Toshkent davlat stomatologiya instituti
Hiqildoq bo`shlig`i (sagittal kesimida)
Download 0.67 Mb.
|
Mavzu 11 Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bronxlar
Hiqildoq bo`shlig`i (sagittal kesimida) 1 - epiglottis, 2 - aditus laringis, 3 - vestibulum laringis, 4 - plica aryepiglottica, 5 - pars laryngea pharyngis, 6 - tuberculum cuneiforme, 7 - tuberculum corniculatum, 8 - m. arythenoideus, 9 - tunica mucosa pharyngis, 10 - lamina cartilaginis cricoideae, 11 - oesophagus, 12 - cartilago trachealis, 13 - trachea, 14 - arcus cartilaginis cricoideae, 15 - lig. cricothyroideum, 16 - cavum infraglotticum, 17 - cartilago thyroidea, 18 - plica vocalis, 19 - ventriculus laryngis, 20 - plica vestibularis, 21 - lig. thyroepiglotticum, 22 - lig. thyrohyoideum medianum, 23 - corpus adiposum laryngis, 24 - os hyoideum, 25 - lig. hyoepiglotticum, 26 - plica glossoepiglottica mediana. v) pars interarytenoidea – chumichsimon tog`aylar orasidagi burma. O`z navbatida hiqildoq osti bo`shlig`i traxeyaga davom etadi. Xiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavati – tunica mucosa da glandulae laryngeales bo`ladi. Traxeya - tracheaTraxeya hiqildoqning davomi bo`lib VI bo`yin umurtqasi sohasidan V ko`krak umurtqasi sohasigacha davom etadi. Traxeyaning bo`yin qismi pars cervicalis, ko`krak qismi esa pars thoracica deyiladi Traxeyaning pastki uchi ikki asosiy bronxga ajraladi. Traxeyaning bo`linish sohasini - bifurcatio tracheae deyiladi. Traxeyaning bronxlarga bo`linish sohasida ichki yuzasida bo`rtib chiqqan hosila carina tracheae hosil bo`ladi. Traxeyaning orqa yuzasida qizilo`ngach joylashadi. Traxeyaning asosini yarim xalqasimon tog`aylar - cartilagne tracheales - hosil etadi. Traxeya tog`aylari ostida xalqasimon mushak tolalari m. trachealis bo`ladi. Tog`aylar o`zaro ligg. annularia boylamlari vositasida qo`shilib turadi. Tog`aylarning orqa uchlari qo`shilmaganligidan - bu sohada mushak tolalari bo`lgan parda - paries membranaceus - hosil bo`ladi. Traxeyaning ichki yuzasida kiprikli epiteliy bilan qoplangan shilliq qavat hosil bo`ladi. BronxlarBronxlar bronchus - havoni traxeyadan o`pka alveolalarigacha o`tkazadigan havoni teskari yo`nalishini ta’minlaydigan, havoni zararli zarrachalardan tozalaydigan a’zodir. Bronxlar oldingi ichak nayining ventral qismidan taraqqiy etadi va bronxlar devori entoderma va mezodermadan rivojlanadi. Traxeyaning ikkiga bo`linishi natijasida ikkita asosiy bronxlar - bronchi principales dexter et sinister hosil bo`ladi. O`ng bronx kengroq, lekin kaltaroq bo`ladi. O`ng bronx vertikal holda joylashganligidan, traxeyaning davomidek ko`rinadi. Aksincha chap bronx torroq, uzunroq va traxeya bilan hosil etgan burchagi kichikroq bo`ladi. Bronxlar devorining tuzilishi traxeya devoriga o`xshab ketadi. Asosiy bronxlar o`pka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo`linadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling