Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
«chig‘atoy tili» dagi so‘zlar bilan almashtirishni targ‘ib qildilar. Burjua millatchilari arab, fors
so‘zlarigagina qarshi bo‘lib qolmay, rus va interna sional so‘zlarga ham qarshi kurash ochdilar. Ular «samovar» o‘rniga «o‘zi qaynar», «samolyot» — «o‘zi uchar», «poezd» — «otash arava», «velosiped» — «shayton arava», va hokazolarni taklif qildilar. Albatta, har bir tilning o‘ziga yarasha normalari bor. Arab, fors so‘zlarini ishlatishni suiiste’mol qilish tilni chigallashtirishga olib boradi. Sinonimlarni o‘z o‘rnida ishlatish yozuvchining kuch-quvvati va iste’dodidan darak beradi hamda har bir shoir, har bir adibning bilim doirasi, turmushni anglashi va, ayniqsa, xalq jonli tilini qanchalik bilishini ko‘rsatadi. Ulug‘ yozuvchilarning asarlarini tekshirib ko‘rganda, ularda rang- barang sinonim so‘zlarning keng va o‘rinli ishlatilganligining shohidi bo‘lamiz. Sinonimlar tilning turli nozik ma’no ottenkalarini ifodalaydi. Ular fikrni aniqroq, chuqurroq va mukammalroq ifodalashga yordam beradi. Sinonim grekcha so‘zidan olingan bo‘lib, «nomdosh», «otdosh» degan ma’noni beradi. Shudnay qilib, shakl jihatidan har xil, lekin ma’nolari bir xil yoki uyg‘un bo‘lgan so‘zlar sinonimlardir. Sinonim so‘zlarni ishlatish tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. XI asr yozma yodgorligi «Devonu lug‘otit-turk»da ham sinonim so‘zlarning keng ko‘lamda qo‘llanilgani ma’lum. Filologiya fanlari kandidati S. Mutallibov XI asr yozma yodgorliklarida ishlatilgan so‘zlarni uchga bo‘ladi: «1. Juda qadimgi vaqtlardan boshlab qabilalarning xos so‘zlari tarzida qo‘llanib, u qabilalar birikkanda sinonim holiga ko‘chgan so‘zlar. 2. Turmush zarurati bilan til taraqqiy qoidalariga muvofiq qo‘llanib turgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasash asosida kelib chiqqan sinonimlar. Turmush talablariga muvofiq, chet so‘zlarni qo‘llash natijasida maydonga kelgan sinonimlar». (S. M. M u t a l l i b o v , Morfologiya va leksika tarixidan
XI asrdagi yozma yodgorliklarda uchragan sinonim so‘zlar juda ko‘p, masalan: «Dam olish»ni bildiradigan so‘zlar: «kaytu», «sijdu», «qo‘shpichoq».
sinonimlarning bir qismi hozir ham tilimizda aynan o‘sha ma’noda ishlatilsa , ko‘pgina so‘zlarning ma’nolari davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib kettan va ba’zilari iste’moldan chiqib qolgan yoki o‘sha vaqtda sinonim bo‘lgan so‘zlar hozir sinonimlikdan chiq qan bo‘lishi mumkin. Chunonchi, ilgarigi «tuya» so‘zining «tavay —• atay — engon — davay» kabi sinonimlari bo‘lsa, hozir ular ishlatilmaydi. Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug‘atayn» nomli asarida o‘zbek tilining sinonimlarga nihoyatda boy ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdi. Masalan, u o‘zbek tilida «ot» ma’nosida juda ko‘p so‘zlar ishlatilishini quyidagicha ko‘rsatgan edi. «Yana ot anvoidagi, tubuchoq va arg‘umoq va yaka va yobu va totu yo‘sunliq — barini turkcha-o‘q ayturlar. Va otning yoshin dag‘i ko‘prakini turkcha ayturlar. Bir qulunni «kurra» derlar. Uzga: toy va g‘o‘nan va do‘nan va tulan va chirg‘a va lang‘a deguncha fasihroqlari turkcha derlar». O‘zbek klassik shoirlarining ko‘plari ham ikki tilda (O‘zbek va tojik tillarida) so‘zlashib, o‘sha tillarda she’rlar yozganlar. Shu yo‘l bilan O‘zbek tiliga tojikchadan ki rgan bir qancha so‘zlar sinonimik shaklga kirib qolgan. Masalan, «oltin—tilla», «yayov — piyoda», «bulok. — chashma», «o‘rnak — namuna», «manglay — peshona», «kulgi — xanda», «kiyik — ohu», «ulug‘vor — buzrukvor», «yuz — chehra», «bilim—donish», «ko‘ngil — dil», «erkak — nar», «so‘z — suxan» va hokazo. Arabchadan kirgan so‘zlar evaziga ham sinonimlar ko‘paygan. Masalan, «yer yuzi — olam— jahon—dunyo», «payt— vaqt — zamon», «go‘zal — chiroyli — badiiy», «daryo — bahr», «mayda — juz’iy», «kunlar — ayyom», «bog‘-firdavs —jannat». «ayriliq — firoq — hijron», «tonmoq — inkor», «yagona—nodir — kamyob», «sevgi — muhabbat» va hokazo. |
ma'muriyatiga murojaat qiling