O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI,
SIYOSATI VA TURIZM FAKULTETI
JAHON SIYOSATI YO’NALISHI
BITIRUB MALAKAVIY ISHI
MAVZU: Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi siyosiy va savdo- iqtisodiy munosabatlar
5120700- Jahon siyosati
BAJARDI: Jahon siyosati ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi
Bo‘ronboyev Samandarjon Odiljon o’g’li
Ilmiy rahbar: “Sharq mamlakatlari va xalqaro munosabatlar”
kafedrasi katta o‘qituvchisi, s.f.f.d. (PhD) Suhrob Bo‘ronov
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….
1-BOB. TASHQI SIYOSAT TUSHUNCHASINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY VA USLUBIY JIHATLARI………………………………………………………………………
Tashqi siyosat tushunchasiga doir nazariy yondashuvlar………...........................................
Saudiya Arabistoni va Turkiya Tashqi siyosatining shakillanish bosqichlari………………
2-Bob. Turkiya va Saudiya Arabistoni siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati ………………….……………………………………………………….…….
2.1 Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida siyosiy va savdo - iqtisodiy munosabatlar………..
2.2 Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi muammolar ……...…………………………….
2.3 Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hamkorlik aloqalari va istiqbollari …………………………........................................................................
XULOSA………………………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………...
KIRISH
Mavzuning dorzabligi. Hozirgi davr xalqaro munosabatlardagi Turkiya va Saudiya Arabistoni davlatlarining o’rni va mavqei ortib bormoqda. Shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasidagi roli va bu mintaqadagi ikki davlatning bir biri bilan o’zaro aloqalari eng dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasidagi tashqi siyosatida ma’lum darajada muammolar mavjud. Shu bilan bir qatorda davlatlar tashqi siyosatida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlamay turib jahondagi xavfsizlikka, barqarorlik va tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich takidlab o’tganlaridek, “Butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelyotgan, terorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda doimo hushyor va ogoh bo’lish, mamlakatimizning mudofa qobilyatini, Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini har tomonlamamustahkamlash – xavfsizlik va barqarorlikni hamda xalqimizning osoyishta hayotini ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir. Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” 1 Bitiruv malakaviy ish mavzusining aynan Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlariga oidligi yuqoridagi o‘ta muhim omillar bilan bog‘liq.Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi omillar asosan Yaqin Sharq mintaqasidagi davlatlar o’rtasidagi mintaqaviy yetakchilikuchun kurashning mavjudligi hamda, energiya resurslariga bo’lgan talabning yuqoriligi bo’lgan intilishda deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |