Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
Abdurazzoq Samarqandiy oʻzining “Matalis’dayin” asarida shunday yozgan
Download 110.75 Kb.
|
“XV asrda Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik (2)
Abdurazzoq Samarqandiy oʻzining “Matalis’dayin” asarida shunday yozgan:
“Shu orada Xitoy viloyatidan, u mamlakatning Chinu Mochin va boshqa yerlarning podshohi Doy-Ming xon tomonidan elchilar yetib keldi. Xoqoni Said (ya’ni Shohruh Mirzo) “shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir san’at egasi oʻz hunarini toʻla zohir qilib, doʻkonini bezatsin”, degan humoyin farmon berdi”. Shuningdek, Shohruh davrida Misr va Suriyada hukmronlik qilayotgan mamluklar davlati, Old Osiyodagi Usmoniylar imperiyasi bilan ham oʻzaro doʻstona munosabatlar yoʻlga qoʻyilgan. Tarixchi Hofizi Abroʻ oʻzining “Zubdat at-tavorix” asarida Shohruhning Misr podshosiga elchi yuborib, 1444-1445 yillarda Shayx Nuriddin Murshidiy boshchiligida Makkaga Ka’ba ustiga yopingʻich – ka’bapoʻsh joʻnatganligini qayd etgan. Shohruh Mirzo Usmoniylar sultoni Muhammad Chalabiyga (1402-1421) maktub yoʻllaydi. Bu nomada Shohruh, agar Qora Yusufni Usmoniylar mamlakatida koʻrgudek boʻlsa, uni temuriylar saroyiga joʻnatib yuborishini soʻraydi. Bu maktubga javoban Usmoniylar sultoni Qora Yusufni, albatta, temuriylar saroyiga yuborishini aytadi. Oʻtmishda oʻtgan tarixchilar Shohruh Mirzoni tabiatan oliyjanob hukmdor, ilm-fanga moyil ma’rifatparvar davlat arbobi, deb tariflashgan. U hokimiyat tepasiga kelgach, Eronda ham, Turonda ham bir necha oʻn yillik davomida tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Uning davrida temuriylar saltanatining poytaxti Hirotga koʻchiriladi. Hirot shahri Sharqning eng koʻrkam va madaniy rivoj topgan shaharlaridan biriga aylanadi. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Temuriylar saltanatida Uygʻonish davri davom etib, mamlakatda san’at va fan gullab-yashnaydi17. Shohruh Mirzo inson sifatida yumshoq tabiatli boʻlganligi tufayli xotini Gavharshod begim saltanat boshqaruviga aralashib turgan. Shu sababdan boʻlsa kerak, Shohruh Mirzo umrining oxiriga qadar oʻz oʻrniga valiahd tayinlash masalasida bir qarorga kela olmagan. Shohruhning keksayishi bilan toju-taxt uchun yana temuriy shahzodalar oʻrtasida zimdan kurash paydo boʻla boshlaydi. Ulugʻbekning onasi Gavharshod begim siyosiy ishlarga faol aralashib, u asosan nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida koʻrishni istar edi. Taxt uchun boshlangan kurash, ayniqsa, 1444 yil Shohruh Mirzo xasta boʻlib qolganida avj oladi. Shohruhning betobligidan foydalangan Fors va Iroq noibi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Shohruh Mirzo bu isyonni bostirib, ortga qaytayotganda 1447 yil 12 mart kuni Eronning shimolidagi Ray viloyatida vafot etadi. Shohruhning oʻlimi Xuroson va Movarounnahrda oʻzaro temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurashning boshlanishiga sabab boʻladi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik domiga tortiladi. Download 110.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling