Toshkent davlat stomatologiya instituti


O`pkalar (ko`krak qafasining old devori qirqilgan)


Download 0.67 Mb.
bet6/6
Sana13.10.2020
Hajmi0.67 Mb.
#133604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu 11 Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi

O`pkalar (ko`krak qafasining old devori qirqilgan).

1 - os hyoideum, 2 - membrana thyrohyoidea, 3 - lig. thyrohyoideum medianum, 4 - cartilago thyroidea, 5 - lig. cricothyroideum, 6 - cartilago cricoidea, 7 - trachea, 8 - a. carotis communis dextra, 9- a. carotis communis sinistra, 10 - a. subclavia dextra, 11 - a. subclavia sinistra, 12 - v. brachiocephalica dextra, 13 - v. brachiocephalica sinistra, 14 - thymus, 15 - costa, 16 - pleura, 17 - lobus superior, 18 - lobus superior, 19 - cor, 20 - incisura cardiaca pulmonis sinistri, 21 - lingula pulmonis sinistri, 22 - lobus medius, 23 - recessus costomediastinalis, 24 - pleura costalis, 25,26 - lobus inferior, 27 - recessus costodiaphragmaticus, 28 - pleura diaphragmatica, 29 - cartilago costae VII, 30 - processus xiphoideus.
Bronxlarning 8-nchi bo`linishi natijasida diametri 1 mm ga teng bo`lgan bo`lakcha bronxiolasi bronchioli lobularis hosil bo`ladi. Bo`lakcha bronxiolasiga to`g`ri kelgan o`pka qismiga ikkilamchi bo`lakcha lobuli pulmonis secundarii deyiladi. Bo`lakcha bronxiolasi ohirgi bronxiolaga bo`linadi. Oxirgi bronxiola - bronchioli terminales - devorida tog`ay moddasi uchramaydi, shilliq bezlar bo`lmaydi. Oxirgi bronxiolalar nafas bronxiolalari bronchiola respiratorii -ga, ular esa nafas yo`llari ductuli alveolares ga davom etib, nafas xaltachalari sacculi alveolares bilan tugaydi. O`pkaning eng kichik morfo-funksional birligiga - atsinus deyiladi. Atsinus bitta bronchioli terminalis ning bo`linishidan hosil bo`ladigan bronchioli respiratorii, ductuli alveolares, sacculi alveolares dan tashkil topadi. Bitta bronchioli respiratorii ning bo`linishidan hosil bo`lgan ductuli alveolares va sacculi alveolares larga birlamchi bo`lakchalar lobulus pulmonis primarius deyiladi. Alveolyar xaltachalar yig`indisi 300-350 mln ga teng. Xaltachalar yuzasi 35 m kvadratdan - 100 m kvadratgacha to`g`ri keladi. Atsinuslarning qo`shilishi natijasida bo`lakchalar - lobuli hosil bo`ladi. Bo`lakchalar yig`indisi segmentlarni hosil etadi. Segmentlar o`pka bo`laklarini tashkil etadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, chap o`pka esa 2 ta bo`lakdan tashkil topadi.

O`pka segmentlari.

Rentgenanatom Roxlin tadqiqotlariga asosan o`ng o`pka 12 segmentdan, chap o`pka esa 11 segmentdan tashkil topgan. 1955 yili Parijda qabul qilingan ma’lumotlarga asosan o`ng o`pka 11 segmentdan,chap o`pka esa 10 segmentdan tashkil topgan. Xalqaro nomenklaturaga asosan har ikkala o`pkada 10 tadan segment bo`ladi.

O`ng o`pkaning yuqori bo`lagida uchta segment bo`ladi :

segmentum apicale (S. I),

segmentum posterius (S. II),

segmentum anterius (S. III).
O`ng o`pkaning o`rta bo`lagida ikkita segment bo`ladi:

segmentum laterale (S. IV),

segmentum mediale (S. V).
O`ng o`pkaning pastki bo`lagida beshta segment bo`ladi:

segmentum superius (S. VI),

segmentum basale mediale (cardiacum) (S. VII),

segmentum basale anterius (S. VIII),

segmentum basale laterale (S. IX),

segmentum basale posterius (S. X).
CHap o`pkaning yuqori bo`lagida beshta segment bo`ladi:

segmentum apicoposterius (S. I-II) - (o`z navbatida bu segment segmentum apicale (S. I) va segmentum posterius (S. II) lardan hosil bo`ladi);

egmentum anterius (S. III);

segmentum lingulare superius (S. IV);

segmentum lingulare inferius (S. V).
CHap o`pkaning pastki bo`lagi beshta segmentdan hosil bo`lgan:

segmentum superius (S. VI);

segmentum basale mediale (cardiacum) (S. VII);

segmentum basale anterius (S. VIII),

segmentum basale laterale (S. IX),

segmentum basale posterius (S. X).


Plevra – pleura.

O`pka tashqi tarafdan, hamda ko`krak qafasi devorlari plevra deb nomlanadigan seroz parda bilan o`ralgan. Plevra ikki qismdan hosil bo`ladi: o`pkaning tashqi yuzasini o`rab olgan seroz parda - pleura visceralis deyilsa, ko`krak qafasining ichki yuzasi pleura parietalis bilan qoplangan bo`ladi. O`pkaning o`rab olgan visseral plevra - o`pka darvozasi sohasisida boylam - lig. pulmonale - vositasida diafragma yuzasidagi pariyetal plevraga davom etadi.

Visseral va pariyetal plevra tunica serosa va tela subserosa qavatlaridan iborat.

Pariyetal plevra bir butun seroz parda bo`lsada, uch qismga bo`linadi:

1) rleura costalis - qovurg`alarni ichki yuzasini qoplagan seroz parda;

2) rleura diaphragmatica - diafragmaning ko`krak qafasiga qaragan yuzasini o`rab turgan seroz parda;

3) rleura mediastinalis - to`sh suyagi ichki yuzasidan, umurtqa pog`anasining yon yuzasiga vertikal holatda tortilgan seroz parda.

Bu seroz parda oldingi sohada pleura costalis ga, pastda pleura diaphragmatica ga va o`pka darvozasi sohasida visseral plevraga davom etadi. Visseral va pariyetal seroz pardalar orasidagi manfiy bosimga ega bo`lgan bo`shliq - cavitas pleuralis deyiladi. Pariyetal plevra qismlari orasida ham bo`shliqlar bo`lib recessus pleuralis - plevra cho`ntaklari deyiladi. Har ikkala tarafdagi plevral bo`shliq sohasida, qovurg`a va diafragmani o`rab turgan seroz pardalar orasida recessus costodiaphragmaticus bo`ladi. Bu cho`ntaklar ko`krak qafasining pastki - yon sohasida joylashadi.

Faqat chap plevral bo`shliqda, yurak sohasida, pleura costalis va pleura mediastinalis pardalari orasidagi cho`ntak - recessus costomediastinalis deyiladi.


Ko`ks oralig`i - mediastinum.

Ko`krak qafasining o`rtasida, ikkita pleura mediastinales pardasining orasida a’zolar bilan to`lib turgan sohaga ko`ks oralig`i mediastinum deyiladi. Ko`ks oralig`ining devorlari: oldingi - to`sh suyagi va qovurg`alar; pastki - diafragma; orqa sohasida - umurtqa pog`anasi; ikki yon sohada - pleura mediastinalis.

Ko`ks oralig`ining ikki qismga ajratish mumkin: oldingi mediastenum anterius va orqa mediastenum posterius qismlari. Bu bo`limlar orasidagi chegara o`pka ildizining orqa yuzasi bo`ylab o`tkazilgan frontal yuza bo`lib hisoblanadi (traxeya va bronxlarning orqa yuzasiga to`g`ri keladi).

Oldingi ko`ks oralig`ida quyidagi a’zolar joylashadi: yurak, perikard, ayrisimon bez, v. cava superior, aorta ascendeus, arcus aortae, o`pka venalari, traxeya, bronx, n. phrenici, bronx arteriyalari va venalari, limfatik tugunlar.

Orqa ko`ks oralig`ida quyidagi a’zolar joylashadi: qizilo`ngach, ko`krak aortasi, ko`krak limfa yo`li, limfa tugunlar, v. cava inferior, v. azygos et hemiazygos, n. n. splanchnice, n. vagi. YAngi ma’lumotlarga asosan ko`ks oralig`i yuqorigi va pastki bo`limlarga bo`linib, mediastinum superius va mediastinum inferius deyiladi. Bu holda chegara: to`sh suyagining qo`ndog`i va tanasi orasi bo`ylab - gorizontal satxda orqadan IV - V ko`krak umurtqalariga yo`naladi. Pastki ko`ks oralig`i oldingi, o`rta va orqa bo`limlarga bo`linadi. va mediastinum anterius, mediastinum medium, mediastinum posterius deyiladi. Oldingi ko`ks oralig`i to`sh suyagining tanasi bilan perikard orasida joylashadi. Orqa ko`ks oralig`i perikardning orqa yuzasi bilan ko`krak umurtqalari orasida joylashadi. O`rta ko`ks oralig`ida perikard, yurak va asosiy bronxlar joylashadi.

Qalqonsimon bez – glandula thyroidea


Qalqonsimon bez ikkita - o`ng va chap bo`laklar - lobus dexter et sinister dan iborat bo`lib, ular o`zaro - istmus glandulae thyroidea vositasida birlashib turadi. Ko`pchilik holatlarda bo`yin qismidan yuqoriga qarab yana bir piramidasimon bo`lak o`sib chiqqan bo`lib lobus piramidalis deyiladi. Qalqonsimon bezda oldingi va orqa yuzalari - facies anterior et posterior va yon bo`laklarining yuqori va pastki qutblari - polus superior et inferior lar tafovut qilinadi. Bezning vazni katta yoshli odamlarda 30 - 50 gr. uzunligi 6 - 8 sm. va eniga 2 - 2, 5 sm. ga teng keladi.

Qalqonsimon bez yupqa, mustahkam qo`shuvchi to`qimali xususiy fibroz parda - capsula fibrosa bilan o`ralgan bo`lib, bu parda bez tuqimasi ichiga kirib borib to`siqlar hosil qiladi va uni mayda bo`lakchalar - lobuli gl. thyroideae ga bo`lib yuboradi.

Qalqonsimon bez traxeya va qalqonsimon tog`ay sohasida joylashgan bo`lib, bez bo`laklarining pastki uchlari traxeyaning V yoki VI tog`ay halqalari sohasigacha davom etadi. YUqori uchlari esa qalqonsimon tog`ayning o`rta qismigacha davom etadi. Bo`yin qismi - isthmus esa III - IV traxeya halqalari sohasida joylashgan. Piramida bo`lagi ayrim hollarda til osti suyagigacha yetib borishi mumkin.

Qalqonsimon bez o`zining xususiy pardasi bilan o`ralgan va shu parda to`qimalar orqali atrofdagi a’zolar bilan birlashib turadi.

Ishlab chiqarilgan garmonlar (tiroksin, triyodtiroksin) to`qimalarning kislorodga bo`lgan talabchanligini oshiradi. Garmonlar oqsillar sintezini tezlashtirib, organizmning o`sish jarayonini kuchaytiradi. Tirioid garmonlar homila taraqqiyotini nazorat qiladi, uning to`qima va hujayralarini shakillanishiga yordam beradi. SHu jumladan suyaklar sistemasini ham. Terioid garmonlar nerv tizimining funksional holatiga ta’sir etish bilan bir qatorda teri, yurak, qon tomirlar tizimi, buyrak, jigar, oshqozon va ichak traktida sodir bo`ladigan modda almashinuvi jarayonlariga ham o`z ta’sirini ko`rsatadi.

Qalqonsimon bezning ish faoliyatini buzilishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi. Kasalliklarning paydo bo`lishi garmonlarning ko`p (gipertirioz, tireotoksikoz) yoki kam (gipoterioz) ishlab chiqarilishi bilan bog`liq.

Teriotoksikoz kasalligida: ozib ketish, tomir urishining tezlashishi, tana haroratining ko`tarilishi, asabning taranglashishi, terlash, ekzooftalm (ko`z soqqasining ko`z kosasidan oldinga chiqishi) kuzatiladi.

Qalqonsimon bez homila taraqqiyotining 3 - 4 haftasida birlamchi ichakning bosh qismining ventral devoroida, jag` va til osti jabra rovoqlarining orasida, toq til kurtagining orqasida xalqum epiteliyasidan rivojlanadi. Birinchi galda bezning har ikkala bo`lagi ichida bo`shliq bo`lib, bu bo`shliqning yo`li qalqonsimon - til ductus thyreoglossus nayi bilan xalqum bo`shlig`iga ochilgan bo`ladi. Rivojlanishning keyingi davrlarida bez epiteliyasining shoxlanib ketishi natijasida, bez ichidagi bo`shliq mayda pufakchalarga bo`linib ketadi va o`zida pufakchalar saqlagan bez bo`lakchalari shakillanadi. SHu bilan bir qatorda embrion rivojlanishining 4 - haftasidayoq ductus thyreoglossus bekilib ketadi. Qalqonsimon bezning tildan uzoqlashib kaudal tomonga o`sishi natijasida va shu asosda uning yo`lining bekilib ketishidan tilning tanasi va ildizi sohasida qolgan qoldiq tilning ko`r teshigi foramen cecum ni hosil bo`lishiga olib keladi.



Qalqonsimon orqa bezi – glandula parathyroidea


Qalqonsimon orqa bezlari 4 tadan 8 tagacha bo`lib qalqonsimon bez bo`laklarining orqa yuzasining yuqori va pastki qismlarida zich yopishgan holda joylashadi.

SHakli jihatdan yumaloq yoki uzunchoq bo`lib og`irligi - 0, 05 gr.

Hajmi: uzunasiga - 4 - 8 mm, eniga - 3 - 4 mm, qalinligi - 2 - mm ni tashkil etadi. Tashqi tomondan silliq, yarqirab turadi. Ayrim hollarda bu bezlar qalqonsimon bezdan pastroqda traxeyaga yaqin yog` qavati orasida joylashadi. Ba’zi bir hollarda bu bezlar qalqonsimon bez yuzasiga botib kirib yoki bez to`qimasi ichida joylashgan bo`ladi.
Qalqonsimon orqa bezlari yupqa biriktiruvchi to`qimali parda bilan o`ralgan. Parda o`simtalari bez ichiga kirib borib juda ko`p to`siqlar hosil qiladi. YOsh o`tishi bilan bezdagi to`qimalarning miqdori oshib boradi. Hujayra tutamlari oralig`ida kichik-kichik pufakchalarga o`xshash bo`shliqlar uchrab, ular kolloid va yog` suyuqligi bilan to`lib turadi. Bez pufakchalari juda ko`p qon tomir kapllyarlariga boy bo`lib, ishlab chiqariladigan garmon shu kapllyarlarning venoz qismida so`rilib qonga o`tadi. Bezlardan ishlab chiqariladigan paraterioid garmoni qonda va to`qimalarda kalsiy va fosfor birikmalarining hamkorlikda ish olib borishini boshqarib turadi.

Qalqonsimon orqa bezlari olib tashlansa organizmdagi kalsiy miqdori kamayadi va suyaklarning o`sishi buziladi. Markaziy nerv tizimining qo`zg`aluvchanligi oshadi, mushaklar titrashi va ularning tortilishi kuzatiladi. Glandula parathyroidea homila rivojlanishinin 3 - 4 haftasida III va IV xalqum cho`ntaklari epiteliyasidan thymus kurtagining orqasida rivojlanadi. Keyinchalik bez epiteliyalari rivojlangan sohasidan qo`zg`alib qalqonsimon bez bo`laklarining orqasiga yopishgan holda kaudal tomonga qarab tushadi.



Ayrisimon bez - thymus

Ayrisimon bez - ko`ks oralig`ining oldingi yuqori qismida joylashgan. SHaklan kalta va qalin yoki ingichka va uzun bo`lishi mumkin.

Ayrisimon bez oldindan orqaga qarab yassilangan bo`lib, ikkita:

o`ng lobus dexter,

chap - lobus sinister bo`laklardan,

yuqori uchi - apex

asosi - basis gl. thymi lardan iborat.

Bezda ko`krak va bo`yin qismlari tafovut qilinadi.

Bez oldi tomondan qabariq va orqa tomondan botiqroqdir. Bez bo`laklari alohida-alohida bo`lib, ular yupqa yumshoq biriktiruvchi to`qima vositasida bir-biri bilan tutashib turadi. Ayrisimon bez yumshoq bo`lganligi sababli atrofdagi a’zolarning qanday holda joylashishiga qarab shaklini o`zgargan holda ko`rish mumkin.

Rangi yosh bolalarda tim qizg`ish, katta yoshdagilarda esa bez to`qimalarining kamayishi va ularning o`rnini yog` qatlami egallashi sababli sarg`ish rangda bo`ladi.

Ayrisimon bez yumshoq biriktiruvchi to`qimali parda bilan o`ralgan. Bez mayda bo`lakchalardan iborat bo`lib, ular to`rsimon epiteliyadan tuzilgan. Bu hujayralar uzunasiga ketgan o`siqlari orqali bir-biri bilan birlashib turadi va ular oralig`ida epitelial bo`shliqlar hosil bo`ladi. Bu bo`shliqlar kichik aylana shakldagi hujayralar - timotsitlar bilan to`lib turadi. Timotsitlar tuzilishi jihatda oq qon tanachalari - limfotsitlarni ayrim turlariga o`xshashdir.

Timotsitlar bez bo`laklarining periferiyasida, markaziy qismiga nisbatan ko`plab joylashgan. SHaklan tuzilishi va funksional tomondan timotsitlarning limfotsitlar bilan o`xshashligi, ya’ni ularning mana shunday anatomik bog`liqligiga asoslangan holda ayrisimon bezni limfoepitelial a’zolarga kiritiladi.

Bezlarning o`rtacha og`irligi:

1 - 5 yoshlarda - 26 gr.

6 - 15 yoshlarda - 25 - 35 gr.

16 - 20 yoshlarda - 26 - 27 gr.

26 - 45 yoshlarda - 19 gr.

60 - 70 yoshlarda - 6 grammgacha kamayib ketadi.

Timus ko`ks oralig`ining oldingi - yuqori qismida plevralararo soha - area interpleurica superior da joylashgan.

Bez oldindan to`sh suyagining dastasi va tanasining IV qovurg`a tog`ayining birlashgan sohasigacha chegaralab turadi. Ayrim hollarda bezning bo`yin qismi yaxshi rivojlanganligi sababli ko`krak qafasining yuqori teshigi orqali ko`tarilib uning uchi qalqonsimon bezning bo`yin qismigacha yetib boradi.

Timus organizmni limfotsitlar bilan ta’minlab, uning himoya kuchini oshiradi. Timusda ishlab chiqariladigan garmonlar qonga o`tib, oq qon tanachalarini faoliyatini oshiradi. Organizmda kaltsiy almashuvini boshqarib turadi va uning o`sishini ta’minlaydi. Organizm noqo`lay sharoitga tushib qolganda timus garmonlari himoya mexanizmlarini ishga solib organizmni shu sharoitga moslashishiga yordam beradi va bunday sharoitdan olib chiqadi.

Rivojlanishi: Ayrisimon bez homila rivojlanishining birinchi oyi oxirida uchinchi juft jabra cho`ntaklarining xalqum epiteliyasida rivojlanadi.

To`g`nog`ich boshchasidek keladigan juft ayrisimon bez kurtaklari embrionning kaudal tomoniga qarab o`sib boradi.

Ayrisimon bez po`stlog`i va markaziy qismlardan iborat bo`lib, uning po`stloq qismida juda ko`p limfotsitlar joylashgan va ular rivojlanish jaroyonida juda tez ko`payadi. SHunday qilib, bez limfo epitelial tuzilishga ega bo`lib morfo - fiziologik jihatdan murtaklar bilan umumiyligi taqqoslanadi.



Yosh o`tishi bilan bezda limfotsitlar kamaya boradi va ularning o`rnini indifferent qo`shuvchi to`qima to`lg`azib boradi. Bu to`qimalarda yog` qatlami yig`ila boshlaydi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati


  1. Baxadirov F.N. «Odam anatomiyasi». - 2005, 2006 yil. Toshkent.

  2. Sapin M. R. Anatomiya cheloveka. - 1998.

  3. Richard L.Drake, et alt. Gray`s Anatomy for students (third edition), ELSEVIER 2014, 1161 p.

  4. Anatomy of the Human Body. University of Washington. Seattle. 2004.

  5. Xalkaro anatomik terminologiya eponimlar bilan. –Toshkent. 2011.

  6. U. G‘ofurov.Tishlarning anatomiyasi.- o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2015.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling