Shaxsi noaniq gapning kesmi quydagicha ifodalanadi.
1.Aniqlik mayli formalari bilan. Masalan: Yoshlik xotirasini yozilmagan oq
varoq deyiladi. (Shuxrat). Bu yigitni muncha qiynashadi.
2.Buyruq istak maylining 3-shaxs formasi bilan. Masalan: Sen borib xabar ber,
yana bizni qidirib yurishmasin.
3.Shart istak maylining 3-shaxs formasi bilan: Kitob ёg'ochmidiki, uni tesha
bilan chopsa (X.G)
Bu gaplarning hammasida ham bosh bo'lak 3-shaxs formasidagi fe'l bilan
ifodalangan. Lekin ularda harakatni bajaruvchi shaxs noma'lum. Bunday
konstruksiyali gaplarda diqqat harakatga qaratilgan. Bularda ega tushirilgan
deb bo'lmaydi.
Shaxsi noaniq gaplar shaxsi aniq gaplarga qaraganda kam qo'llaniladi.
Bu tip gaplar ilmiy adabiyotlarda qo'llanilmaydi.
Shaxsi umumlashgan gap.
Kesim fe'l bilan ifodalanib, mazmunan umumga qaratilgan bir sostavli
gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi.
So'zlovchi bu tip gaplarni qo'llash bilan o'z xabariga nasixat, xikmatli so'z
xarakterini beradi, ibora qilinayotgan xarakatning tipikligini ta'kidlaydi. Bunda
umumga qaratilgan xayotiy xulosalar, uzoq asrlik xayotiy tajribalar, umumiy
qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan muloxazalar ifoda qilinadi.
Shaxsi umumlashgan gaplarning kesmi ko'pincha buyruq maylining 2-
shaxs formasi bilan ifodalanadi.
Maqollar ko'proq shaxsi umumlashgan gap shaklida bo'ladi:
Salobatli bo'lma,sabotli bo'l. Yetti o'lchab bir kes. Bugungi ishni ertaga
qoldirma, kabilar. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ba'zan
birinchi shaxsning ko'plik formasida bo'lishi xam mumkin . Masalan: Tinchlk
uchun kurashaylik!
Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi - kesim quydagicha ifodalanadi:
1. Aniq maylidagi fe'l formalari bilan: Xayajondan nima deyishga so'z
xam topolmay qolar ekansan.
2. Buyruq-istak mayli formalari bilan: Burinni ayasang,seni talaydi.
Shaxsi umumlashgan gaplarda xarakat hammaga qaratilgan. Unda
zamon xam umumiy bo'ladi. Bu jixatdan bunday gaplarda shaxs va
zamon tushinchasini bir-biridan ajiratib bo'lmaydi. Shuning uchun xam
shaxsi umumlashgan gaplarning shaxsini xam, zamonini xam o'zgartirib
bo'lmaydi. Agar o'zgartirilsa, gap tipi xam o'zgaradi. Shaxsi
umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kirish gaplar, modal so'zlar
ishtirok etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |