Tadqiqot obyekti bo’lib Pu Sunglingning “ Lyaojay rivoyatlari” to’plamining Pekin tillar institutida xitoy tilida chop etilgan nusxasi hizmat qiladi.
Tadqiqotning metodologik asosi va asosiy ilmiy metodi. G’.Salomov,8 J.Sharipov,9 N.Komilov, N.Otajonov, A.Umarov , Q.Musayev,10 Z.Isomiddinov kabi o’zbek va boshqa qardosh xalqlar tarjimashunoslarining badiiy tarjima, tarjimon mahorati, tarjimada muallif uslubi, tarihiy va milliy koloritning qayta yaratish masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etdi.
Dissertatsiyada asosan qiyosiy metoddan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |