Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       36 

 

 

 

Qadim  zamonlardan  beri  o‘zbek  xalqi  qo‘shni  xalqlar,  ayniqsa  forslar  va  tojik  xalqi  bilan 

o‘zaro munosabatlarda bo‘lib keldi. Ularning juda ko‘p so‘zlari o‘zbek tiliga kirib keldi. Buning ustiga, 

IX—X asrlarda O‘rta Osiyoning arab xalifatligidan chiqishi va somoniylar davrida fors  tilining adabiy til 

bo‘lib qolishi bu jarayonni tezlash 

tirdi. 


Arab  va  fors  so‘zlarining  o‘zbek  tiliga  kirib  kelishida  tarjimonlar  ham  katta  hissa  qo‘shdilar. 

Bundan  olti  asr  ilgari  Qutb  Xorazmiy  tarjima  qilgan  «Xisrav  va  Shirin»  dostonida  arabcha,  forscha 

so‘zlar juda ko‘p ishlatilganki, ularning aksariyati hozir o‘z suzlarimiz bulib ketgan. Ma salan, «nazm», 

«asr»,  «kitob»,  «farmon»,  «jahon»,  «xurram»,  «ishq»,  «doston»,  «san’at»,  «ta’lim»,  «munavvar», 

«jamol»,  «haq»,  «xushnud»,  «maqsud»,  «dil»  va  boshqalar.  Shoir  Qutb  yuksak  badiiy  nafosat  va 

musiqiy lavhalar yaratishda bu suzlarni uz urnida, ustalyk bilan ishlatgan.  

XIV asrda yashab ijod etgan Sayf Saroyi «Guliston»  asarini tarjima qilarkan, u ham «ash’or», 

«ta’rif», «qanoat», «tarbiya», «suhbat», «odob», «sohib jamol», «ustod», «tasvir»,  «ne’mat»,  «quvvat», 

«zafar», «vafo», «oqibat» va boshqa shu kabi arabcha, forscha suzlardan barakali foydalandi. 

Qutb  Xorazmiy,  Sayf  Saroyi,  Haydar  Xorazmiylar  arab,  fors  so‘zlarini  o‘rinsiz 

ishlatmadilar,  ular  ma’lum  bir  me’yorda,  ko‘p  hollarda  ayni  so‘zning  ekvivalenti  O‘zbek  tilida 

bo‘lmagan  taqdirda,  xalqqa  qanchalik  tushunarli  bo‘lishini  hisobga  olgan  holda,  o‘z  tarjimalarida 

ishlatdilar. 

Masalan,  Haydar  Xorazmiy  o‘z  tarjimasida  ishlatgak  arabcha,  forscha  so‘zlarning  hozirgi 

zamonimizda  ham,  aynan  o‘sha  ma’noda  qo‘llanayotganini  ko‘ramiz.  Masalan„  «oqil», «gavhar», 

«ganj», «ranj», «meros», «ayol», «pisand»,. «ma’ni» va boshqalar. 

Alisher Navoiy arab tiliga juda katta baho berib, shunday deb yozgan edi: 

«Barchasidin  arab  tili  fasohat  oyini  bila  mumtoz  vabalog‘at  taz’yini  bila  mo‘’jiza  tirozdurkim, 

hech  takallum  ahlining  munda  da’vosi  yo‘qtur»  («Bu  tillarning  barchasidan  arab  tili  nafislik  bilan 

ajralgan  va  badiiylik  bezagi  bilan  mo‘’jiza  ko‘rsatuvchandirki,  bunda  hech  bir  til  ahllarining  da’vosi 

yo‘q Muhokamatul-lug‘atayn"ning Porso Shamsiev tomonidan soddalashtirilgan tekstidan». 

Navoiy  fors-tojik  xalqi  bilan  O‘zbek  xalqining  bir-biriga  inoq,  azaldan  do‘st-birodar  ekanini, 

o‘zbeklar fors tilini yaxshi ko‘rgani va u tilda so‘zlashganini yozadi: 

«Ammo  turkning  ulug‘din  kichigiga  degincha  va  navkardin  begiga  degincha  sort  tilidan 

bahramanddurlar.  Andoqkim,  o‘z  xurd  ahvolig‘a  ko‘ra  ayta  olurlar,  balki  ba’zi  fasohat  va 

balog‘at  bila  ham  takallum  qilurlar,  Hatto  turk  shuarosikim  forsiy  til  bila  rangin  ash’or  va  shirin 

guftor  zohir    qilurlar».  («Ammo  turkning  kattadan  kichigigacha,  xizmatkoridan  be-gigacha  sart  tilidan 

bahramanddirlar.  Shundayki,  o‘z  tirik-chiliklariga  oid  ahvollar  ustida  so‘zlasha  olurlar,  balki  ba’zilari 

adabiy ravishda so‘zlasha olurlar. Hattoki turk  shoirlari forsi tilida rangdor she’rlar va shirin hikoyalar 

yuzaga chiqara olurlar»). 

 Navoiy  yuqori,  dabdabali uslubda ijod  etganida  arab,  fors  so‘zlarini  ko‘proq  qo‘shadi  va 

ikki  tilni  bir-biriga  chog‘ishtirganda,  jonli  xalq  tilidagi  so‘z,  jumlalarga  katta  o‘rin  berib,  arab, 

fors so‘zlarini kam qo‘llaydi. 

Tarjimonlarning o‘zlari  yozgan so‘z boshida arab, fors,  tojik so‘zlari haddan tashqari 

ko‘p  uchraydi,  chunki  bu  so‘z  boshilar  eski  adabiyotga  xos  ko‘tarinki,  dabdabali  uslubda 

yozilgan bo‘lib, «ulug‘» zotlar, pir -ustozlarining nomlari  tilga  olinadi,  tarjima  ana  shularga 

bag‘ishlanadi yoki hukmdorga madh yoziladi. 

Masalan,  t arj i mon  mulla  Muhammad  Temurning  (XV II  asr)  «Kalila  va  Dimna»  asariga  so‘z 

boshi  yozarkan,  «zamon  umarolari»,  «muktado»,  «komkor»,  «peshvo»,  «murabbiy».,  «sohibi 

kamol»,  «tavfiq»,  «istitoat»,  «salohiya»,  «bahra»,  «shuru’»,  «tu’ma»  va  boshqa  bir  qancha 

arab,  fors  so‘zlarini  ishlatadi.  Lekin  shu  tarjimon  «Kalila  va  Dimna»  dagi  hikoyalarni 

tarjima qilganda ko‘pincha jonli tilga  xos, sodda, asl o‘zbekcha so‘zlarni ko‘p qo‘llaydi.  

Bu  kabi  holni  XIX  asr oxiri,  XX  asr  b oshlarida  ijod  qi l gan  Muni s,  O gahi y,  Sa yqal i y,  

X i romi y,   Ba yo ni y,  R oj i y,  Si ddi qi y,  Almaiy  va  boshqa  tarjimonlar n i n g   a s a r l a r i d a   h a m  

uchr at ami z.  Masal an,  Ogahi y  «Shoh  va  gado»  asariga  yozgan  «Bu  qissa  tarjimasining 

boisi»  degan  so‘z  boshisida  «xiradmand»,  «ov ar»,  «mahzun»,  «mo hi»,  «lutf  karam»,  «sidqi 

ixlos»,  «farrux»,  «jovidon»,  «ko‘shish»,  «bistari  za’f»,  «sarshor»,  «afshon»,  «mujda», 

«iste’jol» kabi arabcha, forscha so‘zlarni ko‘p ishlatgan  bo‘lsa, asl tekstni ancha sodda va 

j onli til bilan tarj ima  qilgan. 

Shuni  ham  aytish  ker akki,  arab,  fors  so‘zlarining  oz  yoki  ko‘p  ishlatilishi  o‘sha 

asarni ng  xar a kt eri ga   va j anri ga ham bog‘liq bo‘lgan.  




 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling