Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


Download 110.75 Kb.
bet3/11
Sana09.02.2023
Hajmi110.75 Kb.
#1182323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“XV asrda Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik (2)

Kurs ishining obyekti. Tadqiqot ob‘ektiga Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlar davrida Temuriylar davrining siyosiy hayotini aks ettirib bergan barcha birinchi darajali manbalar hamda ushbu davrda yashagan tarixchilarning voqea, hodisaga yondoshuvlari, Temuriylarning XIV-XV asrlar davri siyosiy hayoti va ularning boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlari va tashqi siyosati toʻgʻrisidagi ma’limotlarni tadqiq qilishdir.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari. Mavzu tadqiqotini olib borish jarayonida Amir Temur va Temuriylar davlatining diplomatiyasi va tashqi siyosati asosan nimalarga e’tibor berganligi va ularning natijalariu xususida alohida toʻxtalib oʻtilgan, tarixiy voqea-hodisalarga ob‘ektivlik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintezlash, xronologik, milliylik hamda umuminsoniylik tamoyillari, milliy istiqlol gʻoyasiga tayanshga alohida e‘tibor berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq”11 hamda “Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch”12 kabi asarlari, Oʻzbekistonda tarix fani oldida turgan dolzarb muammo va vazifalar haqidagi xulosa va tavsiyalari hamda yana koʻplab xorijiy va oʻzimizning tarixiy asarlarda keng oʻrganildi va foydalanildi va bu asarlarning tarixga qay darajada toʻgʻri kelishi va ilmiyligiga ham alohida e’tibor berilib oʻrganildi.Asosan xorjiy mamlakatlarning elchilari va tarixchilari qoldirgan manbalarda ham koʻplab ma’lumotlar berib oʻtilgan. Bu asarlardan ham foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi va ahamiyati. Ishning nazariy ahamiyati shundan iboratki buyuk ajdodimiz Amir Temur va Temuriylarning mohirona diplomatiyasi va jahonda tutgan oʻrni shuningdek tashqi siyosatini oʻrganish va bizga yetib kelinmagan xorijiy va mahalliy qoʻlyozmalar va tarixiy asarlarni yanada chuqurroq oʻrganish va tahlil etishdir. Temuriylarning diplomatiyasi va ular bu diplomatiyasi orqali qoʻlga kiritgan yutuqlari va jahonda tutgan oʻrnini ochib berishga ham alohida e’tibor berildi ushbu kurs ishida.
Temuriylar davri tashqi siyosatining qoʻlga kiritgan yutuqlari va tajribalarini qay darajda oʻrganilganligini ham va oʻrganilmay kelayotgan jihatlarni ham ochib berishga harakat qildim. Kurs ishi mavzusi natijasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar tarixshunoslik fanining keyingi tadqiqotlarida muhim nazariy ahamiyatga egadir. Amaliy ahamiyati shundaki qoʻlga kiritilgan yutuqlardan oliy oʻquv yurtlarida, ijtimoiy fanlarni oʻqitishda xususan, yurtimiz oliy oʻquv yurtlarining tarix fakultetlari manbashunoslik va tarixshunoslik yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar oʻz ma‘ruzalarida, uslubiy qoʻllanmalar tayyorlashda, magistr va talabalar esa rivojlangan oʻrta asrlar davri Markaziy Osiyo siyosiy hayoti tarixini oʻrganayotganda ushbu kurs ishi natijalaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek akademik litseylarning tarix faniga ixtisoslashgan guruh talabalari, tarix fani oʻqituvchilari foydalanishlari mumkin.

Download 110.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling