Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati yo


Download 38.16 Kb.
bet3/10
Sana22.04.2023
Hajmi38.16 Kb.
#1379153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sodda gaplar

Kurs ishi mavzusining ob’ekti. Kurs ishining ob’ekti – fors tilida shaxssiz sodda gaplar va uning qanday ifodalanishini ochib berish hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti. Kurs ishi predmeti – fors tiliga oid ilmiy asarlar va Malik Abdusamatovning “Fors tili” oliy o`quv uyurtlari talabalari uchun darslik tashkil etadi.
Kurs ishi mavzusining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism to`rt band, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
ASOSIY QISM.
Fors tili haqida umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi fors tili Eronning davlat va adabiy tilidir. Fors adabiy tilining tayanch dialekti – Tehron dialiktidir. Fors tili o`zaro qarindosh bo`lgan boshqa tillar bilan birgalikda hind- yevropa tillariga mansub bo`lgan eroniy tillar guruhiga kiradi. Eroniy tillar ba’zi bir fonetik va grammatik xususiyatlariga ko`ra g`arbiy va sharqiy eroniy tillarga bo`linadi.

  1. G`arbiy guruh eroniy tillariga fors, tojik, beluch, kurd va Kaspiy bo`yi tillari ( gilon, mozandaron, semmon, tolish, tot) va boshqa tillar kiradi.

  2. Sharqiy guruh eroniy tillariga afg`on(pushtu), osetin, yag`nob va pomir tillari( shug`non, voxon, sanglichi, yazg`ulom, ishkashim, zeboki, munjon) va boshqa tillar kiradi. 3

Eroniy tillar o`zlarining grammatik qurilishi va leksik tarkibi jihatidan bir – biridan ancha farq qiladilar. Hozirgi fors tili o`z yozuviga ega bo`lgan eng qadimiy tillardan biridir. Qadimiy fors tili eramizdan avvalgi VI asrda Ahamoniylar sulolasining rasmiy tili hisoblanib kelgan. Bu tilda yozilgan ahamoniylarning bir qancha yozma tarixiy taraqqiyot yo`li uch asosiy davrga bo`linadi:

  1. Qadimgi fors tili ( eramizdan avvalgi VI-III asrlar).

  2. O`rta davr fors tili ( eramizdan avvalgi III va eramizning VII asrlari).

  3. Yangi ya’ni hozirgi fors tili ( IX asrdan shu kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi).

Har bir davr yagona umumxalq tilining asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. Har bir davr tilining o`ziga xos grammatik xususiyatlari, lug`aviy o`zgarishlari va ma’lum yozuv sistemasi bo`lgan.
Qadimgi va o`rta davr fors tili o`lik tili hisoblanib, uning grammatik qurilish va lug`at tarkibi haqida bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar orqaligina ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Qadimgi va o`rta davr fors tilining grammatik qurilishi va leksik tarkibini o`rganish hozirgi fors tili va boshqa eroniy tillarni tarixiy taraqqiyot yo`llarini bilish, ularni qiyosiy o`rganish uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, VII asrda Eron, O`rta Osiyo va ularga qo`shni bo`lgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. Arablar bu mamlakatlarda islom dini bilan bir qatorda, o`z madaniyati, tili va yozuvining keng xalq ommasiga tarqala boshlaydilar. Natijada islom dini, arab yozuvi, arab tili bu yerlarda mustahkam o`rnashib oladi va rivoj topadi. VII asrning oxiriga kelib mahalliy xalqlardan chiqqan olimlar arab tilida diniy, falsafiy hamda adabiyot, huquq va tibbiyotga oid asarlar yoza boshladilar. 4.
Ilmiy va adabiy kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi. Eron, O`rta Osiyo va Sharqning boshqa xalqlari orasida arab tilida she’r bitgan shoirlar, arab tilida ijod etgan olimlar paydo bo`la boshlaydi. Kun sayin ularning soni ortib boradi. Madrasalarda o`qish arab tilida olib boriladi. Ma’muriy idoralarda va shaxsiy yozishmalarda ham arab tili keng qo`llaniladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam o`rnashib oladi.
Arablar bosib olgan butun territoriyada qariyb ikki asr mobaynida arab tili adabiyotda va ilm-fanda hukmronlik qiladi. Arablar O`rta Osiyo va Eron xalqlariga o`z tili va madaniyatini majburiy ravishda singdirish va mahlliy xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik harakat qilgan bo`lsalar ham, bunga erisha olmadilar. O`rta Osiyo va Eron xalqlari o`z davlat va til mustaqilligini saqlab qoldilar.
IX asrda Eron va O`rta Osiyo xalqlari o`z davlat mustaqilligi uchun olib borgan kurashda g`olib chiqdilar va arab xalifaligi humrronligidan ozod bo`lib o`zlarining markazlashgan Somoniylar davlatini vujudga keltirdilar.
Somoniylar dariy yoki forsiy nomi bilan atalgan mahalliy tilni o`zlarining davlat va adabiy tili deb e`lon qildilar. Dariy qadimgi va o`rta davr fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shakllandi va arab so`zlari hisobga o`z leksik tarkibini boyitdi. Shunday qilib, IX asrdan boshlab fors tili tarixida III davr – yangi fors tili davri boshlandi. Dariy tili tez sur’at bilan taraqqiy etdi va ko`p sohalardan arab tilini siqib chiqarib, tez vaqt ichida fan va adabiyot uchun asosiy til bo`lib qoldi.
Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo`lib bu shaharlar ilm-fan, ma’rifat va she’riyat markaziga aylandi. Bu davrning eng mashhur shoir va olimlari, san’atkor va mutafakkirlari Buxoroga to`plandilar va ijod qildilar. Somoniylar hukmronligi davrida adabiyot va san’at, ilm va ma’rifat tez sur’atlar bilan taraqqiy etdi va madaniyat gullab yashnadi5.
IX asrdan XV asrgacha bo`lgan davrda O`rta Osiyo va Eron xalqlarining tarixida ilm va madaniyat, adabiyot va she`riyat yuksak darajaga ko`tarilgan davr bo`ldi. Bu davrda, bir tomondan, ijtimoiy fanlar – tarix, falsafa, mantiq va adabiyot keng rivojlangan bo`lsa, ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar – matematika, astronomiya, meditsina fanlari taraqqiy etib, bu sohada olib borilgan katta ilmiy tadqiqotlar asosida o`lmas asarlar yaratildi. Bu asarlarni yaratgan Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy. Abu Nasr Farobiy kabi olimlarning nomlari jahonga mashhurdir.
Somoniylar davlati barpo bo`lishidan boshlangan besh asrlik davr eron va tojik xalqlari adabiyotining, xususan she’riyatning kamolot cho`qqisiga ko`tarilgan davri bo`ldi. Bu davrda dariy ( forsiy) tilida insoniyatning ma’naviy boyliklari xazinasiga katta xissa qo`shgan, o`zining o`lmas asarlari bilan jahon kitobxonlarini maftun etgan Abyu Abdullo Rudakiyning lirik she’rlari, Abulqosim Firdavsiyning mashxur “Shohnoma” asari, Umar Xayyomning ruboiylari, Sa’diy Sheroziyning “Guluston” va “Bo`ston” asarlari, Amir Xusrav Dehlaviyning “Hamsa”si, Shamsiddin Muhammad Hofizning g`azallari, Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang”I va boshqa bir qancha shoir va olimlarning asarlari yaratildi.
Ma’lumki, eron va tojik xalqlari o`zlarining uzoq tarixiy taraqqiyotlari davrida doim o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lib kelganlar. Bu xalqlar hatto bir necha asrlar davomida bir davlat territoriyasida bo`lgan holda, birga yashab, birga ijod etganlar. Shu tarixiy shart-sharoitlar natijasida Eron va tojik xalqlari madaniyati, adabiyoti va til qurilishida birlik va umumiylik vujudga kelgan. Eronshunos olimlarning fikriga ko`ra XV asrga qadar dariy tili eron va tojik xalqlari uchun mushtarak adabiy til bo`lgan. XV asrdan so`ng turli tarixiy sharoitlarga ko`ra fors va tojik tillari orasida ayrim tafovutlar paydo bo`la boshlaydi va davr o`tishi bilan ular orasidagi farq oshib bordi. Shuning uchun IX-XV asrlar davomida fors-tojik adabiyoti bir butun adabiyot sifatida rivojlanganligi sababli, bu davrda dariy tilida ijod etgan shoirlar fors-tojik klassik shoirlari va ularning asarlari fors-tojik klassik asarlari deb ataladi. Bu borada mashhur eronshunos olim Y.E.Bertels shunday degan: “ Klassik til deb ataluvchi tilda, ya’ni dariy yoki forsiy tilida yaratilgan ulkan adabiy meroasga har qanday holda ham har ikki xalqning haqi bordir va bu adabiyotni ulardan biriga mansub etishga urinish ikkinchisiga nisbatan adolatsizlik bo`lur edi”6.
Forsiy tili o`zining ohangdorligi, sinonimlarga boyligi va so`zlarning osonlik bilan vazn hamda qofiyaga tushishi sababli ko`pgina mamlakat shoir va olimlarini o`ziga jalb qiladi va qisqa davr ichida O`rta Osiyoning butun territoriyasiga, Ozarbayjon va Hindistongacha yoyilib, forsiy tilda bu mamlakat xalqlari tomonidan boy adabiy va ilmiy asarlar yaratildi. Ko`pgina o`zbek shoirlari hatto XXI asrning oxiriga qadar o`z she’r va asarlareini o`zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham yozganliklari ma’lumdir.
Shu kunlarda O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar fondida saqlanib kelayotgan minglab eron, tojik, forsiy, hind, ozarbayjon, va sharqning boshqa xalqlari tomonidan forsiy tilda yozilgan minglab tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, falsafa, huquq, til, va adabiyotga oid qo`lyozmalar va yuzlab shoirlarning devon va tazkiralari fikrimizning dalili bo`la oladi7.
Fors tili IX asrdan to shu kungacha bosib o`tgan tarixiy taraqqiyot davrida ancha o`zgarishlarga uchradi. Bu o`zgarishlar, birinchidan, fors-tojik klassik adabiyotida keng iste’mol qilingan ayrim so’zlarning hozirgi fors tilida ishlatilmay qolishi yoki ular ma’nosining o`zgarishida ko`rinsa, ikkinchidan, hozirgi fors so`z yasovchi elementlar asosida yasalgan yangi so`zlar hisobiga boyishida namoyon bo`ladi. Shu bilan birga fors tili grammatik qurilishida ham ayrim o`zgarishlar ro`y berdi. Ya’ni ba’zi grammatik kategoriyalarning shakli va vazifalari birmuncha o`zgardi. Hozirgi fors tilining lug`at tarkibida arabcha so`zlar va arab elementlari nihoytda ko`pdur. Bundan tashqari, fors tiliga birmuncha arab grammatik va grafik elementlari ham kirib kelgan. Bularning hammasi fors tili va grammatik qoidalariga bo`ysungan holda ishlatiladi.

Download 38.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling