Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati yo


Sodda gaplarda gaplarda nibatlarning qo’llanishi


Download 38.16 Kb.
bet8/10
Sana22.04.2023
Hajmi38.16 Kb.
#1379153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sodda gaplar

Sodda gaplarda gaplarda nibatlarning qo’llanishi
Yuqoridagi gaplar bir-biridan gap tarkibidagi bevosita ish-harakatbajaruvchisining ifodalangan yoki ifodalanmagani bilan farq qiladi.Birinchi gapda “qurmoq” ish-harakati “quruvchilar” tomonidan bajarilganianiq ifodalangan, ya’ni gapning mantiqiy va grammatik egasi bir-birigamos tushadi. Ikkinchi gapda esa ish-harakatning bevosita (mantiqjihatidan) bajaruvchisi ifodalanmagan. Lekin grammatik tahlil kesim“qurib bitkazildi” va ega “imorat” ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni gapningmantiqiy va grammatik egalari bir-biriga mos tushmaydi. Mantiqiy ega –quruvchilar, grammatik ega – imorat.
Birinchi gapda ifodalangan holat, ya’ni ish-harakatning bevositabajaruvchisi aniq ko‘rinib turgan holat fe’lning aniq nisbati deb ataladi.Ikkinchi gapdagi holatda esa, ish-harakatning bajaruvchisi eganiifodalamay, mazkur ish-harakatning ob’ekti gapda ega vazifasini bajarsa,gapning kesimi fe’lning majhul nisbatida qo‘yiladi.
Fors tilida fe’lning aniq nisbati maxsus usul orqali yasalmaydi.Aksariyat fe’llar o’z lug‘at ko‘rinishida aniq nisbatga ega bo‘ladi.Fe’lning majhul nisbati esa maxsus usul yordamida yasaladi. Avvalshuni qayd etish lozimki, majhul nisbat shakli faqat o‘timli fe’llardanyasalishi mumkin. Buning uchun o‘timli fe’lning o‘tgan zamon sifatdoshishakliga - شدنbo‘lmoq, emoq, aylanmoq (bir holatdan ikkinchi holatgao‘tmoq) yordamchi fe’li qo‘shiladi:نوشتنnaveštan - yozmoq → نوشته شدنnaveste šodan – yozilmoq;ساختنsāxtan - qurmoq → ساخته شدنsāxte šodan - qurilmoq vashu kabilar.
Majhul nisbatdagi fe’lning bo’lishsiz shakli ko’makchi fe’l شدنsodan oldiga نه na inkor yuklamasini qo’shish orqali hosil qilinadi. Masalan: نامه فرستاده نشدnome ferestode nasho’d – Xat yuborilmadi.
Majhul nisbatdagi fe’lning bo’lishsiz shaklida urg’u yetakchi fe’lning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Masalan: نوشته شد naveshte sho’d – yozildi.
Agar ko’makchi fe’l می mi – old qo’shimchasini olgan bo’lsa yoxud شدن sho’dan ko’makchi fe’li sifatdosh shaklida kelsa, urg’u ikkita bo’lib, birinchi urg’u yetakchi fe’lga va ikkinchi urg’u sifatdosh shaklidagi ko’makchi fe’l oxiriga yoki می mi – old qo’shimchasiga tushadi. Masalan: نوشته شده بود naveshte sho’de bud – yozilgan edi.
نوشته شده است naveshte sho’de ast – yozilgandir.
نوشته میشود naveshte mishavad – yoziladi.
نوشته میشد naveshte misho’d – yozilardi.
Majhul bisbatdagi fe’lning bo’lishsiz shaklida urg’u ikkita bo’lib, birinchi urg’u yetakchi fe’l oxiriga va ikkinchi urg’u نهna inkor yuklamasiga tushadi. Masalan:
اورده نشدovarde nasho’d – keltirilmadi.
اورده نشده بودovarde nasho’de bud – keltirilmagan edi.
Kesimi majhul nisbat bilan ifodalangan gapda Grammatik ega ish-harakatni bildiruvchi shaxsni bildirmay, balki boshqa shaxs orqali bajarilgan harakatni o’ziga qabul qiluvchi obyektni bildiradi. Masalan, مقاله نوشته شدmaqole naveshte sho’d misolida asosiy diqqat subyektga emas, obyektga qaratilgandir. Bunda harakatni bajaruvchi subyekt noma’lum bo’lib, subyekt tomonidan bajarilgan harakatni qabul qilgan obyekt - مقالهso’zi Grammatik ega vazifasida kelgan. Misollar:
این عمارتهای بزرگ و قشنگ طی سالهای اخیر ساخته شده است.In emorathoye bo’zo’rg va qashang tey-e solho-ye axir soxte sho’de ast – Bu muxtasham va chiroyli imoratlar oxirgi yillarda qurilgandir.
این نسخه ی خطی آنقدر روان نوشته شده بود که من آنرا به آسانی خواندم. in no 'sxe-ye xatti onqadr ravon naveshte sho ‘de bud ke man onro be osoni xondam - Bu qo’lyozma shu qadar ravon yozilgan ediki, menuni osonlik bilan o’qidim.

Kesimi majhul nisbatdagi fe’llardan iborat bo‘lgan gaplardaharakatni bildiruvchi shaxsni ko‘rsatish lozim bo‘ lsa, harakatningbajaruvchisiاز طرف az taraf-e(tomonidan),به وسیله be vasile-ye, به واسطه be vosete-ye, توسطtavasso’t-e(orqali, vositasi bilan, bilan)kabi murakkab predloglar orqali birikib keladi. Bu xildagi gaplardaharakat obyekti ega vazifasini o'taydi. Harakat subyekti murakkabpredlog bilan birikib, to’ldiruvchi vazifasida va majhul nisbatdagife’l esa kesim vazifasida keladi. Misollar:
داستان گرداب از طرف صادق هدایت نوشته شده است.doston-e gerdob az taraf-e sodeq hedoyat naveshte sho ‘de ast - “Gerdob” romani Sodiq Hidoyat tomonidan yozilgandir.
مهمانان خارجی دیروز از طرف وزیر امور خارجی یذیرفته شدند.mehmonon-exoreji diruz az taraf-e vazir-e o ‘mur-e xoreji pazirofte sho‘dand -Chet ellik mehmonlar kecha Tashqi ishlar vaziri tomonidan qabulqilindilar.8

Download 38.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling