Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


Download 110.75 Kb.
bet4/11
Sana09.02.2023
Hajmi110.75 Kb.
#1182323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“XV asrda Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik (2)

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Kirish qismida, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, oʻrganilganlik darajasi, mavzuning ilmiy ahamiyati kabi masalalar yoritilgan.

I.BOB.XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi
1.1. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlarining tarixiy manbalarda aks ettirilishi
Dunyoning turli mamlakatlarida taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar va adiblar oʻz ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan, Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qoʻshgan munosib ulushini yuksak eʼtirof etib keladi. Haqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron oʻz poytaxti boʻlmish Samarqandni yer yuzining madaniy-meʼmoriy va ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biriga aylantirgan. Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda eʼtirof etilganidek, Amir Temur tarixda oʻz davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida oʻz maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yoʻli va harbiy tadbirlarni mohirona qoʻshib olib borgan.Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat oʻsha davrdan boshlab nafaqat qoʻshni mamlakatlar va ularning podsholarini, balki uzoq yurtlar hukmdorlarini ham oʻziga jalb etib kelgan13.
Tarixiy hujjatlar dalolat berishicha, XIV asrning 70-yillaridanoq Yevropa davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi, mustaqil davlatning qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar. Sohibqiron ham, oʻz navbatida, ayniqsa, qudratli saltanat shakllangach, oʻsha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqa oʻrnatgan. Turli davlatlarga oʻz elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga yoʻllangan xorij elchilarini qabul qilgan.Amir Temur Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III (ayrim manbalarda – Ispaniya qiroli Genrix III), Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda – Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroyiga elchilar yuborgani, oʻz navbatida, ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator – jami 20 dan ortiq xorijiy davlat elchilarini oʻz poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.Amir Temur diplomatiyasining oʻziga xos tomonlaridan biri – u oʻzining barcha murojaatlarida, hatto qatʼiy talab shaklida yozilgan nomalarida ham Sharq diplomatiyasi etiketlariga rioya qilgan. Ayrim yurtlar xukmdorlarining qoʻpol shaklda, baʼzi hollarda jahl va jaholat bilan yozilgan nomalariga ham Sohibqiron hamma vaqt oʻz fikrini aniq bayon qilgan holda madaniyat va odob bilan javob qilganini oʻsha davrlardan meros boʻlib qolgan tarixiy xatlar orqali bilib olish qiyin emas.14
Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl VI ga yoʻllagan maktubida “Salom va tinchlik eʼlon qilaman!”, degan soʻzlar bitilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shu oʻrinda Fransiyada Amir Temur shaxsiga boʻlgan katta qiziqish haqida toʻxtalib oʻtsak. Fransuz sharqshunoslari Sohibqiron va u asos solgan buyuk sulola tarixini yoritishda faqat harbiy yurishlar va amalga oshirilgai ishlar solnomasini tuzish bilan cheklanmasdan, oʻsha davr ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-mafkuraviy muhitini hamda Amir Temurga va uning avlodlariga xos sof insoniy fazilatlarni, ularning davlat, jamiyat, din va ilm-fanga boʻlgan munosabatini ham atroflicha tadqiq qilishga alohida eʼtibor beradilar15.
Fransuz sharqshunoslarining Amir Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganish miqyosi keng boʻlib, ular oʻsha davr boshqaruv va harbiy tizimini, madaniyati, dini, falsafasi va ilmiy tafakkurini atroflicha yoritadi. Sanʼat va meʼmorchilik fransuz olimlari uchun alohida va doimiy qiziqish mavusidir. Temuriylar Uygʻonish davriga bagʻishlab ular yozgan asarlar, oʻtkazgan ilmiy anjumanlar va koʻrgazmalar shundan dalolat beradi. Sohibqiron Amir Temur dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi.
Avvalambor Boyaziddan yengilib, o`z yer va mulklaridan mahrum bo`lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G`alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi.
O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar.16 Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o`z kundalik daftarida qayd qilib o`tadi.Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o`rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa G`alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o`z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi.
Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo`llab- quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo`shini ustidan qozonilgan buyuk g`alabadan so`ng Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan bo`lgan aloqalarining mazmuni tubdan o`zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo-sotiq aloqalarini yo`lga qo`yish kabi masalalarga ahamiyat beradi. Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo`lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan maktubida bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi. Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Shu sababli G`arbda Mironshoh tez orada katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi.Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo`shinining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o`z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor va zo`r hurmat ko`rsatadilar.

Download 110.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling