.Shomuhamedov “Shohkitob va uning muallifi” Risola. Tosh.G’.G’ulom nash.-1992. 2. A.Firdavsiy “Shohnoma” tanlangan dostonlar. Tosh.G’.G’ulom san’at nash.-1984. 3. Sh.Shomuhamedov “Mumtoz Fors Adabiyoti (X-XV asrlar)” o’quv qo’llanma. Tosh-2011.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling