Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati yo


\ Yoyiq va sodda gaplarning o’zaro farqli jihatlari


Download 38.16 Kb.
bet9/10
Sana22.04.2023
Hajmi38.16 Kb.
#1379153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sodda gaplar

\
Yoyiq va sodda gaplarning o’zaro farqli jihatlari
Fors tilida orttirma nisbat ham o`timli va ham o`timsiz fe’llardan yasalishi mumkin.

  1. O`timsiz fe’llardan o`timli ma’noga ega bo`lgan fe’l hosil qilinadi. Bunday o`timli ma’nodagi fe’llar odatda را ko`makchisi olgan vositasiz to`ldiruvchini talab qiladi9. Masalan:

سلام ترا به او رساندم. Salom-e to`ro be u rasondam. Sening salomingni unga yetkazdim.
من روز تعطیل را با خواندن کتاب گذراندم. Man ruz-e ta’tilro bo xondan-e ketob go`zarondam. Men dam olish kunini kitob o`qish bilan o`tkazdim.

  1. O`timli fe’llardan esa yana o`timsiz fe’l hosil qilish bilan birga, ish-harakatni boshqa subyektga bajartirish, majbur qilish kabi ma’nolarni anglatuvchi fe’l yasaladi. Bu xildagi o`timli fe’llar ikkita to`ldiruvchi talab qilib, biri vositasiz to`ldiruvchi va ikkinchisi به be predlogi olgan vositali to`ldiruvchidan iborat bo`ladi. Masalan:

او به برادر کوچکش غذا می خوراند. U be barodar-e kuchekash g`azo mixo`rand. U ukasiga ovqat yegizyapti.
چون هوا سرد بهود مادر به پسرش لباس زمستانی پوشاند. Chun havo sard bud modar be pesarash lebos-e zemestoni pushond. Havo sovuq bo`lgani uchun, ona bolasiga qishki, kiyim kiygizdi.
Yoyiq sodda gapdagi so`z tarkibi quyidagicha tasnif etish mumkin10:

  1. Ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim:

دانشجو نامه می نویسد. Doneshju nome minavisad. Talaba xat yozyapti.

  1. Agar gapda ham vositali, ham vositasiz to`ldiruvchi bo`lsa: a) را ko`makchisi bilan kelgan vositasiz to`ldiruvchi vositali to`diruvchdan avval; b) را ro ko`makchisiz kelgan vositasiz to`ldiruvchi vositali to`ldiruvchidan keyin keladi:

دانشجو نامه را به دوستش نوشت. Talaba xatni do`stiga yozdi.
دانشجو به دوستش نامه نوشت. Talaba do`stiga xat yozdi.

  1. Payt yoki o`rin holi, ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim11:

دیروز دانشجو سر درس نیامد Diruz doneshju sar-e dars nayomad. Kecha talaba darsga kelmadi.
در دانشکده دانشجویان جمع شدند. Dar doneshkade doneshjuyon jam’ sho`dand. Fakultetda talabalar yig`ilishdi.

  1. Payt holi, o`rin holi, ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim:

دیروز در دانشکده دانشجویان جمع شدند. Diruz dar doneshkade doneshjuyon jam’ sho`dand.

  1. Ega va to`ldiruvchilarning o`z aniqlovchilari ham bo`lishi mumkin. Bunda izofali so`z birikmasidagi tartib butunlay saqlanadi.

در دانشکده خاورشنسی دانشجویان شعبه ی ایرانی جمع شدند. Dar doneshkade-ye xovarshenosi doneshjuyon-e sho`be-ye ironi jam’ sho`dand. Sharqshunoslik fakultetida Eron bo`limining talabalari yig`ilishdi.
To`ldiruvchi ergash gap bosh gapning kesimini to`ldirib keladi. To`ldiruvchi ergash gap odatda bosh gapdan keyin kelib, u bilan که ke , ergashtiruvchi bog`lovchisi orqali bog`lanadi12. Masalan:
همه می دانند که جمهوری ازبکستان طرفدار صلح پایدار است. Hame midonand ke jo`mhuri-ye o`zbekiston tarafdor-e so`lh-e poydor ast. Hamma biladiki, O`zbekiston Respublikasi mustahkam tinchlik tarafdoridir.
معلوم شد او دیروز ناخوش نبود. Ma’lum sho`d ke u diruz noxo`sh nabud. Ma’lum bo’ldiku, u kecha kasal bo`lmagan.
Umuman, to`ldiruvchi sodda gap tarkibida ishtirok etsa, kesimni to`ldiradi, ya’ni o`sha ish- harakatning nimaga yo1nalganligini, nima vositasida bajarilganligini yoki bajarilishini bildiradi.
Xuddi shuningdek, to`ldiruvchi ergash gap ham bosh gapdagi kesimni shunday usulda to`ldiradi.
To`ldiruvchi ergash gap umumiy kimni? Nimani? Nima? So`roqlariga javob bo`ladi13.
من می دانم که شما به زبن فارسی خوب حرف می زنید. Bu yerda man midonam[ من می ذانم]– bosh gap, شما به زبن فارسی خوب حرف می زنید [ sho`mo be zabone forsi xub harf mizanid] – to`ldiruvchi ergash gap. Tarjimasi: 1. Men bilamanki, siz fors tilida yaxshi gaplashasiz. 2. Men sizning fors tilida yaxshi gaplashishingizni bilaman.
Agar bosh gapning kesimi modal fe’llarning biri bilan ifodalangan bo`lsa, to`ldiruvchi ergash gapning kesimi aoristda turadi.
تو می خواهی که کادرت پیش استاد تو برود. To mixohi ke modarat pish-e ostod-e beravad. Seni onang o`qituvchining oldiga borishlarini xoxlaysan.
من از او خواهش کردم که ساعت هفت شب بیاید. Man az u xoxesh kardam ke soat-e haft-e shab beyoyad. Undan soat yettida kelishini so`radim.
To`ldiruvchi ergash gap talaffuz qilayotganda bosh gapdan pauza – to`xtalish orqali ajratiladi. Bosh gap balandroq ohangda o`qiladi.

Xulosa.
Til o`zida turfa marvaridlarni mujassam etgan cheksiz ummon bo`lib, maqsadimiz har kimning tasavvuriga ham sig`maydigan bu bepoyon ummondan unumli foydalanishdir.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, har bitta til o`zining grammatikasiga ega bo`ladi. Gaplar ham o`z o`zidan gap holatiga kelib qolmagan. Albatta gaplar ham qaysi til bo`lishidan qat’iy nazar bosh va ikkinchi darajali gap bo`laklaridan tashkil topadi. Bizning o`zbek tikimiz ham o`z tuzilishiga ko`ra ega, kesim, to`ldiruvchi, hol, aniqlovchi kabi gap bo`laklaridan tuziladi. Fors tili ham huddi shunday sodda va murakkab gaplardan tashkil topgan.O`zbek tili bilan fors tilidagi gap bo`laklarini bir biri bilan solishtirganda ham ikalasi o`rtasida hech qanday farqni topish qiyin. To’g’ri grammatik jihatdan gapda gap bo’laklari ikkixil tartibda joylashadi bunga sabab ikki tilning turli xil til oilalariga mansubliklarida amma nima bo’lganda ham umumiy mazmun o’zgarish siz qoladi.


Download 38.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling