38
Arab, fors-tojik tilidan kirib kelgan so‘zlar o‘zbek tilidagi boshqa so‘zlar bilan sinonimlarni
hosil qiladi. Bunday sinonim so‘zlar o‘ zbek tiliga boshqa tillardan — turk, hind, mo‘g‘ul
tillaridan ham kirib kelgan. Bundan bir necha asrlar ilgari tarjima etilgan asar larni o‘qib chiqar
zkanmiz, talantli va tajribali tarji monlarimiz sinonim so‘zlardan ustalik bilan foydalanganlarini
aniqlaymiz. Bundan ikki chorak asr ilgari firdavsiyning Xomushiy tarjima qilgan va so‘ngra
toshbosmada bir necha martaba qayta nashr etilgan «Shohnoma» dostonida turli-tuman sinonim so‘zlar
ustalik bilan ishlatilgan. Arab, fors tillarini o‘z ona tiliday bilgan Xo mushiy so‘zlarning nozik
ma’nolari va ottenkalarini yaxshi anglab, har bir iborani o‘z o‘rnida ishlatib, sinonimlardan juda
o‘rinli foydalangan.
Xomushiy bir yerda «farzand», ikkinchi bir yerda «o‘g‘il», uchinchi yerda «pisar» so‘zlarini ishlatar
ekan, shu ma’noda «navjuvon», «sherbachcha», «sherdil», «juvonmard» so‘zlari ni ham kontekstga
muvofiq holda juda o‘rinli qo‘llagan.
Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, har bir tar jimon sinonim so‘zlarni o‘z o‘rnida,
ma’nosiga qarab, to‘g‘ri ishlata bilishi kerak. Sinonimlarni o‘z joyida ma’noga muvofiq holda
qo‘llash tarjimonning tilga boyligini ko‘rsatishi bilan birga, adabiy tilning tobora boyishida katta
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |