Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
II BOB. TARJIMADA TARIXIY MILLIY MUHITNI
Download 128.12 Kb.
|
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyao Jay rivoyatlari”
II BOB. TARJIMADA TARIXIY MILLIY MUHITNI
QAYTA YARATISH Tarixiy so’zlar tarjimasida milliy kolorit Avvalambor, “ Kolorit” terminining kelib chiqishi xaqida tilshunos olimlar fikrlarini ko’rib chiqamiz. Xar doim xam olimlar fikrlari bir biriga mutanosib kelavermaydi. Xususan G’ . Salomovning “ Tarjima nazariyasi asoslari”44 kitobida kolorit termini xaqida turlicha muloxazalar taqdim etilgan. Unga ko’ra O. Usmonov va R. Doniyorovlar talqinida kolorit terminini bo’yoq, rang , ma’nosini anglatib lotincha color , italiyancha colorito so’zi orqali rus tiliga, u tildan bevosita o’zbek tiliga kirib kelgan. Tilshunos olima O.S. Axmanova esa bu inglizcha color(ing) so’zidan olingan degan ma’lumotni bergan. Shuningdek G’. Salomov ushbu terminni nafaqat tilshunoslik, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o’rgangan, balki ushbu terminning san’at, musiqa va shu qatorda rassomchilikka ham xosligini ochib bergan. Ma’lumki, badiiy tarjimachilikda milliy kolorit tushunchasi bizga begona, noma’lum bo’lgan xalq, elat hayot tarzi, urf- odatlari , umuman olganda, milliyligi tushuniladi. Ushbu tadqiqotda “Lyao Jay rivoyatlari” asarida keng ifodasini topgan barcha bizga yot bo’lgan, xitoy xalqining xayot tarziga tegishli marosimlar, yeguliklar, kiyim-kechak va boshqalarning o’zbekcha tarjimada berilishi o’rganiladi. “Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan tushunchalar xos so’zlar deyiladi. Muayyan bir xalq, millat va elatga xos tushuncha, narsa va xodisalarni aks ettiradigan so’zlar badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan xisoblanadi. Asarning milliy xususiyati asosan leksik va frazeologik birliklar yordamida yaratiladi”45 “ Lyao Jay rivoyatlari “ (“ Pu Sungling” ) asarining qiyosiy taxlili jaroyonida, asar tarjimasida milliy koloritga oid so’zlarni transliteratsiya va muqobil variant bilan o’girilganligining shohidi bo’ldik. Ushbu jarayonda ba’zi bir tushunchalarning xalqimiz tiliga singib ketganligi sababli ularga izohning hojati yo’qligiga amin bo’ldik. Shuningdek, ba’zi bir tushunchalar izohli tarjima bilan keltirilgan, ba’zilari esa matn osti havolasida tushuntirib ketilgan. Ammo ba’zi bir tushunchalar izohsiz qolganligi sababli o’zbek kitobxoniga tushunarsiz bo’lib qolgan deb xisoblaymiz. Tarjima tilida goho asliyatdagi til vositalari ma’nolariga ma’lum darajada yaqinroq mazmunli birliklar uchrasa-da, ular o’zlarining shartli muqobillaridan yo xislat-hususiyat yoki shakl- hajm-miqdor jihatlaridan farqlanadilar va bu tafovut ularning tarjimada o’zaro almashinuviga yo’l qo’ymaydi. Masalan, asliyat mansub bo’lgan xalqqa hos pul hamda masofa-uzunlik birliklari, ro’zg’or ashyolari, kiyim – kechak, yegulik – ichkilik kabi ko’pgina tushunchalarni bildiruvchi so’zlarni transliteratsiya yo’li bilan talqin etish asarda aks etgan o’ziga hos muhit va sharoitning kitobhon ko’z oldida ochiq oydin jonlanishni ta’minlaydi. Milliy xos so’zlarning transliteratsiya yo’li bilan tarjimada berilishining asosiy sababi – asliyatda qo’llanilgan milliy xususiyatli til vositalarining tarjima tilida mavjud bo’lmaganligidir. Shu sababli ushbu asar tarjimasi davomida uchragan milliy koloritni aks ettiradigan milliy xos so’zlar tahlil qilindi. Har bir badiiy yodgorlik muayyan bir davrda sodir bo’lgan voqea- hodisalarni tasvirlaydi . Shunga ko’ra , tarixiy mavzuda bitilgan asar hozirgi zamon kitobxonini xalq hayotining tarixi bilan tanishtiradi. Asliyat yaratilgan davr tarjima amalga oshirilgan paytdan , odatda , ma’lum darajada farq qiladi. Shuning uchun ham asliyat ruhini to’la to’kis qayta yaratish mas’uliyati tarjimondan zarur til vositalarini to’g’ri tanlash yo’li bilan asliyat vujudga kelgan davr hususiyatini qayta yaratishni talab etadi. Shu bilan birga , tarjima amalga oshirilgan davr kitobxonga yaqin, tushunarli bo’lishi lozim. Chunki tarjimon asarni o’z davri kitobxoni mutolaasi uchun o’giradi . Bir so’z bilan aytganda , tarjimada shunday lisoniy vositalardan foydalanish kerakki , hosil bo’lgan matn kitobxonga yaxshi tushunarli bo’lsin va shu bilan birga , asarda tasvirlangan davr uning ko’z oldida jonlanib tursin46. Pu Sunglingning “Lyao Jay rivoyatlari” asarida tadqiqot uchun maqsad va vazifa qilingan omillarning barchasi mavjud . Yuqorida Lyao Jayning hayoti, ijodi hamda xitoy adabiyotida tutgan o’rnini o’rgangan bo’lsak, ushbu bobda tarixiy so’zlar va frazeologizmga oid tushunchalar tahlilini amalga oshiramiz. Tarixiy leksika ham milliy koloritning bir bo’g’imi , shu sababli ushbu bobda yozuvchi tasvirlagan davr ruhini tarjimada qayta yaralganda qay darajada saqlanib qolinganligini tahlil qilamiz . Tarixiy tushunchalarning tahlili juda murakkab va mashaqqatli ish bo’lib, bu yerda keskin xulosa chiqarib bo’lmaydi. Misol tariqasida bir qancha jumlalar tarjimasi tahlilini ko’rib chiqamiz.
Download 128.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling