Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
39
Jurnal sahifalarida 1914 yil Birinchi jahon urushi janglarining borishi haqida ruscha gazetalardan olinib tarjima qilingan xabar va maqolalarni hisobga olmasaq unda arzigulik tarjima materiallari berilmas edi.
(«Samarkand») gazetasi ham Behbudiyning muxarrirligi va noshirligida 1913 yil mart oyidan e’tiboran chiqa boshladi. Garchand gazeta o‘z oldiga kattagina vazifalarni qo‘ygan bo‘lsa ham, bularning uddasidan chiqa olmadi, «Samarkand» gazetasida ham badiiy tarjima materiallari bosilmagan. 1914 yil, 4 aprelda Toshkentda («Sadoyi Turkiston») gazetasi chiqa boshladi. «Sadoyi Turkiston» gazetasi sahifalarida «Til va din», «Til va imlo masalasi», «Til masalasi» kabi maqolalar bosildi (1915 yil, 60, 63, 64-sonlariga qarang). «Sadoyi Turkiston» o‘zigacha chiqqan gazetalardan poligrafik jihatdan, gazeta texnikasini egallaganligi bilan ajralib turadi. Bu gazeta 1915 yil, aprel oyining oxiriga borib chiqishdan to‘xtagan edi. 1917 yilgacha Turkiston, Buxoro, Xivada o‘zbek tilida bironta gazeta chiqmadi. Faqat 1915 yilda («Al isloh») jurnali chiqa boshladi. Jurnalning muharriri va noshiri Sayyoh Abdurahmoi Sodiq o‘g‘li bo‘lib, 1918 yildan e’tiboran noshir qilib Asqarxon Pahlavonov tayinlanadi. Bu jurnalda badiiy asarlar yo rus tilidan va yoki arab-fors tilidan maxsus tarjima etilmadi, ammo maqolalar ichiga kirgan arab, fors tilidagi she’r yoki ayrim iboralar o’zbek tiliga tarjima etildi, xolos. Masalan, jurnalning 1916 yil, 15-sonida yozilgan bosh maqolada, «Qur’on»dan olib bosilgan oyat tarjima etilgan. «Isloh» jurnali 1918 yil, mart oyining oxirida, 6-sondan boshlab taqiqlandi. 1917 yil fevralda Turkistonda bir qancha gazeta-jurnallar chiqa boshladi; masalan, («Al-izoh») jurnali «Ulamo» jurnalida diniy hamda adabiy-siyosiy muvaqqat hukumatning qarorlari, dasturulamal va yo‘l-yo‘riqlari tarjima etib bosilgan. Shular jumlasida chiqqan gazetalardan biri («Najot») bo‘ldi. Bu gazeta «Turkiston vi-loyatining gazeti» o‘rnida nashr qilina boshlagan edi. Bunda Behbudiy va boshqa jurnalistlar faol qatnashdilar. Gazeta Vaqtli hukumatning organi bo‘lib qoldi. Unda Vaqtli hukumatning farmon va murojaatlari tarjima qilinib bosilar edi. 1917 yil may oyida («Sho‘roi islomiya») va iyun oyida uning o‘rniga «Kengash» gazetasi chiqa boshladi. Ahmad Zakki Validiy sakkizinchi songacha gazeta muharriri bo‘lib so‘ngra uning o‘rnini Munavvar qori Abdulrashidxon egalladi. Bu gazetalar mehnatkashlar manfaatiga qarshi ish ko‘rdilar. Usha vaqtlarda «Kengash» gazetasi bilan birga 1917 yil, 20 apreldan boshlab «Turon» nomida ham gazeta nashr qilina boshlagan. Uning birinchi bosh muharriri Nizomiddin qori mulla Husayn o‘g‘li bo‘lib, noshiri «Maktab» jamiyati edi. «Turon» gazetasida ham adabiy-badiiy tarjima asarlari bosilmadi. (Unda ayrim xabarlargina tarjima qilinar edi, xolos). Gazetaning tili turk so‘zlari, turkiy ibora va ifodalar bilan to‘lgan edi. 1917 yil, sentyabrda «Turon» va «Kengash» gazetalari birlashib «Turk eli» nomli yangi gazeta chiqa boshladi. «Yurt» jurnali Qo‘q_on shahrida 1917 yil, 1 iyundan boshlab chiqa boshladi. Jurnalning bosh maqolalarida nemis yozuvchisi F. Shillerdan sitata olinib, uni «Eskilik vayron bo‘lub, zamon o‘zgarib, xarobalarda yangi-yangi hayot ochiladur (Shiller)» deb tarjima qilingan. Bu haftalik jurnalning noshir va muharriri Ashur Ali Zohiriy edi. «El bayrog‘i» gazetasi ham Qo‘qonda chiqar edi, 1917 yil, 8 sentyabrdan nashr qilina boshlagan). Gazeta chet el imperialistlari, Angliya kolonizatorlari va oqgvardiyachilarning Qo‘qon hukumati haqddagi fikrlarini o‘zbekchaga ag‘darib, katta xarflar bilan, ko‘zga ko‘rinarli qilib bosib chiqardi. Qo‘qonda chiqqan gazetalardan yana biri «Tirik so‘z» bo‘lib, 1917 yil, aprel oyida Obidjon Maxmudov muharrirligida nashr etildi. Qo‘qonda nashr qilingan «Ravnaqi islom» gazetasi o‘sha davrda boshqa gazetalarda takrorlangan «Yashasun hurriyat, adolat va musovot! Bitsun nafsoniyat, adovat vaxolat!» so‘zlarini o‘ziga shior qilib olgyon bo‘lsa-da, Toshmuhammad Nurmuhammad o‘g‘li muharrirlik qilgan, «har kun chikadirgan siyosiy, adabiy, xalq foydasi yo‘lida yuradigan gazeta» deb e’lon qilingan bu gazeta ham xalq manfaatini kuzlamadi. Bu matbuot sahifalaridan tarjima materialla riga o‘rin berilmagan edi. «Farg‘ona sahifasi» («Ferganskiy listok») gazetasi ham o‘z maslagi jihatidan «Ravnaqi islom» dan hech farq qilmadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling