Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usmon Nosir
- Qudrat Hikmat
Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Ganja viloyatining Oqtosh
shahrida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorulmualliminni tugatgan (1925). Dastlabki she’riy to‘plami- «Loyiq soqchi» (1932). «Jaloliddin Manguberdi» (1944) va
Tarjimashunoslik 41 «Mirzo Ulug‘bek» (1961) kabi dramatik asarlar muallifi. A. S. Pushkinning «Mis chavandoz», M. Yu. Lermontovning «Kavkaz asiri», V. Shekspirning «Hamlet», «Romeo va Juletta» tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, shuningdek, dunyo adabiyotidagi bir qancha buyuk siymolarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
institutining stsenariy fakultetida (1929— 30) va Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir muncha muddat taxsil olgan (1933—34). «Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» (1934) dostonlari nashr etilgan. A. S. Pushkinning «Bokchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Pedagogika institutini tugatgan (1957). Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening Vatanim» (1950). «Baxtli bolalar» (1951), «Obodlik» (1953), «Do‘stlik» (1954), «Uch o‘rtoqning sovg‘asi» (1957), «Nevara mehri», «Chirchiq farzandi» (1961), «Alisher va kitob» (1962), «Ilonshoh va uning amaldorlari xaqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Shamol botir» (1966), «O’g‘lim bilan suhbat» (1970), «Olmos mening yuragim» (1983), «Mening yuragim» (1986) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan A. Barto va boshqa shoirlarning bolalarga atalgan she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling