Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining o’rganganlig darajasi


Download 113.14 Kb.
bet2/12
Sana13.05.2023
Hajmi113.14 Kb.
#1456088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 bob

Bitiruv malakaviy ishining o’rganganlig darajasi. Bitiruv malakaviy ishini yoritishda Sharq va G‘arb olimlari va mutaxassislarining ilmiy adabiyotlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilindi. Shu jihatdan, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar muammoning u yoki bu jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Jumladan, bitiruv malakaviy ishida Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlada Mirsaidov Mirziyodning ”Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ilmiy qo’llanmasidan foydalanildi. Unda Saudiya Arabistoning tarixi tashqi siyosati va savdo munosabatlari masalalari haqida atroflicha tadqiq etiladi. Shu bilan birgalikda, Saudiya va Turkiya o’rtasidagi siyosiy va savdo iqtisodiy munosabatlarda o‘zbek olimlaridan Sh.Ikromov, M.M Muhammadsiddiqov S.Inog’omov , M.Mirsaidov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar muhim o‘rin egallaydi.
Ta’kidlash joizki, Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda asosan xorijiy Sharq olimlari hamda rus olimlarining tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Xususan ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yoritishda Go’khan Egeli qalamiga mansub “ Turkiya-Saudiya Arabistoni munosabatlarida yangi davr”, Salmon Martinezning ”Saudiya Arabstoni tashqi siyosati” Я. Кобринской ning ”zamonaviy Turkiya rivojlanish tendansiyalari va ahamiyati nomli kitoblari muhim rol o‘ynaydi. Mazkur kitoblarda Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosati haqida arxiv materiallari, tarixiy hujjatlar va boshqa qiziqarli adabiyotlar asosida batafsil ma’lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, Karol Bieniek, Valentine, Simon Ross, Adam Augustyn, Ralf Peters va boshqa olimlarning ilmiy ishlari ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarini o‘rganishda yaqindan yordam beradi.
Umuman olganda, Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasidagi hozirgi vaqtda yaxshilanayotgan siyosiy munosabatlarni yaxshiroq o’rganishni taqazo etadi.


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Turkiya va Saudiya Arabistoni muammosini o‘rganish mavzuning maqsadi hisoblanadi. Turkiya va Saudiya Arabistoni hozirgi zamon jahon siyosati va xalqaro munosabatlar tizimida o’z ’rniga ega bo’lishni ta’minlash borasida olib borayotgan tashqi siyosati va ikki davlat tomonidan o’rnatilayotgan munosabatlarni o’rganish va asosiy mohiyatini yoritib berish. Malakaviy ishning maqsadiga kerakli darajada erishish uchun quyidagilar tadqiqot vazifalari qilib olingan.

  • Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasidagi savdo munosabatlarini o‘rganish;

  • Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy aloqalarni qayta tiklanishi;

  • Ikki davlat o‘rtasidagi savdo – iqtisodiy shartnomalar




Download 113.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling