Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 128.12 Kb.
|
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu magistrlik dissertatsiyada xitoy tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan asarlar doirasida dots.M.X.Mahmudxo’jayev va J.T.Ziyamuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan Pu Sunglingning “Lyao Jay rivoyatlari” kitobidan kengroq foydalanildi.
“Lyao Jay Jeyi” rivoyatlari dunyoning ko’p tillariga tarjima qilingan. “G’arb va Rus adabiyoti tarixchilari ham Pu Sungling novellalariga yuqori baho berganlar hamda yozuvchining yuzdan ortiq novellasini g’arb va rus tillariga tarjima qilganlar. G.Djaylz yozuvchining novellalarini “Ming bir kecha” ertaklari bilan tenglashtiradi. Italyan yozuvchisi Di Giura esa Pu Sungling asarlarini tarjima qilib , “Lyaojay jeyi” asarini Xitoyning “Dekameron”i deb atash mumkinligini aytadi.”5 O’zbek tiliga esa, birinchi marotaba dots. M.X. Mahmudxo`jayev hamda f.f.n.dots. J.T.Ziyamuhamedov tomonidan tarjima qilinib nashrga tavsiya etildi. Mazkur kitobning birinchi va ikkinchi qismlarida berilayotgan Pu Sunglingning 112 betdan tashkil topgan 19 ta rivoyati 1984 yili Pekin tillar instituti tomonidan tayyorlanib, chop etilgan “Lyao Jay rivoyatlari” kitobidan tarjima qilindi. Pu Sunglingning asarlari xalq orasida folklor sifatida tarqalgan afsona, shuningdek rivoyatlarga asoslangan. U afsona va rivoyatlar yozuvchining qalamiga tushgandan so’ng zamon talabiga mos ravishda sayqallanib, badiiy tus olgan. Shu sababli, uning o’ziga “Lyao Jay” deb tahallus qo’yishi bejiz emas. Chunki bu ism xitoy tilida “suhbatxona” yoki “nonushta vaqtidagi suhbat” ma’nolarini anglatadi.6 Yozuvchi o’zining har bir asarini ko’p izlanishlar jarayonida mexnatkash omma bilan suhbatlashish va unga ijodiy yondashishlar orqali yaratgan. “Pu Sungling asarlari orasida yorqin ko’zga tashlangani bu “Lyaojay Jeyi”, ya’ni “Lyaojayning rivoyatlari” nomli asaridir. Bu asar 16 jilddan iborat bo’lib , 491 hikoyani o’z ichiga olgan va birinchi marotaba 1766 yilda chop etilgan.”7 Pu Sunglingning “Lyaojay rivoyatlari” to’plami hozirda xitoy tilidan tarjima qilingan asarlar ichida eng yangisi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu asarni magistrlik dissertatsiyasi uchun qisman bo’lsa-da mavzu qilib tanladik. Ushbu asar tarjimasi qiyosiy jihatdan ilk bora o’rganilmoqda.
Download 128.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling