Toshkent davlat stomatologiya instituti
Hiqildoq boylamlari va bo`g`imlari
Download 0.67 Mb.
|
Mavzu 11 Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi
Hiqildoq boylamlari va bo`g`imlari
(orqa tomondan). 1 - carina epiglottidis, 2 - cartilago epiglottica, 3 - cornu minus ossis hyoidei, 4 - os hyoideum, 5 - cornu majus ossis hyoidei, 6 - foramen, a. et n. laryngeorum supp. 7 - lig. thyroepiglotticum, 8 - lig. corniculopharyngeum, 9 - lig. cricoerytaenoideum posterius (articulatio et capsula articularis cricoarytaenoidea), 10 - cartilago cricoidea, 11 - trachea, 12 - paries membranaceus tracheae, 13 - cartilagines tracheales, 14 - gl. trachealis, 15 - lig. ceratocricoideum laterale (capsula articularis cricothyroidea), 16 - articulatio cricothyroidea, 17 - cornu inf. cartilaginis thyroideae, 18 - lig. ceratocricoideum posterius, 19 - processus muscularis, 20 - cartilago thyroidea, 21 - cartilago arytaenoidea, 22 - cartilago corniculata, 23 - cornu sup. cartilagenis thyroideae, 24 - membrana thyrohyoidea, 25 - lig. thyrohyoideum, 26 –cartilago triticea. burchak hosil etadi va shu sababdan teri ostidan bo`rtib chiqib turadi. Bolalarda va ayollarda bu hosila o`tmas burchak shaklida bo`lib - teri ostida bilinmaydi. Qalqonsimon tog`ayning ustki qismida - ustki o`yma - incisura thyroidea superior,ustki shoxsimon o`simta - cornu superius bo`ladi. Tog`ayning pastki sohasida pastki shoxsimon o`simta - cornu inferius va pastki o`yma incisura thyroidea inferior joylashadi. Qalqonsimon tog`ay tashqi yuzasida mushaklar birikadigan qiyshiq chiziqlar - linea obliqua hosil bo`ladi. CHo`michsimon tog`ay - uzuksimon tog`ayning orqa sohasining ustki yuzasida joylashadi. Piramidasimon ko`rinishga ega bo`lib, asosi - basis, uchi - apex qismlardan tashkil topgan. CHo`michsimon tog`ayning bo`g`im yuzasi - facies articularis deyiladi. Bu tog`ayda quyidagi yuzalar mavjud: a) facies anterolateralis – oldingi yon yuza; b) facies medialis – medial yuza; v) facies posterior – orqa yuza. CHo`michsimon tog`ayning oldingi sohasida ovoz boylami birikadigan o`simta - processus vocalis va yon tomonga yo`nalgan mushaklar birikadigan o`simta - processus muscularis bo`ladi. Uzuksimon va cho`michsimon tog`aylar orasidagi bo`g`im – articulatio crcoarytenoidea deyilib, bo`g`im kapsulasi – capsula articularis cricoarytenoidea deyiladi. Bu bo`g`imda quyidagi boylamlar mavjud: a) lig. cricoarytenoideum – uzuksimon va cho`michsimon tog`aylar orasida tortitladi; b) lig. cricopharyngeum – uzuksimon tog`ay bilan xalqum orasida joylashadi. Hiqildoq usti tog`ayi - hiqildoqga kirish teshigi sohasida joylashadi. Hiqildoq usti tog`ayi cartilago epiglottica ning yaprog`i - petiolus epiglottidis, do`ngligi - tuberculum epiglotticum bo`lib quyidagi boylamlar vositasida mustaxkamlanadi: a) lig. thyroepiglotticum – hiqildoq usti tog`ayi va qalqonsimon tog`ay orasida tortilgan; b) lig. hyoepiglotticum – hiqildoq usti tog`ayi bilan til osti suyagi orasida tortiladi. Hiqildoq usti tog`ayi oldida yog` tanachasi corpus adiposum preepiglotticum ko`rinadi. Hiqildoqning qolgan mayda tog`aylari: shoxsimon hamda ponasimon tog`aylar boylamlari orasida joylashadi. Hiqildoqning qalqonsimon tog`ayi til osti suyagi bilan membrana thyrohyoidea pardasi vositasida birlashadi. Bu pardaning o`rtasi qalinlashgan bo`lib lig. thyrohyoideum medianum boylamini hosil etadi. Bu pardaning ikki yon tarafida esa lig. thyrohyoidea lateralia boylami hosil bo`ladi. Bu yon boylam tarkibida cartilago triticea tog`ayi joylashadi. Til osti suyagi bilan hiqildoq usti tog`ayi ham lig. hyoepiglotticum boylami vositasida birikkan. Hiqildoq usti tog`ayi qalqonsimon tog`ay bilan lig. thyroepiglotticum vositasida birlashadi. Uzuksimon tog`ay va qalqonsimon tog`ay orasida lig. cricothyroideum joylashadi. Ahamiyatli boylamlardan yana biri - chin ovoz boylami - lig. vocale. CHin ovoz boylami qalqonsimon tog`ay ichki yuzasidan boshlanib,cho`michsimon tog`ayning ovoz o`simtasi processus vocalis ga birikadi. CHin ovoz boylamining yuqori sohasida - yolg`on ovoz boylamlar - daxliz boylami - lig. vestibulare joylashadi. Bu boylam tutamlarining yo`nalishi chin ovoz boylami tolalariga parallel holda yo`naladi. Hiqildoq tog`aylari o`zaro birlashib, bo`g`imlarni hosil etadi. Qalqonsimon tog`ay bilan uzuksimon tog`ay orasida art. cricothyroidea bo`g`imi mavjud. Bu bo`g`im qalqonsimon tog`ayning pastki shoxlari va uzuksimon tog`ay orasida joylashadi. Bu bo`g`imda kapsulasi – capsula articularis cricothyroidea bo`lib quyidagi boylamlar mavjud: a) lig. ceratocricoideum – qalqonsimon tag`ayning pastki shoxi bilan uzuksimon tog`ay orasida joylashadi; b) lig. cricothyroideum medianum – uzuksimon tog`ayning ustki yuzasidan qalqonsimon tog`ayga tortilgan; v) lig. cricotracheale - uzuksimon tog`ay bilan traxeya tog`ayi orasida joylashgan. Bu bo`g`imdagi harakat natijasida uzuksimon tog`ayning oldingi yuzaci qalqonsimon tog`ayga yaqinlashadi. Uzuksimon tog`ayning orqa qismi va cho`michsimon tog`ay esa, aksincha bu bo`g`imda orqaga suriladi. Natijada ovoz burmasi va boylami taranglashadi. Uzuksimon tog`ay bilan cho`michsimon tog`ay orasida art. cricoarytenoideae bo`g`imi bo`ladi. Bu bo`g`imda cho`michsimon tog`ay o`z o`qi atrofida aylanadi.
2) dilatatorlar (kengaytiruvchi); 3) ovoz boylami tarangligini o`zgartiruvchilar. Bu mushaklarning hammasi ko`ndalang targ`il mushak tolalaridan tashkil topgan. I Konstriktorlar: 1) m. cricoarytenoideus lateralis - uzuksimon tog`ay bilan cho`michsimon tog`aylar orasidagi yon (lateral) mushak. Uzuksimon tog`ayning yon yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushaklarning qisqarishi natijasida processus vocalis hamda ovoz boylamlari o`zaro yaqinlanib, ovoz tirqishi torayadi. 2) m. arytenoideus transversus - cho`michsimon tog`aylar orasidagi ko`ndalang mushak. CHo`michsimon tog`aylar orqa yuzalarini o`zaro birlashtiradi. Mushak qisqarishi natijasida cho`michsimon tog`aylar o`zaro yaqinlashadi hamda ovoz tirqishining orqa sohasi torayadi. 3) m. arytenoidei obliqui - cho`michsimon tog`aylar orasidagi qiyshiq mushak. Ko`ndalang mushaklarning orqa yuzasida joylashib, cho`michsimon tog`aylarning asosi bilan, ikkinchi cho`michsimon tog`ayning uchiga yo`naladi. Bu mushak tolalari cho`michsimon va hiqildoq usti tog`aylari orasidagi m. aryepiglotticus mushagi tolalariga davom etadi. Bu mushaklarning qisqarishi - ovoz tirqishini toraytiradi. 4) m. thyroarytenoideus - qalqonsimon mushak orqa yuzasida boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Bu mushak tarkibida qalqonsimon – xiqildoq usti qismlari pars thyroepiglottica bo`ladi Mushak qisqarishi hiqildoq bo`shlig`ini toraytiradi hamda ovoz boylami bo`shashadi. II Kengaytiruvchi mushaklar: 1) m. cricoarytenoideus posterior - uzuksimon tog`ay orqa yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushak qisqarishi natijasida mushak o`simtalari o`zaro yaqinlashadi, lekin ovoz o`simtalari va ovoz boylamlari uzoqlashadi, tirqish kenkayadi. 2) m. thyroepiglotticus - qalqonsimon tog`ay ichki yuzasida boshlanib, hiqildoq usti tog`ayiga birikadi. Mushak tolalari xiqildoqga kirish teshigini kengaytiradi. III Ovoz boylamining tarangligini o`zgartiruvchi mushaklar : 1) m. cricothyroideus - uzuksimon tog`ay bilan qalqonsimon tog`ayning pastki shoxi orasida tortilgan bo`ladi. Bu mushak tarkibida to`g`ri tolalardan hosil bo`lgan qism – pars recta va qiyshiq tolalar dan hosil bo`lgan pars obliqua qismlari bo`ladi. Mushak qisqarishi natijasida qalqonsimon tog`ayning pastki qismi orqaga tortiladi, yuqori qismi esa oldinga yo`naladi. Natijada ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro uzoqlashadi va boylam taranglashadi. 2) m. vocalis - chin ovoz boylami tarkibida yo`naladi. Qalqonsimon tog`ay ichki yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning ovoz o`simtasining lateral yuzasiga birikadi. Mushak tolalarining qisqarishi natijasida chin ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro yaqinlashadi va ovoz boylami bo`shashadi. Hiqildoq mushaklari. Hiqildoqni harakatga keltiruvchi mushaklar: m. sternohyoideus; m. sternothyroideus; m. thyrohyoideus. Ovoz yorig`ini kengaytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus posterior. Ovoz yorig`ini toraytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus lateralis; m. arytenoideus transversus; m. arytenoideus obliquus. Ovoz burmalarini (boylamini) taranglaydigan mushaklar: m. thyroarytenoideus; m. vocalis; m. cricothyroideus anterior. Hiqildoq usti tog`ayini tushuruvchi mushaklar: m. aryepiglotticus; m. thyroepiglotticus. Hiqildoq bo`shlig`i - cavitas laryngis.Hiqildoq bo`shlig`iga kirish teshigi aditus laryngis: hiqildoq usti tog`ayi, cho`michsimon tog`ayining uchi va yon sohada plica aryepiglotticae burmalari orasida joylashadi. Hiqildoq bo`shlig`i qum soatiga o`xshash to`zulishga ega. Uning yuqori kengaygan qismi hiqildoq daxlizi - vestibulum laryngis deyiladi. Daxliz bo`shlig`ining pastki chegarasi plica vestibularis burmalarigacha davom etadi. Bu burmalar yolg`on ovoz boylami lig. vestibularis hisobiga hosil bo`ldi. Bu boylamlar orasida esa daxliz tirqishi - rima vestibuli hosil bo`ladi. Daxliz burmasining ostida,chin ovoz boylamlari - lig. vocale ishtirokida plica vocalis burmasi hosil bo`ladi. Rlica vestibularis bilan plica vocalis burmalari orasida hiqildoq qorinchasi bo`shlig`i - ventriculus laryngis joylashadi. Ikki chin ovoz boylamlari orasidagi toraygan tirqish - rima glottidis orqali kengaygan hiqildoq osti bo`shlig`i - cavitas infraglottica - ga o`tiladi. CHin ovoz boylamlari orasidagi tirqish rima glottodis ning quyidagi qismlari bo`ladi: a) pars intermembranacea – parda orasidagi qism; b) pars intercartilaginea – tog`aylar orasidagi qism; Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling