Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
-MAVZU. XVI-XVIII ASRLAR TARJIMACHILIGI
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
5-MAVZU. XVI-XVIII ASRLAR TARJIMACHILIGI
Shariat qonunlariga oid «Tarjimai Barchandiy sharhi «Muxtasarul-viqoya» Barchandiyning «Muxtasar viqoya» sharhining tarjimasi)] asarining ikkinchi jildi tarjima bo‘lgan. Bu kitob hijriy 1311 yili domla Bekmuhammad tomonidan tarjima qilinib, o‘sha yili ko‘chirilgan, asarning hajmi 496 bet. Bu qo‘lyozmaning ikki nusxasi Sharqshunoslik instituta fondida mavjud. Garchand revolyusiyaga qadar «Qur’on» o’zbek tiliga tarjima etilmagan bo‘lsa ham, uning ba’zi bir tafsir, sharhlari ag‘darilgan edi. Masalan («Tafsiri «Qur’on») 1261 yilda ko‘chirilgan, tarjimoni noma’lum. Surayi Maryamdan surayi maloikaga qadar bo‘lgan tafsir ham o’zbekchaga ag‘darilgan, hajmi 248 bet. Bunday tafsirlar fors-tojik tiliga ham tarjima qilingan. Bundan tashqari, Abdurahmon Jomiyning tafsiri ham bor.
«Qur’on»ning «Baqra» surasidan «Moida» surasiga qadar fors va o’zbek tiliga tarjimasi bor. Uning tarjimoni, qachon tarjima qilingani ham ma’lum emas, hajmi 207 bet. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Buxoro, Toshkent va fargonada arab, fors-tojik tillaridan o’zbek tiliga tubandagi badiiy asarlar tarjima qilindi: («Jangnomai Abu Muslim») asarining tarjimasi hijriy 1332 yilda mulla Pardaboy tomonidan ko‘chirilgan (236 bet), tarjimoni va qachon tarjima qilingani ma’lum emas. Shoir Xiromiy xind shoiri Xisrav Dehlaviyning «Chor-darvesh» nomli asarini she’riy yul bilan erkin tarjima qilgan. Bu qo‘lyozma (Chahor darveshi» Xiromiy») degan nom bilan 1272/1855 yilda ko‘chirilgan, hajmi 270 bet. «Chor darvesh»ni shoir Siddiq ham nasr va nazm aralash tarjima qilgan. Bu tarjimadan ba’zi bir parchalar va Xiromiy tarjimasidan ayrim namunalar «O’zbek adabiyoti» to‘plamining IV tom, II kitobida bosilgan. «Kitobi chahor darvesh» (To‘rt darvesh kitobi) yoki «Qissai Chahor darvesh» (To‘rt darvesh qissasi)] shoir Xisrav Dehlaviyning asari bo‘lib, uni kimdir tojik xalq tilida sodda qilib qayta ishlagan. Bu variant da hikoyalar she’riy parchalar bilaQo‘shib beriladi. Asar o‘zbekchaga ham tarjima qilingan, ammo tarjimonning nomi ma’lum emas. Biz yuqorida Barxurdor bin Mahmud turkmani Faraxiy Mumtozning «Mahbubul-qulub» Qo‘ngi- “Boburnoma tarjimalari” XVI asr Hindiston tarixiga oid (“Tabaqoti Akbarshohiy”) kitobini Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Muhammad Mehdiy Astrobodiy bin Muhammad Nosir 1736—1747 yillar ichida hukmronlik qilgan Nodirshohning tarixini yozgan. Bu asar (“Tarixi jahonkushoyi Nodiri”) yoki («Tarixi Nodiri") deb ataladi. Uni Ogahiy fors tilidan o‘zbekchaga tarjima etar ekan, «Tarixi Nodiri" deb qisqartib olgan. (Ikkinchi qo‘lyozma nusxasi 1227 raqam bilan Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda). XVIII asrning boshlarida Muhammad Yusuf Munshi bin xo‘ja Baqo yozgan (“Tarixi Muqimxoniy”) nomli asarni Ogahiy tarjima qilgan. Shoir o‘zining devoniga yozgan muqaddimasida bu kitobni (“Tazkirai Muqimxoniy”) nomi bilan tarjima qilganini aytib o‘tadi. Atoullo bin Fazullo Husayniy (“Ravzatul-ahbob"), varaqlar. Usmonli turk tilidan tarjima qilingan katta asarlardan biri Ibrohim Haqqiyning (“Tarixi umumiy”) nomli asaridir. Bu asar Istanbulda 1889 yilda bosilgan, uni 1908 yilda domla Ro‘zmuhammad Xorazmiy Firuzning topshirig‘i bilan tarjima qilgan. Buxoro tarixiga oid bo‘lmish “Abdullonoma” ba’zan («Sharifnomai shohiy") deb ham ataladi) nomli kitob ham o‘zbek tiliga ag‘darilgan. Afsuski, tarjimonning nomi ko‘rsatilmagan. Muhammad Amin bin Muhammad Zamoni Buxoriyning Buxoro tarixiga oid “Muxitut-tavorix” tarjimasi (Tarixlar okeani) nomli ikki tomdan iborat asari ashtarxoniylar davrida bo‘lib o‘tgan tarixiy
|
ma'muriyatiga murojaat qiling