Toshkent davlat stomatologiya instituti


Download 0.67 Mb.
bet5/6
Sana13.10.2020
Hajmi0.67 Mb.
#133604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu 11 Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi

Traxeya va bronxlar.

1 - prominentia laryngea, 2 - cartilago thyroidea, 3 - lig. cricothyroideum, 4 - cartilago cricoidea, 5 - cartilagines tracheales, 6 - lig. cricotracheale, 7 ligg. anularia, 8 - oesophagus, 9 - bifurcatio tracheae, 10 - bronchus principalis dexter, 11 - bronchus principalis sinister, 12 - bronchus lobaris superior dexter, 13 - a. pulmonalis sinistra, 14 - bronchus lobaris superior sinister, 15 - a. pulmonalis dexter, 16 - bronchus lobaris medius dexter, 17 - bronchus lobaris inferior dexter, 18 - bronchus lobaris inferior sinister, 19 - oesophagus, 20 - aorta, 21 - v. azygos.

O`pka - pulmones

O`pka ko`krak qafasi cavitas thoracis da joylashadi. O`ng o`pka pulmo dexter, chap o`pka pulmo sinister deyiladi.

O`ng o`pkaning xajmi kattaroq bo`ladi.

Har bir o`pkada asosi - basis pulmonis, uchi - apex pulmonis bo`ladi. O`pkaning pastki yuzasi diafragmaga qaragan - facies diaphragmatica, tashqi yuzasi qovurg`alarga qaragan - facies costalis, ichki yuzasi - facies mediastinalis - bo`ladi. O`pkaning oldingi cheti margo anterior, pastki cheti – margo inferior bo`ladi. O`pkaning ichki yuzasida uning darvozasi - hilum pulmonis bo`lib, asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nervi, venasi va limfa tomirlari bilan to`lib turadi va o`pka ildizi radix pulmonis deyiladi.

O`pka yuzasi egat - fissurae interlobare vositasida bo`laklarga ajragan bo`ladi. Har bir o`pkada uchraydigan qiyshiq yo`nalgan egat - fissura obliqua yuqorigi va pastki bo`laklarni o`zaro ajratadi. O`ng o`pkada qo`shimcha gorizontal egat fissura horizontalis uchraydi. Bu egat o`ng o`pkaning yuqori bo`lagidan o`rta bo`lakni ajratadi. SHunday qilib, o`ng o`pka tarkibida 3 ta bo`lak: lobus superior, medius et inferior bo`ladi. CHap o`pkada esa lobus superior va lobus inferior bo`laklari bo`ladi.

O`pka ichida bronxlarning bo`linishi.

O`pka darvozasidan o`tgan asosiy bronx, o`pka ichida uning bo`laklari soniga mos ravishda bo`linadi. Bo`lak bronxlari - bronchus lobares o`ng o`pkada 3 ta, chap o`pkada 2 ta bo`ladi.

Bo`lak bronxlarining bo`linishi natijasida o`pkaning segment deb ataladigan qismiga to`g`ri keladigan segmentar bronxlar - bronchus segmentales hosil bo`ladi.

I. O`ng o`pkaning yuqori bo`lagi bronx branchus loboris superior dexter segmentlarining bronxlari:

1) bronchus segmentalis apicalis (B-I) – yuqori bo`lak uchidagi segment bronxi;

2) bronchus segmentalis posterior (B-II) – yuqori bo`lakning orqa segment bronxi;

3) bronchus segmentalis anterior (B-III) – yuqori bo`lakning oldingi segment bronxi;

II. O`ng o`pka o`rta bo`lagi bronxi – bronchus lobaris medius ning segmentar bronxlari:

1) bronchus segmentalis lateralis (B-IV ) – o`rta bo`lakning lateral segment bronxi;

2) bronchus segmentalis medialis (B-V) – o`rta bo`lakning medial segment bronxi;

III. O`ng o`pkaning pastki bo`lagi bronxi – bronchus lobaris inferior dextra ning segmentlar bronxlari:

1) bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning ustki segmentining bronxi;

2) bronchus segmentalis basalis media (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;

3) bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;

4) bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segmenti bronxi;

5) broncus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi;

IV. Bronchus lobaris superior sinistra – chap o`pkaning ustki bo`lak bronxi:

1) Bronchus segmentalis apicoposterior (BI+BII) – ustki bo`lak cho`qqisining va orqa sohasining segment bronxi;

2) Bronchus segmentalis anterior (B-III) – ustki bo`lakning oldingi segment bronxi;

3) Bronchus lingularis superior (B-IV) – ustki bo`lakning ustki tilchali segment bronxi;

4) Bronchus lingularis inferior (B-V) – ustki bo`lakning pastki tilchali segment bronxi;

V. Bronchus lobaris inferior sinister – chap o`pkaning pastki bo`lak bronxi:

1) Bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning yuqori segment bronxi;

2) Bronchus segmentalis basalis medialis (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;

3) Bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;

4) Bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segment bronxi;

5) Bronchus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi.

O`pka segmentlari ichidagi bronxlarga bronchi intrasegmentales deyiladi O`z navbatida bu bronxlar ham maydaroq bronxlarga bo`linadi. Bronxlarning o`pka ichida 8 marotaba bo`linishi natijasida bo`lakchalararo bronxiolalar - bronchioli lobularis hosil bo`ladi. Bu bronxiolalarning ichki diametri 1 mm ga to`g`ri keladi. Har bir o`pkada 800-1000 ta bo`lakcha bo`ladi. Bronxiolalarning navbatdagi bo`linishi natijasida diametri 0. 3-0. 5 mm teng bo`lgan oxirgi bronxiola - bronchioli terminales hosil bo`ladi. Oxirgi bronxiolaning bo`linishi natijasida nafas bronxiolalari - bronchioli respiratorii hosil bo`ladi. Nafas bronxiolalar devoridan alveolyar naylar - ductuli alveolares ajralib, bu naylar alveolyar qopchalar - sacculi alveolares bilan tugaydi. Qopcha devorlari qon tomirlar bilan qoplangan bo`lib, bu sohada gaz almashinadi.

Bronxlar devorining tuzilishi, traxeyaning tuzilishiga to`g`ri keladi. Asosiy bronxlar hamda bo`lak bronxlari devoridagi tog`ay yarimxalqasimon shaklda bo`ladi. Segmentar bronxlardan keyingi bronxlar devoridagi tog`aylar yarimoysimon shaklga ega.

Tog`ayning ichki yuzasida silliq mushak tolalari bo`lib, bu tolalar bronxlarning bo`linish sohasida xalqasimon shaklga ega bo`ladi. Ichki yuzasida kiprikli epiteliy hujayralari va shilliq bezlar bo`ladi.






Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling